Maple 6 tizimining asosiy imkoniyatlari va interfeysi

Maple 6 tizimining asosiy imkoniyatlari va interfeysi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Maple 6 tizimining asosiy imkoniyatlari va interfeysi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Maple 6 tizimining imkoniyatlari Interfeys oynasining tarkibi Menyular satrining holati Ishchi varaq to'g'risida ma'lumotlar Palitralar Asosiy imkoniyatlar, interfeys, interfeys oynasi, asosiy instrumentlar paneli, kontekstli instrumentlar paneli, ishchi varaq, holatlar satri, kiritish maydoni, yozuvlar talqini, palitralar. 1. Maple 6 tizimining imkoniyatlari Maple 6 tizimida quyidagi imkoniyatlar mavjud: biror elektron jadval sistemasida(masalan MS Exsel) ma'lumotlarni tahlil qilish uchun ko'nikma hosil qilingan bo'lsa-Maple 6 sistemasida ham juda ko'p matematik va statistik funksiyalar asosida ma'lumotlarni tahlil qilishning grafikli integrallashgan muhiti mavjud; murakkab funksiyalarning 2 o'lchamli, 3 o'lchamli fa'zolarda grafiklarini chizib berishi mumkin; Maple 6 ning programmalashtirish tili asosida murakkab matematik, texnik va boshqa sohalardagi masalalarni yechish imkoniyatini beradi; o'quv jarayonini tashkil qilishda kerakli mavzularning mashq va masalalar obyektlarining harakatini namoyish qilish uchun animasion grafik muhit mavjud; talabalar matematik usullarni o'rganishda juda murakkab hisoblarga vaqtini sarflamasdan, faqat usullarning mohiyatini, qo'llanilish sohalarini o'rganishlari uchun maxsus Student paketi mavjud; Maple 6 Windows, VMS, Unix, Linux kabi operasion muhitlarda joriy qilingan; Windows operasion tizimidagi MS Office ning turdosh tizimlari uchun integrallashgan muhitga ega; Barcha bajariladigan ishlari ishchi varaq sifatida tashkil qilinib, muloqot interaktiv rejimda amalga oshiriladi; C++, Fortran muhitlarida yaratilgan dasturlarga bevosita murojaat qilish mumkin; Exel 200 muhitida turib Maple 6 ning grafikaga doir paketlariga murojaat qilish mumkin (Exel muhitida grafik chizish uchun funksiyaning qiymatlar jadvalini tuzish kerak); Ishchi varaqlarni RTF Word, LaTex, HTML formatlariga o'tkazib saqlash mumkin; Maple 6 muhitida «obyektlar» hosil qilish mumkin; Maple 6 dasturidagi xatoliklarni bartaraf qilish uchun Java imkoniyatlaridan foydalanish mumkin; Maple 6 vositasida yaratilgan dasturlardan elektron jadvallarga murojaat qilish mumkin. 2. Interfeys oynasining tarkibi Ixtiyoriy dasturiy tizimdan foydalanish uchun uning foydalanuvchilar bilan muloqot muhiti (interfeys)ni yaxshi bilish kerak. Maple 6 tizimining Windows operasion muhitida joriy qilingan interfeysi haqida to'xtalaylik. Tizim ishga tushurilgandan keyin 4.1-shaklda ko'rsatilgan interfeys oynasi paydo bo'ladi. Oyna olti qismdan tashkil topgan: sarlavha; asosiy menyular satri; Oyna sarlavhasi Asosiy menyular satri Asosiy vositalar paneli Kontekstli vositalar paneli Ishchi varaq Holatlar satri 1-shakl asosiy instrument(vosita)lar paneli; kontekstli instrumentlar paneli; ishchi varaqning maydoni; holatlar satri. Sarlavhada Maple 6 tizimining belgisi va joriy ishchi varaq faylining nomi ko'rsatiladi. 3. Menyular satrining holati Asosiy menyular satrining holati ishchi varaqqa aks ettirilgan hujjatning mazmuniga qarab o'zgarib turadi. Ishchi varaqda grafik tasvirlangan bo'lsa, u holda asosiy menyular satrining holati 2-shaklda tasvirlangan ko'rinishda bo'ladi. Agar ishchi varaqda ma'lumotlar maydoni tasvirlangan bo'lsa, u vaqtda 1-shakldagi standart ko'rinishda bo'ladi. Sichqoncha ko'rsatkichini asosiy menyular satrining ixtiyoriy menyusiga keltirib chap knopkasi bosilsa, menyu faollashib, undagi komandalar yoki qismiy menyular ro'yxatini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 127.2 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 127.2 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga