Ma'lumotsimon axborot hujjatlari

Ma'lumotsimon axborot hujjatlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Ma'lumotsimon axborot hujjatlari - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Ma'lumotsimon axborot hujjatlari KIRISH Inson, hujjat, axborot, boshqarishning barcha pog'onalarini, shu kabi ish yuritishning ajralmas qismidir. Shuning uchun rahbar (menejment) ish yuritish oqilona hujjat, uslub, til, qoidalardan foydalanishi lozim. Mukammal va oqilona tashkil etilgan hujjatchilik har qanday tashkilotdagi ish yuritishning asosi. Ma'lumki, hujjatlar har xil va miqdoran juda ko'p. Hujjatlarning maqsadi, yo'nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Shunday ekan, hujjatlar turiga, tiliga, mazmuniga, hujjatlarning tegishliligiga, ularning tayyorlanish xususiyati va qoidalariga, hujjatlarning xizmat mavqeiga qarab qo'yiladigan umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlar oldiga qo'yiladigan ko'pgina til talablar ham mavjud. Muayyan turdagi hujjat, albatta, o'ziga xos til xususiyat va sifatlar bilan belgilanadi. Bu xususiyat va chuqur tasavvur qilmasdan turib, mukammal hujjatchilikni yaratish haqida gap ham bo'lishi mumkin emas. Shuning uchun bu o'rinda hujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ma'lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayonida ayniqsa ko'p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayyonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma'lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tushuntirish xati, e'lon, hisobot kabi hujjatlarni o'z ichiga oladi. A R I Z A Ariza muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat sanaladi. Ariza amaliyotda eng ko'p qo'llanadigan va kеng tarqalgan ish qog'ozidir. Maktab o'quvchisi va talaba, mеnеjеr va agronom yoki fеrmеr, muhandis va olim, tadbirkor va mansabdor shaxs - jamiyatning barcha a'zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va lavozimi, ariza yo'llanayotgan muassasalar va idoralar g'oyat xilma-xildir. Arizalar bog'cha mudirasiga, maktab dirеktoriga, oliy o'quv yurti rеktoriga, jamoa xo'jaligi boshqaruviga, tuman rahbariyatiga - xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko'rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin. Hajmi, uslubi va turidan qat'iy nazar, ariza o'zining umumiy zaruriy qismlariga ega. I S H O N C H N O M A Muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o'z nomidan ish ko'rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat ishonchnoma hisoblanadi. Muayyan ish-harakatni bajarishga vakolat bеrish kim tomondan (muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomonidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab, ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga bo'linadi. R a s m i y (x i z m a t s o h a s i d a g i ) i s h o n c h n o m a l a r davlat muassasalari, kasaba uyushmasi, jamoa xo'jaligi, jamoat tashkilotlari muayyan lavozimli shaxsga uning muayyan tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil qilinganini bildirish uchun bеriladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 104.98 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:04 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 104.98 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga