Ma'lumotlar almashish va kontekstli menyu

Ma'lumotlar almashish va kontekstli menyu

O'quvchilarga / Informatika va AT
Ma'lumotlar almashish va kontekstli menyu - rasmi

Material tavsifi

Reja: Maple 6 muhhiti bilan boshqa muhitlarning aloqasi. Kontekstli menyu Ishchi varaqni hujjatlashtirish Bir nechta ishchi varaq bilan ishlash Giperhavola tashkil qilish Edit menyusi, RTF Word va Text formatlari, konekstli menyu, chiqarish maydoni, Plot2D menyusi, natijani hujjatlashtirish, Insert menyusi, Format menyusi, ma'lumotlar shrifti, File opsiyasi, giperhavola. 1. Maple 6 muhiti bilan boshqa muhitlarning aloqasi. Maple 6 muhitidan Windows operasion tizimidagi boshqa programmaviy ta'minotlar bilan aloqa qilish uchun ma'lumot almashish buferidan foydalansa bo'ladi. Maple 6 muhitidagi ishchi varaqning ixtiyoriy qismini yoki butun varag'ini belgilab, uni Edit menyusining Cut komandasi bilan kesib olib va so'ngra Copy komandasi bilan nusxa olib, ma'lumot almashish buferiga tashlash mumkin. Ma'lumot almashish buferidagi ma'lumot jimlik qoidasi bo'yicha RTF formatida saqlanadi, bu esa Maple 6 muhitida hosil qilingan natijalarni rasm ko'rinishida (matematik talqinda) MS Word ning hujjatlariga qo'yish imkonini beradi. Paste komandasi, aksincha, ma'lumotlar almashish buferidagi ma'lumotni Maple 6 ishchi varag'iga qo'yadi. Ushbu komandalarni Edit menyusida ko'rsatilgan tugmalar kombinasiyasi yordamida ham amalga oshirish mumkin. Copy as Maple Text komandasi yordamida ishchi varaqni yoki uning qismini Maple 6 formatida nusxasini olib, maxsus Text formatida saqlash mumkin. Ma'lumot almashish buferidagi Maple Text formatidagi ma'lumotni Maple 6 muhitidagi ishchi varaqqa bajariladigan formatda ko'chirish mumkin. Ishchi varaqning o'zida ma'lumotlarni tahrirlash MS Word tizimidagi texnologiyaga o'xshashdir. 2. Kontekstli menyu Kontekstli menyu Maple 6 tizimida ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonini tez va qulay bajarish imkonini beradi. Masalan, biror funksiyaning grafigini hosil qilish uchun funksiya ifodasini kiritish maydoniga yozib, sichqoncha ko'rsatkichini funksiya ifodasiga keltirib, o'ng knopkani bosish kerak. Natijada kiritish maydoniga mos kontekstli menyu paydo bo'ladi va undagi Excute komandasini bajarish natijasida chiqarish maydonida funksiya ifodasi hosil bo'ladi. Chiqarish maydoniga mos kontekstli menyuni faollashtirish uchun undagi ma'lumotni belgilab, sichqonchaning o'ng knopkasini bosish kerak, natijada 4-shakldagi kontekstli menyu paydo bo'ladi. 4-shakl Grafikni chizish uchun 5-shaklda ko'rsatilgan kontekstli menyudagi Plots 2D komandani bajarsak, ishchi varaqning yangi satrida smartplot(y) komanda va alohida ishchi varaqda kiritilgan funksiyaning grafigi paydo bo'ladi. Ushbu grafik maydoniga yana y=ex funksiya grafigini qo'shmoqchi bo'lsak, asosiy ishchi varaqning kiritish maydoniga y=ex funksiyani kiritib, uni bajarish kerak va chiqarish maydonida hosil bo'lgan ifodani belgilab (sichqonchani chap knopkasini bosgan holda), uni grafik maydoniga keltirib qo'yish kerak. 5-shakl 3. Ishchi varaqni hujjatlashtirish Maple 6 tizimi yordamida yechilgan biror masalani izohlar va ko'rsatmalar yordamida foydalanuvchiga tushunarli tarzda topshirish uchun, natijalarni hujjatlashtirish zarur bo'ladi. Ushbu jarayonni funksiyaning aniqmas integralini hisoblash va uni hujjatlashtirish orqali namoyish qilamiz. Funksiyaning integralini izohlarsiz hisoblash komandalari quyidagicha: f:=x-ln(x)(x^3); int(f(x),x); Bajarilgan ishning sarlavhasi va muallifi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 197.09 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 197.09 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga