Maktab kompyuterlarining tarkibiy qismlari va qo'shimcha qurilmalari

Maktab kompyuterlarining tarkibiy qismlari va qo'shimcha qurilmalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Maktab kompyuterlarining tarkibiy qismlari va qo'shimcha qurilmalari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. SHEHM (Shaxsiy elektron hisoblash mashinasi) ning asosiy va qo'shimcha qurilmalari. 2. Sistemalar bloki. Disklarning mantiqiy nomlari. 3. Klaviatura. Klaviatura trenajyori dasturi bilan ishlash. 4 Lokal (ichki) va global (tashqi) tarmoqlar. Internet bilan tanishish. SHEHM (Shaxsiy elektron hisoblash mashinasi) ning asosiy va qo'shimcha qurilmalari: 1-rasm. SHEHM Sistemalar (tizimlar) bloki; (1) monitor; (2) ekranga matnli va grafik- li ma'lumotlarni chiqarish uchun xizmat qiladi klaviatura. (3) ma'lumotlarni kompyuter- ga kiritish uchun mo'ljallan- gan qurulma Kompyuterga zarur hollarda kerakli tashqi qurilmalar ham ulanishi mumkin. Ulardan eng ko'p tarqalganlari sifatida quyidagilarni ko'rsatib o'tish joiz: Sichqoncha - ma'lumot kiritilishini yengillashtiruvchi manipulyator; (4) Printer - ma'lumotlarni qog'ozga chiqarish qurilmasi; Printerlarning 3 xil turi mavjud: ignali, siyohli va lazerli. Faks-modem - telefon tarmog'i orqali boshqa kompyuterlar bilan ma'lumot almashish imkoniyatini yaratuvchi qurilma; Skaner - qog'ozdagi ma'lumotlarni kompyuterga tasviriy ravishda kiritish qurilmasi. Multimedia - Kompyuter yordamida musiqa va ovozli axborotlarni ko'rsatishni ta'minlovchi qurilma. Har bir qurilma sistemalar blokida, asosiy platada joylashgan mos ulagichga ulanadi yoki o'rnatiladi. Sistemalar bloki Sistemalar bloki asosan quyidagi qurilmalardan tashkil topgan: -Mikroprosessor kompyuterni boshqarish va barcha amaliy va mantiqiy hisob ishlarini bajaradi. -Operativ (tezkor) xotira prosessor uchun barcha zarur bo'lgan dasturlar va axborotlarni vaqtincha saqlaydi. Kompyuter o'chirilishi bilan operativ xotiradagi ma'lumotlar o'chiriladi. -Qattiq disk (vinchester) dastur va axborotlarni doimo saqlaydi. -Elektron sxemalar (yoki kontrollerlar) kompyuterga kiruvchi turli qurilmalar ishini boshqaradi. -Kiritish-chiqarish porti orqali prosessor tashqi qurilmalar bilan ma'lumot almashadi. -Disk yurituvchi (Diskovod) egiluvchan magnit disketalardan axborotlarni o'qish va yozish uchun mo'ljallangan qurilma. -CD-ROM disk yuritgich kompakt disklardan axborotni o'qish uchun mo'ljallangan qurilma. -CDRW disk yuritgich kompakt disklarga axborotlarni yozish va o'qish uchun mo'ljallangan qurilma. Disklarning mantiqiy nomlari: Mantiqiy disk va disk yurituvchilarning nomlari lotin harflarida belgilanadi: Disketalar bilan ishlashni ta'minlaydigan disk yurituvchilar A: - birinchi disk yurituvchi; B: - ikkinchi disk yurituvchi (agarda bo'lsa) bilan nomlanadi. Qattiq disk(vinchestr) C: bilan nomlanadi. Qulaylik uchun odatda S: diski qismlarga, ya'ni mantiqiy disklarga bo'linadi. Ular D:, E:, va hoka'zolar bilan nomlanadi. Ulardan keyingi harf bilan magnit-optik disk yurituvchi (agarda bo'lsa) nomlanadi va eng oxirgi harf bilan esa -kompakt disklar bilan ishlashni ta'minlaydigan CD-ROM-disk yuritgich nomlanadi (agarda bo'lsa). 2-rasm. Sistemalar blokining old tomonidan ko'rinishi Klaviatura (3-rasm) Klaviatura quyidagi tugmachalar guruhidan iborat: 1. Asosiy tugmachalar guruhi Alifbo-raqamli tugmachalar Enter - tugmachasi ixtiyoriy buyruqni bajarish uchun ish-latiladi; Shift - yuqori registr yoki katta harflarda yozish uchun ish-latiladigan tugmacha; Caps Lock - yuqori registrni belgilash tugmachasi. Tugmacha bosilganda klaviaturada Caps Losk chiroqchasi yonadi, qaytarib bosilganda o'chadi, Caps Losk yongan holatda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.9 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.9 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga