ma'lumotlar ombori bilan ishlash asoslari Reja: ma'lumotlar ombori nima? ma'lumotlar omboriga qo'yiladigan talablar. Delphida ma'lumotlar ombori bilan ishlovchi komponentlar sharhi ma'lumotlar omboriga murojaat qiluvchi dastur ma'lumotlar ombori nima? Bu darsda biz ma'lumotlar ombori bilan ishlash asoslarini ko'rib o'tamiz. ma'lumotlar omborining maqsadi maniga ega bo'lgan ma'lumotlarni bir yoki bir nechta joyda ortiqcha sarflarsiz (xotira va zaxiralarni iqtisod qilib) saqlashdir. Shunday qilib ma'lumotlar ombori ikkita asosiy maqsadlarni ko'zda tutadi: ma'lumotlarni yoo'qolishdan saqlash va ularning ishonchliligini oshirish. ma'lumotlar omboriga qo'yiladigan talablar. Demak, yaxshi loihalangan ma'lumotlar ombori: foydalanuvchilarning ma'lumotlar omboriga bo'lgan barcha talablarini qondiradi. Shuning uchun ma'lumotlar omborini loihalashdan oldin foydalanuvchilarning ma'lumotlar omboriga bo'lgan talablarini keng miqyosda o'rganib chiqish zarur. ma'lumotlarning mosligi va ishonchliligini kafolatlaydi. Jadvallarni tuzishda foydalanuvchi tomonidan mumkin bo'lmagan ma'lumotlar kiritilashining oldini olish uchun malum shartlarni kiritish kerak. Delphida ma'lumotlar ombori bilan ishlovchi komponentlar sharhi Delphida ma'lumotlar ombori bilan ishlovchi juda ko'p komponentlar bo'lib, biz ulardan asosan TTable, TDbgrids, TDataSource, TDbNavigator komponentlari bilan tanishamiz. - TTable obyekti ma'lumotlar omboridagi mavjud jadval bilan muloqot o'rnatish uchun xizmat qiladi. TTable ixtiyoriy tipdagi (FoxPro, ODBC, SQL ) ma'lumotlar omborining har bir yozuviga va maydoniga to'g'ridan to'g'ri murojaat qila oladi. Bu komponent shuningdek, alohida hisobotlar bilan ham muloqot o'rnata oladi. TTABLE obyektidan foydalanishdan oldin unga ma'lumotlar ombori alyasini ulash kerak, yani shu komponentning DatabaseName xususiyatida chiqadigan ro'yxatdan kerakli alyasni tanlash va TableName xususiyatidagi ro'yxatdan kerakli jadval nomini tanlash kerak. TTABLE obyektini faollashtirish uchun Active xususiyati qiymatini true ga o'tkazish kerak. TADOTABLE obyekti ham xuddi TTABLE obyekti kabi ma'lumotlar omboridagi biror jadvalga bog'lanish va unga murojaat qilishuchun xizmat qiladi. Bu obyektdan asosan MSAccess ma'lumotlar omborini boshqarish tizimida yaratilgan omborlar bilan ishlashga mo'ljallangan. Bu obyekt asosan TADOconnection obyekti bilan birga qo'llanilib, TADOconnection ma'lumotlar omboriga ulanadi. Shundan so'ng bir yoki bir nechta TAdotable obyektlari Connection xususiyati yordamida TADOconnectionga ulanadi va TableName xususiyati yordamida kerakli jadvalga ulanadi. obyektni faollashtirish uchun Active xususiyati qiymatini true ga o'tkazish kerak. Bu obyekt yordamida ma'lumotlar omboridan ma'lumotlarni biror filtr yordamida ajratib olish mumkin. TDATASOURCE obyekti bevosita TTable yoki TAdoTablega bog'lanib, ma'lumotlar omboridagi yozuvlarni tahrirlash, ularga murojaat qilish imkonini beradi. Buning uchun komponentning DataSet xususiyatidagi ro'yxatdan kerakli Table elementi tanlanadi va shu orqali ikki obyekt birbiriga bog'lanadi. Har bir alohida . TDATASOURCE obyekti bitta ma'lumotlar omboridagi bitta jadvalga ulana oladi. Yuqoridagi uchala obyekt ham dastur bajarilish vaqtida ko'rinmaydigan obyekt bo'lib, Formalar Dizayneri ko'rinishida ularni formaga tashlaganda o'lchamlarni o'zgartirib bo'lmaydi. Ularni ma'lumotlar omboriga Formalar Dizayneri rejimida ham, dasturiy yo'l bilan dastur bajarilish vaqtida ham bog'lash mumkin. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:49:44
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
720.95 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:49 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
720.95 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:03 ]
Arxiv ichida: doc