Ma'lumotlar bazalarini loyihalash

Ma'lumotlar bazalarini loyihalash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Ma'lumotlar bazalarini loyihalash - rasmi

Material tavsifi

ma'lumotlar bazalarini loyihalash Reja: 1. Axborot tizimlari va ma'lumotlar bazalarini yaratish bosqichlari 2. Predmet sohasini tahlil qilish 3. ma'lumotlar bazasining ifodasi 1. Axborot tizimlari va ma'lumotlar bazalarini yaratish bosqichlari Kompyuter texnikasining taraqqiyoti natijasida axborot tizimlari murakkablashib, ma'lumotlar bazalarining hajmi yiriklasha bordi. Hozirgi davrda bunaqa tizimlarni ishlab chiqish maxsus uslub va vositalardan xabordor bo'lgan mutaxassislar jamoasining vazifasiga aylanib bo'lgan. Axborot tizimlarini yaratishni quyidagi bosqichlarga bo'lish qabul qilingan: predmet sohasini tahlil qilish bosqichi; loyihalash bosqichi; bevosita kodlash bosqichi; sinovdan o'tkazish va kuzatib borish bosqichi. Axborot tizimlarining murakkablashuvi oqibatida ularni ishlab chiqish jarayonida yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatoliklar ehtimoli ham oshib boradi. Bunday xatoliklar juda katta zarar keltiradi. Masalan, avvalgi bosqichda yo'l qo'yilgan xatolikni tuzatish, ushbu bosqichda yo'l qo'yilgan xatolikni tuzatishga qaraganda bir necha o'n baravar qimmatga tushadi. Shuning uchun, predmet sohasining tahlili va axborot tizimini loyihalash bosqichlari alohida ahamiyat kasb etadi. Axborot tizimlari, xususan ularning negizi bo'lgan ma'lumotlar bazalarini yaratishda dastlabki uch bosqich mushtarak holda, qisqa qilib loyihalash bosqichi ham deyiladi. Albatta, dastavval foydalaniladigan ma'lumotlar modeli tanlanadi. ma'lumotlar bazasini loyihalash jarayoni, odatda quyidagi asosiy bosqichlardan tashkil topadi: Predmet sohasini tahlil qilish va ma'lumotlar bazasining axborot istemoli talablarini aniqlash. ma'lumotlar bazasida modellashtirilishi lozim bo'lgan obyektlarni tahlil qilish. Ushbu obyektlardan mohiyatlar va ularning xususiyatlarini hosil qilish hamda ularning ro'yxatini tuzish. Masalan, «nomi», «rangi», «og'irligi» va boshqa xususiyatlar «detal» mohiyatining xususiyatlari sifatida keltirilishi mumkin. Tanlab olingan MBBT (Paradox, dBase, FoxPro, Clipper, Access, InterBase, SyBase, Informix, Oracle va hokazo) talqinida mohiyatlar va xususiyatlar uchun mos keluvchi axborot obyektlarini (masalan, jadvallar va ustunlarni) belgilash. Har bir obyektni qaytarilmas tarzda belgilaydigan atributlarni aniqlash. ma'lumotlar butunligini belgilaydigan va uni saqlab turishga qaratilgan qoidalarni ishlab chiqish. obyektlar (masalan, jadvallar va ustunlar) orasidagi aloqalarni o'rnatish. ma'lumotlarning ishonchliligi hamda zarur hollarda ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlash masalalarini rejalashtirish. Murakkab tizimlarni, jumladan axborot tizimini, ishlab chiqish uchun ketadigan vaqtni taxminan ushbu tizimdan foydalanishning davri bilan qiyoslash mumkin. Ushbu vaqtni qisqartirish esa muhim masalalaridan biri bo'lib qoladi. Bunga, ko'pincha jamoaviy ish tashkil etilishi evaziga erishiladi. Axborot tizimini ishlab chiquvchi mutaxassis hayotda yuz beradigan jarayonlarni hisobga olishi va ularni to'g'ri ifodalay bilishi lozim. Buning uchun qabul qilingan uslub tayyor loyihaga o'zgartirishlarni imkon qadar tezroq kiritishga yo'l berishi lozim. Bunda loyiha hujjatlarining aniqlashtirilganligi ham muhim rol o'ynaydi. Shu nuqtai nazardan axborot tizimlarini avtomatlashtirilgan loyihalash vositalari katta ahamiyat kasb etdi. Bular CASE-vositalar (inglizcha - «Computer-Aided SoftwareSystem Engineering») deyiladi. CASE-vositalar quyidagi tamoyilga asoslangan. Ishlanmaning predmet sohasi formallashtirilgan model yordamida ifodalanadi va dastur kodi ushbu model asosida avtomatik tarzda hosil qilinadi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.66 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.66 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga