Mamlakat aloqa tarmoqlarini qurish. Aloqa tarmoqlarini qurish usullari Reja: Mamlakat aloqa tarmoqlari va ularning tarkibiy tuzilishlari Mamlakat aloqa tarmog'ining birlamchi va ikkilamchi tashkil etuvchilari. Aloqa tarmoqlarini qurish usullari. Aloqa tarmog'i umumiy holda quyidagilardan tashkil topadi: axborotlarni uzatish tizimlari; kanallarni kommutatsiyalash qurilmalari (tizimlari); oxirgi qurilmalar (tarmoq foydalanuvchilari terminallari). Mamlakat aloqa tarmog'i magistral va mintaqaviy tamoqlardan tashkil topgan (2.1-rasm). rasm. Aloqa tarmog'ini qurilishi. Mintaqaviy tarmoqlar bir yoki ikki viloyatlar (yoki Respublikalar, o'lkalar) hududida tashkil qilinadi. U shuningdek ichki mintaqaviy va mahalliy tarmoqlargi bo'linadi. Ichki mintaqaviy tarmoq viloyat markazi bilan tumanlarni, shaharlarni shuningdek ularni o'zaro bog'lash maqsadida tashkil qilinadi. mahalliy tarmoq qishloq tarmog'i (tuman markazi bilan qishloq va posyokalarni bog'lovchi) va shahar tarmog'ini o'z ichiga oladi (2.2- rasm). rasm. Mintaqaviy aloqa tarmog'ini qurish. Magistral tarmoqlar resrublika markazi bilan viloyat, katta shaharlar markazlarini va ularni o'zaro bog'lash maqsadida tashkil qilinadi. Bundan tashqari mamlakat aloqa tarmog'i birlamchi va ikkilamchi tarmoqlarga bo'linadi (3.3 rasm). Birlamchi tarmoq bu barcha aloqa kanallarining, ularni vazifasi va aloqa turiga ajratmagan xoldagi majmuidir. Uning tarkibiga liniyalar va kanal hosil qiluvchi apparaturalar kiradi. Birlamchi tarmoq barcha kanal talabgorlari uchun yagona bo'ladi va ikkilamchi tarmoqning bazasini tashkil qiladi. Ikkilamchi tarmoq bir vazifadagi (telefon, telegraf, videotelfon, ma'lumotlar uzatish, gazeta uzatish, televideniya, radio eshittirish va x.z) kanallardan tashkil topgan bo'lib birlamchi tarmoqning bazasida tashkil qilinadi. Ikkilamchi tarmoq tarkibiga kommutatsiya uzellari(tugunlari), birlamchi tarmoqqa ajratilgan oxirgi punktlar kiradi. Ikkilamchi shaharlararo tarmoqlar birlamchi tarmoqqa, oxirgi magistral stansiyalari orasidagi yoki birlamchi tarmoqning tarmoq uzellari va ikkilamchi tarmoqning oxirgi stansiyalari orasidagi bog'lovchi liniyalar yordamida bog'lanadi. Aloqa tarmog'ini qurishda, tarmoqning vazifasidan kelib chiqqan holda uni tejamli va ishonchli qurishga etibor berish lozim. Ishonchlilik zaxira tarmoqlarini yaratish va turli xil aloqa liniyalarini (radio aloqa liniyasi, kabel aloqa liniyasi, yo'ldoshli aloqa va x.z) qo'llash, ularni turli yo'nalishlarda yotqizish orqali ta'minlanadi. Bunday tarmoqlarda aylanma va zaxira yo'llari bilan talab qilingan sondagi kanallar tashkil qilinadi. Har bir aloqa tarmog'i uzeli boshqa uzellarga ikk-uch mustaqil aylanma yo'llarga ega bo'lishi lozim. Aloqa tarmoqlarini qurishning bir qator usullari mavjud:punktlarni xar birini o'zaro bog'lash usuli, tugunli va radial usullari. rasm. Aloqa tarmog'ini qurish variantlari:a) punktlarni xar birini o'zaro bog'lash usuli; b) tugunli; v) radial usullari. Xar bir punktlarni o'zaro bog'lash eng ishonchli tarmoq qurishga imkon beradi, lekin bunday tarmoq qurish texnik - iqtisodiy jihatdan noafzaldir. Uzeli tizim ham ejamli emas. Radial tizim iqtisodiy jihatdan eng samarali hisoblansada ishonchlilik nuqtai nazaridan past ko'rsatkichlarga ega. Chunki punktlar orasidagi bir bog'lovchi liniyadagi uzilish markaziy punktga ulangan punktning aloqa qilish imkoniyatini yo'qotadi. Eng ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:49:44
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
125.78 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:49 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
125.78 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:05 ]
Arxiv ichida: doc