8-sinf Informatika va hisoblash texnikasi asoslari 28-mavzu Ma'lumot- larni tartiblash MS Excel dasturi ro'yxatlar ustida amallar bajarish imkonini beradi. Excel jadvalida izlash, tartiblash yoki ma'lumotlarni qayta ishlash kabi amallar bajarish jarayonida ro'yxat avtomatik tarzda ma'lumotlar bazasi deb qaraladi. Bu holda ro'yxat ustunlari ma'lumotlar bazasi maydonlari, ustunlar sarlavhalari ma'lumotlar bazasi maydonlari nomi, ro'yxatning har bir satri esa ma'lumotlar bazasining yozuvi kabi qaraladi. Diapazonni tartiblash (Сортировка диапазона) tanlov oynasi ekranda aks etadi. Ixtiyorimizga uchta xususiyat bo'yicha o'sish yoki kamayish yo'nalishida tartiblash imkoni tavsiya etiladi; Familiyasi Tug'ilgan yili Birinchi xususiyat sifatida Familiyasi ustunini tanlab o'sish yo'nalishini belgilaymiz; Jadvalda bir xil familiyali o'quvchilar borligi uchun tartiblashni ahamiyati ko'proq bo'lgan boshqa biror ustun, masalan, ikkinchi Tug'ilgan yili xususiyati bo'yicha davom ettiramiz. Bir xil familiyali va tug'ilgan yili bir xil bo'lgan oq'uvchilarni ham tartiblash lozim bo'lsa, uchinchi yoki to'rtinchi ustun bo'yicha tartiblash mumkin. Zokirova Mirzayeva Rahimova Zokirova Rahmatov Rahmatov Rahmatov Familiyasi Tug'ilgan yili Og'irligi Bo'yi Jadvalga e'tibor bergan bo'lsangiz, tanlash shartlariga asosan: a) barcha familiyalar alifbo bo'yicha o'sish yo'nalishida tartiblangan; b)Rahmatov familiyali o'quvchilar avval tug'ilgan yilining kamayish yo'nalishida, tug'ilgan yili bir xil bo'lganlari o'g'irligining o'sish yo'nalishida tartiblangan; d) Zokirova familiyali o'quvchilar tug'ilgan yilining kamayish yo'nalishida tartiblangan. Uchinchi navbatda Og'irligi ustuni xususiyati bo'yicha tartiblaymiz. Bu xususiyat bo'yicha o'sish yo'nalishini belgilaymiz; Diapazonni tartiblash tanlov oynasining Parametrlar (Параметры) bo'limida Registrlarni hisobga olish (Учитывать регистр) orqali amalga oshiriladi. Excel dasturida bunday saralash masalasi filtrlash usuli orqali hal etiladi. Filtrlash (saralash) - berilgan shartning qanoatlantiruvchi satrlarini ajratib olishdir. Filtrlash belgisini faqat birgina ustunga o'rnatish ham mumkin. Buning uchun shu ustunning nom turgan katakcha bilan keyingi katakchasini belgilab, filtrlash belgisini o'rnatish yetarli. Excel amaliy dasturining imkoniyatlari bu bilan chegaralanib qolmaydi. Uning imkoniyatlarini o'rganish uchun mustaqil ravishda amaliy mashqlar bajarishingiz maqsadga muvofiqdir. Savol va topshiriqlar 1. Ro'yxatdagi maydon va yozuv tushunchalarini misollar bilan yoritib bering. 2. Tartiblash deganda nima tushuniladi? 3. Tartiblash jarayonida ro'yxatdagi satrlar soni o'zgaradimi? 4. Tartiblashning nechta usuli bor? 5. Bir nechta ustunli ro'yxatning bitta ustuni belgilanib tartiblansa, qanday xatolik yuzaga keladi? 6. Gullar jadvali gulning asosiy ranglari soni bo'yicha qanday tartiblanadi? ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:49:44
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.39 MB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:03
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:49 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.39 MB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:03 ]
Arxiv ichida: pptx