Ma'lumotlarni modellashtirish turlari. Ma'lumotlar modellari. Infologik modellar. Datalogik modellar. Fizik modellar Reja: Ma'lumotlarni modellashtirish turlari. Ma'lumotlar modellari. Infologik modellar. Datalogik modellar. Fizik modellar. Relyatsion, iyerarxik va semantik tarmoq. Relyatsion (lotin tilidagi relatio-munosabat so'zidan olingan) modelda ma'lumotlarni saqlash uni tashkil etuvchi qismlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. Eng sodda holda u ikki o'lchovli massiv yoki jadvaldan iborat bo'ladi. Murakkab axborot modellari ana shunday jadvallarning o'zaro bog'langan to'plamidan iborat. MOning iyerarxik modeli pastki pog'onadagi yuqori pog'onadagiga bo'ysinish tartibida joylashgan elementlar to'plamidan iborat bo'ladi va ag'darilgan daraxt(graf)ni tashkil etadi. Ushbu model sath, tugun, bog'lanish kabi parametrlar bilan tavsiflanadi. Uning ishlash tamoyili shundayki, quyi sathdagi bir necha tugunlar bog'lanish yordamida yuqoriroq sathdagi bitta tugun bilan bog'langan bo'ladi. Tugun - bu iyerarxiyaning berilgan sathida joylashgan elementning axborot modelidir. MOning semantik tarmoq modeli iyerarxik modelga o'xshashdir. U xam tugun, sath, bog'lanish kabi asosiy parametrlarga ega. Lekin semantiq tarmoq modelida turli sathdagi elementlar orqali «erkin», ya'ni «har biri xamma bilan» ma'noli bog'lanish qabul qilingan. Ko'pchilik MOlar jadval tuzilmasiga ega. Unda ma'lumotlar adresi satr va ustunlar kesishmasi bilan aniqlanadi. MOda ustunlar-maydonlar, satrlar esa yozuvlar deb ataladi. Maydonlar MOning tuzilmasini, yozuvlar esa, unda joylashgan ma'lumotlarni tashkil etadi. Maydonlar-MO tuzilmasining asosiy elementlaridir. Ular ma'lum xususiyatlarga ega bo'ladilar. Har qanday maydonning asosiy xususiyati uning o'zunligidir. Maydon o'zunligi undagi belgilar soni bilan ifodalanadi. Maydonning yana bir xususiyati, uning nomidir. Maydonda uning nomidan tashqari yana imzo xususiyati ham mavjud. Imzo-ustunning sarlavhasida aks ettiriladigan axborotdir. Uni maydon nomi bilan aralashtirib yubormaslik lozim. Agar imzo berilmagan bo'lsa sarlavhada maydon nomi yozib quyiladi. turli tipdagi maydonlar turli maqsadlarda ishlatiladi va turli xossalarga ega bo'ladi. MBBT istalgan foydalanuvchiga ma'lumotlarga kirishga ruxsat etadi. Bu foydalanuvchilar amaliy jihatdan hech qanday quyidagi tasavvURLarga ega emas: ma'lumotlarning xotirada fizik joylashishi va ular ko'rinishi; so'raladigan ma'lumotlarni izlash mexanizmi; bir xil ma'lumotlarga bir vaqtning o'zida ko'pchilik foydalanuvchilar tamonidan bo'ladigan so'rovlar muammolari (amaliy dasturlar bilan); mumkin bo'lmagan va (yoki) ruxsat etilmagan o'zgarishlarni kiritishdan ma'lumotlarni himoyalashni tahminlash usullari; ma'lumotlar bazasini va boshqa ko'pgina MBBT funksiyalarini aktual holatini tahminlash. MBBTning bu asosiy funksiyalarining bajarilishida har xil turdagi ma'lumotlar tavsiflanadi. Albatta, mahlumootlar bazasini loyihalashni predmet sohasini tahlil qilishdan boshlash va alohida foydalanuvchilar talablarini aniqlash (ma'lumotlar bazasini tuzish uchun, korxona xodimlari) kerak. MB ning foydalanuvchilardan so'rab olingan xususiy «ko'rinish»lar va ma'lumotlar to'g'risidagi o'z «ko'rinish»lari, keyingi «ko'rinish»larda kerak bo'lib qolishi mumkin, birlashtirib foydalanuvchi avval yaratilayotgan MB umumiy noformal tavsivini yaratadi. Insonlarga tushinarli bo'lgan tahbiiy til, matematik formulalar, jadvallar, grafiklar va boshqalar yordamida bajarilgan bu tavsiv ma'lumotlarning infologik modeli deb ataladi. Insonlar ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:49:44
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
89.84 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:49 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
89.84 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:03 ]
Arxiv ichida: doc