Ma'lumotlar bazasini himoyalash

Ma'lumotlar bazasini himoyalash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Ma'lumotlar bazasini himoyalash - rasmi

Material tavsifi

ma'lumotlar bazasini himoyalash Reja: 1. ma'lumotlar ombori 2. Fayllar modeli ma'lumotlarining tuzilmalari 3. ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini standartlashtirish 4. ma'lumotlar bazasining himoyalanishi ma'lumotlar ombori ma'lumotlar omborini tashkil etuvchi elementlar turli ko'rinishda bo'lishi mumkin. Eng ko'p tarkalgan va amaliyotga kullanilaetgan ma'lumotlar matnli fayllar hisoblanadi. Chunki matnli fayllar orqali turli axborotlarni ifodalash va kompyuter xotirasida saqlash mumkin. Kompyuterlar asosidagi axborot texnologiyalarining ko'rinishlaridan biri ma'lumotlar ombori hisoblanadi. Oddiy fayllardan farqli ravishda ma'lumotlar ombori kompyuter xotirasida joylashgan axborotlarni izlash va saralashni amalga oshirish imkoniyatiga ega. ma'lumotlar ombori deb, kompyuterning uzoq muddatli xotirasida saqlanaetgan axborotlar va ular ustida aniq bir ishlash usullariga imkon beradigan ma'lumotlar yig'indisiga aytiladi. ma'lumotlar omborida turli ma'lumotlar saqlanishi mumkin. Masalan, poezd, samolet, avtobuslarning harakatlanish jadvali, dukon yoki ombordagi mahsulotlarning mavjudligi haqidagi ma'lumotlar, talaba, o'qituvchi va xodimlar haqidagi ma'lumotlar va boshqalar ma'lumotlar omboriga misol bo'la oladi. ma'lumotlar omborini yaratish va uni ishlatish uchun shaxsiy kompyuterdan foydalanish shart emas. Masalan, tabibning kabulxonasidagi bemorlar kartotekasini ma'lumotlar ombori deb hisoblash mumkin (kartotekalar qog'ozdan yoki kartonlardan foydalanib bajarilgan bo'lishi mumkin). Masalan, tabib kompyuterda matn fayllarni yaratishni o'rganib, bemorlar kartotekalarini bir nechta fayllarda yozib kompyuterli ma'lumotlar omborini hosil qilishi mumkin. Albata, bunday ma'lumotlar omboridan foydalanilganda bemorlarni hisobga olish va kerakli hujjatlarni tayerlash (bemorga ma'lumotnoma berish, retsept yozish va x.k.) ancha tez bajariladi . ma'lumotlar omborini axborotlarni kompyuterlashgan shakldagi alohida yig'indisi deb tushunish mumkin. Biror kutubxonadagi barcha kitoblar yoki butun dunyoda chikayotgan jurnallardagi matematik tadqiqotlar haqidagi barcha makolalar ro'yxatining jamlanishi ma'lumotlar omboriga misol bo'lishi mumkin. Yer yuzida keng foydalananilaetgan mavjud 300 ma'lumotlar omborlaridan ko'p kismi xususiy kompyuterlarda yaratilgan. Ular omborlarda qanday ma'lumotlarni saqlash , axborotni qanday yigish, qanday yangilash va rasmiylashtirish kerakligi masalalarini xal etishgan. ma'lumotlar omborlari xam ular joylashgan davlatlar kabi turli tumandir. Bazi axborot tizimlari katta emas. Masalan, Avstraliyadagi Ausinet tizimi 17 omborga, Amerikaning Dialog tizimi 250 dan ortik omborga ega. Kupchilik tizimlar o'rtacha ulchamlarga ega. Shveytsariyaning Data-Star tizimi 46, g'arbiy Germaniyaning Inka tizimi 42, Fransiyaning Kestel tizimi 45, Buyuk Britaniyaning Pernamon Infolayn tizimi 35 omborga ega. ma'lumotlar omboridagi axborotlar bir necha usullar bilan tashkil etilishi mumkin. ma'lumotlar omborlarining eng sodda va keng tarkalgan shakli jadval ko'rinishidir. ma'lumotlar omborining bunday ko'rinishi relyatsion omborlar deb ataladi. Relyatsion omborlar aniq sondagi ustunlarga ega bo'lib,ularning xammasi nomlarga ega bo'ladi. Masalan, guruhdagi o'quvchilar haqidagi bazi ma'lumotlarni kuyidagicha tasvirlash mumkin: Kompyuterlardan aksariyat xollarda matnli fayllar (turli xat, referat, sher va x.k.)ni yaratishda foydalaniladi. Foydalanuvchining tajribasi oshib borgan sari u matnli fayllar o'rnida turli shakldagi va berilgan vazifalarni bajaruvchi fayllardan foydalana boshlaydi. Masalan, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.19 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.19 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga