MapInfo dasturiga kirish Kartalar yaratishning Qog'ozli deb atalgan odatdagi texnologiyasi bilan bir qatorda keyingi yillarda Geografik axborot tizimidan (GAT, keyinchalik umumiy qabul qilingan iborada GIS so'zi ishlatiladi) foydalangan holda kartalar yaratishning kompyuterli texnologiyasi jadal suratlar bilan rivojlanmoqda. Oddiy qilib aytganda, GISga tabiat va jamiyat obyektlari va hodisalari haqidagi topografik, geodezik, yer, suv resurslari va boshqa kartografik axborotni yig'ish, ularga ishlov berish, EHM xotirasida saqlash, yangilash, tahlil qilish, yana qayta ishlashni taminlovchi avtomatlashtirilgan apparat-dasturli kompleks, deb ta'rif bersa bo'ladi. Barcha GISlarda ma'lumotlarni yig'ish, qayta ishlash, xotirada saqlash, yangilash, tahlil qilish va ma'lumotlarni kompyuter yoki etarli darajada tasvir xususiyatini qayta ishlay oladigan maxsus dasturli texnik vositalar orqali ushbu jarayonlarni bajarish usullari etiborga olingan. Demak, GIS - turli usullar bilan to'plangan tabiiy tarmoqlar haqidagi keng mazmunli ma'lumotlar bazasiga tayangan mukammal rivojlangan tizim hisoblanadi. Hozirgi paytda foydalanish sohalarining kengligi jihatidan GISning tengi yo'q - u navigatsiya, transport, qurilish, geologiya, geografiya, harbiy ishlar, iqtisodiyot, ekologiya, mavzuli kartografiya va boshqa sohalarda keng qo'llanilmoqda. Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyatda ko'plab GISlar ishlatilib, ular orasida shaxsiy GISlar keng tarqalgan. Jumladan ularga GeoDraw GeoGraph, (Geografiya instituti, Rossiya), AtlasGis va WinGis (AQSH), ArcInfo, MapInfo (AQSH) va boshqa dasturlarni keltirish mumkin. Kartalar yaratishning GIS-texnologiyasini quyidagicha tasavvur qilsa bo'ladi: Tayyorgarlik ishlari. Elektron taxeometrlar va GPS asboblaridan; tasvirlarni qayta ishlash vositalaridan izlanishlar raqamli ma'lumotlaridan; avtorlik originallardan; mavjud fond kartalari va h.k. dastlabki materiallarni to'plash. Kartografik va fond materiallarini skanirlab, rastrli tasvirlarni bir xil masshtabga keltirish, so'ngra ularni kompyuter xotirasiga joylash. Yaratilayotgan kartaning mavzuli qatlamlarini va ularga tegishli jadvallarni tuzish, ularni tahlil qilish. ma'lumotlar bazasini tuzish. obyektlar tasnifi mavjud jadval (atributlar) va matn ma'lumotlarni EHM xotirasiga kiritish. Shartli belgilar tizimini ishlab chiqish. Kartaning mavzuli qatlamlarini joylashtirish, kartografik tasvirni hosil qilish va ularni tahrir qilish. Kartaning komponovkasini ishlab chiqish va uni nashrga tayyorlash. Kartani nashr qilish. Biz keng tarqalgan GISning universal tizimi bo'lgan MapInfo dasturidan foydalanib, mavzuli kartalarni tuzishda olib boriladigan ish jarayonini ko'rib chiqamiz. MapInfo dasturi rus tilida tuzilgani uchun, uslubiy qo'llanmada ushbu dasturni boshqarish elementlari nomlarining o'zbek tilidagi tarjimasi bilan bir qatorda rus tilidagi atamalarini ham keltirishni lozim topdik. MapInfo GIS dasturining asosiy xususiyati - uning ommabopligidadir, yani bu tizim: grafik tasvirlarni o'qish (ko'rish) va ularga qayta ishlov berish; ma'lumotlar bazasi bilan ishlash; ma'lumotlar bazasida kidiruv ishlarini amalga oshirish, redaktorlik ishlarini bajarish; kartografik belgilarni qurish; diagrammalarni tuzish; kartani nashrga tayyorlash va nashr qilish ishlarini bajarish imkoniyatiga ega. Dasturda-ma'lumotlarni ko'rish uchun 3 xil darcha mavjud: matnli, kartografik va grafikli. Monitor ekranida bir ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:49:44
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.67 MB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:49 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.67 MB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:05 ]
Arxiv ichida: pptx