Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari

Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari - rasmi

Material tavsifi

ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari Reja: ma'lumotlar bazasi tushunchasi va uni tashkil etish. ma'lumotlarni relyatsion modeli MS (MY) SQL tili. Access dasturi haqida umumiy ma'lumot. Microsoft Access dasturi Microsoft Office dasturlar paketiga kiruvchi dasturlardan biri bo'lib u asosan ma'lumotlar bazasi bilan ishlashga asoslangan. Microsoft Access dasturini boshqa ma'lumotlar bazasi bilan ishlaydigan dasturlardan asosiy qulayligi shundaki u qolgan ofis dasturlari bilan to'g'ridan - to'g'ri eksport import ishlarini amalga oshira olishidir. Microsoft Access dasturini yuklash (ishga tushirish) uchun quydagi ketma-ketlikdagi operatsiya amalga oshiriladi. Start-All Programs-Microsoft Office-Microsoft Access buyrug'idan foydalaniladi. 1-rasm Microsoft Access keng tarqalgan ofis ishlarini avtomatlashtiruvchi dasturlar paketidir. Uning tarkibiga kiruvchi Access nomli dasturlar majmuasi hozirda MOBT sifatida keng o'rganilmoqtsa va qo'llanilmoqda. MOning dastlabki oynasi soddaligi va tushunarliligi bilan ajralib turadi. Undagi oltita ilova, dastur ishlaydigan olti obyektni tasvirlaydi. Bular «Tablitsi» (Jadvallar), «Zaprosi» (So'rovlar), «Formi» (Shakllar), «Otchyoti» (Hisobotlar), «Makrosi» (Makroslar), «Moduli» (modullar) (2-rasm). 2-Rasm Ularning har biri haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz: 1. «Tablitsi» (Jadvallar) - MO ning asosiy obyekti. Unda ma'lumotlar sakdanadi. 2. «Zaprosi» (So'rovlar) - bu obyekt ma'lumotlarga ishlov berish, jumladan, ularni saralash, ajratish, birlashtirish, o'zgartirish kabi vazifalarni bajarishga mo'ljallangan. 3. «Formi» (Shakllar) - bu obyekt ma'lumotlarni tartibli ravishda oson kiritish yoki kiritilganlarni ko'rib chiqish imkonini beradi. Shakl tuzilishi bir qancha matnli maydonlar, tugmalardan iborat bo'lishi mumkin. 4. «Otchyoti» (Hisobotlar) - bu obyekt yordamida saralangan ma'lumotlar qulay va ko'rgazmali ravishda qog'ozga chop etiladi. 5. «Makrosi» (Makroslar) - makrobuyruqlardan iborat obyekt. Murakkab va tez-tez murojaat qilinadigan amallarni bitga makrosga guruhlab, unga ajratilgan tugmacha belgilanadi va ana shu amallarni bajarish o'rniga ushbu tugmacha bosiladi. Bunda amallar bajarish tezligi oshadi. 6. «Moduli» (Modullar) - Microsoft Access dasturining imkoniyatini oshirish maqsadida ichki Visual Basic tilida yozilgan dasturlarni o'z ichiga oluvchi obyekt. Bundan tashqari, «Stranitsi» (Sahifalar) nomli alohida obyekt ham mavjud. Bu obyekt NTML kodida bajarilgan, Web - sahifada joylashtiriladigan va tarmoq orqali mijozga uzatiladigan alohida obyektdir. MOning dastlabki oynasida yuqorida sanab o'tilgan 6 ta asosiy obyektlarning ilovalaridan tashqari, yana 3 ta buyruq tugmachalari mavjud Bular: «Otkrit» (Ochish), «Konstruktor» (Tuzuvchi), «Sozdat» (Yaratish) tugmachalaridir (3-rasm). «Otkrit» (Ochish) tugmachasi tanlangan obyektni ochadi. «Konstruktor» (Tuzuvchi) ham tanlangan obyektni ochadi, lekin u obyektning tuzilmasinigina ochib, uning mazmunini emas, balki tuzilishini to'g'rilash imkonini beradi. Agar obyekt jadval bo'lsa, unga yangi maydonlar kiritish yoki mavjud maydonlarning xossalarini o'zgartirish mumkin. «Sozdat» (Yaratish) tugmachasi yangi obyektlarni: jadvallar, so'rovlar, shakllar va hisobotlarni yaratish uchun ishlatiladi. Yuqoridagilarning har biri haqida yani Microsoft Access dasturining ilova va obyektlari haqida batafsilroq, ularning qanday yaratilishi, ishlatilishi haqida alohida - ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 167.91 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 167.91 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga