ma'lumotlar modellari va foydalanuvchilar turlari. ma'lumotlar bazasini loyihashtirish bosqichlari Reja: ma'lumotlar modellari va foydalanuvchilar turlari ma'lumotlar bazasini loyihashtirish bosqichlari. Avvalo ma'lumotlar bazasini yaratish bosqichlarini aniqlab olaylik. Bunda quyidagi bosqichlarni ajratib ko'rsatish mumkin: 1. Muammoning quyilishi. Bu bosqichda MOni yaratish uchun vazifa shakllantiriladi. Unda bazaning tarkibi, nima uchun ishlatilishi, yaratish maqsadi batafsil bayon etiladi. Shuningdek, ushbu MOda qanday turdagi ishlarni bajarish mo'ljallanayotganligi (tashlash, qo'shish, ma'lumotlarni o'zgartirish, hisobotni ekranda chiqarish yoki chop etish va hokazo) sanab o'tiladi. 2. obyektning tahlili. Bu bosqichda MO qanday obyektlardan tuzilishi mumkinligi va ularning xususiyatlari, yani obyekt qanday parametrlar bilan aniqlanishi ko'rib chiqiladi. Barcha ma'lumotlarni alohida yozuvlar yoki jadvallar ko'rinishida joylashtirish mumkin. Shundan so'ng har bir alohida yozuv birligining turi (matnli, sonli va hokazo) aniqlanadi. 3. Model sintezi. Bu bosqichda yuqoridagi tahlil asosida MO modeli tanlanadi (Relyatsion, ierarxik, tarmoqli). Har bir modelning yutuqlari, kamchiliklari aniqlanib, yaratilayotgan MOning 1-bosqichda quyilgan talablarga javob berish-bermasligi, quyilgan masalani yechish imkoniyatiga ega bo'lishligi ko'rib chiqiladi. Model tanlangandan so'ng uning sxemasi jadvallar va tugunlar orasidagi bog'lanishlar ko'rsatilgan holda chizib chiqiladi. 4. Axborotni tasvirlash usullari, dasturiy uskuna. Model yaratilgandan so'ng dasturiy mahsulotga bog'liq holda axborotni tasvirlash usulini aniqlab olish kerak. Ko'pchilik MOBTda ma'lumotlarni ikki xil ko'rinishda saqlash mumkin: -shakllardan foydalanib; -shakllardan foydalanmasdan; Shakl-foydalanuvchi tamonidan omborga ma'lumotlarni kiritish uchun yaratilgan grafik interfeysdir. 5. obyektning kompyuter modelining sintezi va uni yaratish texnologiyasi. Tanlab olingan dasturiy mahsulotning uskunaviy imkoniyatlarini ko'rib chiqib, kompyuterda MOni bevosita yaratishga kirishish mumkin. MOning kompyuter modelini yaratish jarayonida har qanday MOBT uchun tipik bo'lgan ayrim bosqichlarni ajratib ko'rsatish mumkin: a) MOBTni ishga tushirish, MOning yangi faylini yaratish yoki oldindan yaratilgan omborni ochish. b) dastlabki jadvalni yoki jadvallarni yaratish: v) ekran shakllarini yaratish: g) MOni to'ldirish. MOni to'ldirish ikki ko'rinishda olib boriladi: Bunda sonli va matnli maydonlarni jadval ko'rinishida, MYeMO va OLE turidagi maydonlarni shakl ko'rinishida to'ldirish lozim. 6. Yaratilgan MO bilan ishlash. MO bilan ishlash deganda quyidagi imkoniyatlar nazarda tutiladi: -kerakli axborotlarni izlash; -ma'lumotlarni saqlash; -ma'lumotlarni tanlab olish; -chop etish; -ma'lumotlarni o'zgartirish va to'ldirish. MO yaratish bosqichlari va unda ishlash tamoyillari bilan quyida Microsoft Access MOBT misolida tanishib chiqamiz. MOBT bilan ishlaganda ekranga ishchi maydon va boshqaruv paneli chiqariladi. Boshqaruv paneli menyusi, yordamchi boshqaruv sohasini va yordam berish satrini o'z ichiga oladi. Ularning ekranda joylashishi turlicha bo'lib, konkret dastur xususiyatlariga bog'liq. Ayrim MOBTlar ekranga direktivalar oynasini (buyruqlar oynasini) yoki buyruqlar satrini chiqarish imkoniyatiga ham ega. MOBTning muhim xususiyati-ayrim amallarni bajarish uchun oraliq saqlash buferidan foydalanishidir. Almashish buferi nusxalash yoki ko'chirish amallarini bajarishda nusxa ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:49:44
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.53 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:49 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.53 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:03 ]
Arxiv ichida: doc