ma'lumotlar ombori va uni boshqarish tizimi haqida umumiy tushunchalar Keng manoda ma'lumotlar ombori (MO) deganda real dunyoning konkret obyektlari haqidagi ma'lumotlar to'plamini tushirish mumkin. Lekin ma'lumotlar xajmi oshib borishi bilan bu masalalarni xal etish murakkablashadi. Yuzaga kelgan muommo obyekt va ma'lumotlarni strukturalash, yani tizimga solish yo'li bilan xal kilinadi. obyekt-bu mavjud va farqlanishi mumkin bo'lgan narsadir. obyektlarga tegishli bir kator ma'lumotlar borki, ularning to'plami MO bula oladi. Masalan, xar bir akademik-litsey yoki kasb-hunar kolleji-bu obyektlar bulsa, ulardagi o'quvchilar haqidagi ma'lumotlar to'plami MOga misol bula oladi. Xar qanday jiddiy MOning yaratilishi uning loyihasini tuzishdan boshlanadi. MO loyihalovchisining asosiy vazifasi obyektlar va ularni tavsiflovchi parametrlarni tanlash, ma'lumotlar orasidagi ma'lumotlarni urnatishdan iborat. MOni yaratish jarayonida, foydalanuvchi ma'lumotlarni turli belgilar bo'yicha tartiblashga va belgilarning turli birikmalari bo'yicha zarur ma'lumotlarni (tanlanmani) tez topish uchun imkoniyatlar yaratilishiga harakat qiladi. Bu ishlarni ma'lumotlar strukturalangan (tuzilmalangan) bo'lgandagina bajarish mumkin. Strukturalash-bu obyektlar va ma'lumotlarning o'zaro bog'lanishi tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. 1-misol: strukturalanmagan ma'lumotlar. Shaxsiy ish №16493; Aliev karim Ergashevich; tug'ilgan sana 1 yanvar 1979 yil; Shaxsiy ish №16498; Bokiev Dilmurod Raxmatullaevich; tug'ilgan sana 5 dekabr 1985 yil; Shaxsiy ish №16595; Zokirov Anvar Rashidovich; tug'ilgan sana 15 may 1984 yil. 2-misol: strukturalangan ma'lumotlar. Zamonaviy MO texnologiyasida MOni yaratish, unga xizmat ko'rsatish va foydalanuvchilarni MO bilan ishlashiga imkon yaratish maxsus dasturiy uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday dasturiy uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday dasturiy uskunalar majmuasi ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari (MOBT) deb ataladi. MOBT-MOni yaratish, uni dolzarb holatda ushlab turish, kerakli axborotni topishni tashkil etish va boshqa xizmat ko'rsatish uchun zarur buladigan dasturiy va til vositalari majmuasidir. MOBT misoli sifatida kuydagilarni keltirish mumkin: -DBASEdasturi; -Microsoft Access; -Microsoft For Pro For DOS; -Microsoft For Pro For WINDOWS; -Paradox for DOS; -Paradox for WINDOWS. MO bilan ishlashga kirishishdan oldin ma'lumotlarni tasvirlash modelini tanlab olish kerak. U kuydagi talablarga javob berishi lozim: -axborotni ko'rgazmali tasvirlash; -Axborotni kiritishda soddalash; -axborotni izlash va tanlashda kulaylik; -boshqa omborga kiritilgan ma'lumotdan foydalanish imkoniyatining mavjudligi; -MOning ochiqligini ta'minlash (yangi ma'lumotlar va maydonlar qo'shish, ularni olib tashlash imkoniyatlari va xokazo). MO bitta yoki bir necha modellarga asoslangan bo'lishi mumkin. Xar qanday modelga uzining xossalari (parametrlari) bilan tavsiflanuvchi obyekt sifatida qarash mumkin. Shunday obyekt ustida biror amal (ish) bajarsa bo'ladi. MO modellarining uchta asosiy turlari mavjud: Relyatsion, ierarxik va semantik tarmoq. Relyatsion (lotin tilidagi relatio-munosabat so'zidan olingan) modelda ma'lumotlarni saqlash uni tashkil etuvchi qismlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. Eng sodda holda u ikki o'lchovli massiv yoki jadvaldan iborat bo'ladi. Murakkab axborot modellari ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:49:44
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.93 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:49 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.93 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:03 ]
Arxiv ichida: doc