Mantiqiy elementlar va ularni qurish Reja: Mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsplari Mantiqiy elementlarni ishlab chiqarish. texnologiyalari. Mantiqiy elementlarning asosiy parametrlari. va xarakteristikalari. Axborotni qayta ishlash, raqamli aloqa va avtomatik boshqaruv tizimlarining ishlash tamoyili bir necha bazaviy operasiyalarning takrorlanishi yokiularning kombinasiyalariga asoslangan bo'ladi. Buni amalga oshirish uchun ―VA‖,‖EMAS‖,‖YOKI‖ mantiqiy elementlari, shuningdek, triggerlardan foydalaniladi. Mantiqiy element (ME) deb eng sodda mantiqiy operasiyalarni bajaruvchi elektron qurilmaga aytiladi. Mantiqiy elementlar tarkibiy tuzilishi hamda yasash texnologiyasiga qarab farqlanadi. Shu bilan birga ular asosiy parametrlari: qayta ulanish tezligi, signalning kechiqish vaqti, ishchi harorat oralig'i, kirishni birlashtirish koeffisiyenti va chiqishdagi yuklama qobiliyati bilan ham bir-biridan farq qiladi. Mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsiplari Mantiqiy elementlar mantiqiy ifodalarni bajarishga mo'ljallangan bo'lib, barcha arifmetik va mantiqiy amallarni ular asosidagi qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Quyidagi rasmlarda hisoblash mashinalarida qo'llaniladigan asosiy mantiqiy elementlar va ularning ishlash prinsiplari keltirilgan. «VA» elementi mantiqiy funksiya sifatida Z = X*Y yoki Z = X ^ Y ko'rinishlardan birortasida tasvirlanishi mumkin. «VA» - mantiqiy ko'paytirish, «konyunksiya» elementi X va Y kirishlarga bir vaqtda ―1‖ signali berilsa (ya'ni ulagichlar bir vaqtda ulansa), Z chiqishda ―1‖ signali hosil bo'ladi (ya'ni lampa yorishadi). Kirishlardan birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga «0» signali berilsa (ya'ni ulagichlardan biri yoki bir vaqtda ikkalasi ulanmagan holda bo'lsa), chiqishda «0» signali hosil bo'ladi (ya'ni lampa o'chgan holda bo'ladi). « YoKI » elementi mantiqiy funksiya sifatida « YoKI » - mantiqiy qo'shish, «dizyunksiya» elementi «YoKI» elementi mantiqiy funksiya sifatida Z = X+Y hamda Z = X v Y ko'rinishlarda tasvirlanadi X va Y kirishlarga bir vaqtda ―0‖ signali berilsa (ya'ni ulagichlar bir vaqtda ulanmagan holda bo'lsa), Z chiqishda ―0‖ signali hosil bo'ladi (ya'ni lampa o'chgan holda bo'ladi). Kirishlardan birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga «1» signali berilsa (ya'ni ulagichlardan biri yoki bir vaqtda ikkalasi ulansa), chiqishda «1» signali hosil bo'ladi (ya'ni lampa yorishadi). «INKOR» - mantiqiy inkor qilish («EMAS») elementi «INKOR» elementining chiqishidagi son uning kirishidagi songa nisbatan teskari kodga ega bo'ladi. «INKOR» elementi mantiqiy funksiya sifatida ko'rinishda tasvirlanadi. «VA - INKOR» - mantiqiy ko'paytirishning inkori elementi X va Y kirishlarga bir vaqtda ―1‖ signali berilsa, Z chiqishda ―0‖ signali hosil bo'ladi. Kirishlardan birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga «0» signali berilsa, chiqishda «1» signali hosil bo'ladi. «YoKI - INKOR» - mantiqiy qo'shishning inkori elementi X va Y kirishlar bir vaqtda ―0‖ signali berilsa, Z chiqishda ―1‖ signali hosil bo'ladi. Kirishlardan birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga «1» signali berilsa, chiqishda «0» signali hosil bo'ladi Mantiqiy elementlarni ishlab ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:49:44
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
203.77 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:49 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
203.77 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:05 ]
Arxiv ichida: docx