ma'lumotlar bazasi bilan ishlash Reja: 1. ma'lumotlar bazasini yaratish 2. ma'lumotlar bazasini dasturga ulash 3. ma'lumotlar bazasidagi jadvalni dastur yordamida taxrirlash ma'lumotlar bazasini yaratish ma'lumotlar ombori asosan Microsoft firmasining Office paketida joylashgan Access dasturi, SQL Server dasturi, MySQL ma'lumotlar ombori yordamida yaratiladi. Quyida ma'lumotlar omborini yaratish uchun Access dasturidan foydalaniladi. Access dasturi yordamida ma'lumotlar ombori yaratishda avvalambor Access dasturi ishga tushiriladi. Buning uchun Pusk menyusidan Microsoft Office paketini topiladi. Bu paketning ichidagi Microsoft Access dasturini ishga tushiriladi. Quyida yaratilayotgan ma'lumotlar ombori Microsoft Office Access 2007 da yaratilgan. Shundan so'ng yangi ma'lumotlar ombori yaratiladi. Yangi ma'lumotlar omborini yaratish uchun Novaya baza dannix tugmasi bosiladi. Yangi ma'lumotlar omborining nomi kiritilganidan so'ng Sozdat tugmasi bosiladi. Yangi ma'lumotlar ombori uchun jadval yaratiladi. Buning uchun Sozdanie vkladkasidan Konstruktor tablits tugmasi bosiladi. Hosil bo'lgan maydonlar to'ldiriladi. Masalan, yaratilayotgan jadvalda talabalar haqidagi ma'lumotlar aks ettirilgan bo'lsin. Talabalar jadvali uchun quyida taxminiy maydonlar keltirilgan. - surname - talabaning familiyasi; - givenname - talabaning ismi; - fathername - talabaning otasining ismi; - birthdate - talabaning tug'ilgan vaqti; - telephone - talabaning telefon raqami; - address - talabaning yashash manzili. Bu maydonlardan foydalanib jadval ko'rinishi 7.1.1 - rasmda keltirilgan. MySQL ma'lumotlar ombori bilan ishlash uchun MySQLServer ma'lumotlar omborini o'rnatiladi. Bu ma'lumotlar ombori bilan ishlash uchun Navicat Premium dasturidan foydalaniladi. Bu dastur MySQL ma'lumotlar ombori bilan ishlashda foydalanuvchi interfeysi hamda, SQL so'rovlarni bilmagan foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratadi. Navicat Premium dasturining asosiy oynasi 7.1.2-rasmda keltirilgan. Navicat Premium dasturini MySQL dasturiga ulash uchun File menyusidan New connection bandidan MySQL bandini tanlanadi. Bu buyruqlar ketma-ketlik bilan bajarilganda MySQL ma'lumotlar omboriga ulash oynasi hosil bo'ladi. Bu oyna 7.1.3-rasmda keltirilgan. Bu oynadagi Connection name maydoniga ma'lumotlar omborini bog'lashdagi nomni ko'rsatiladi. Masalan, mysqlconnect. Qolgan maydonlar ma'lumotlar ombori joylashgan joy yoki kmopyuter nomi ko'rsatiladi. Agar ma'lumotlar ombori lokal kompyuterda joylashgan bo'lsa, localhost so'zini Host name IP address maydoniga kiritiladi, agarda ma'lumotlar ombori tarmoq kompyuterda bo'lsa, u holda tarmoqdagi kompterning IP manzili kiritiladi. ma'lumotlar ombori o'rnatilayotgandagi portning raqami Port maydoniga kiritiladi. ma'lumotlar omboriga kirish huquqini beruvchi User name va Password lar shu nom bilan atalgan maydonlarga kiritiladi. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar kiritilganidan so'ng, 7.1.3 -rasmdagi Test Connection tugmasi orqali ulanish tekshiriladi. Agarda ulanish to'g'ri bo'lsa, OK tugmasi bosiladi.Navicat Premium dasturi yordamida yangi ma'lumotlarlar bazasini yaratish uchun oynaning o'ng tomonidagi mysqlconnect ning ustida sichqonchaning o'ng tomonini chertiladi. Hosil bo'lgan menyudan New Database… bandini tanlaymiz. Shunda 7.1.4-rasmda keltirilgan oyna hosil bo'ladi. Database name maydoniga yangi yaratilayotgan ma'lumotlar omborining nomi kiritiladi. ma'lumotlar omborining ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:49:44
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
459.9 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:49 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
459.9 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:02 ]
Arxiv ichida: doc