Reja: 1. Maple tizimining tarkibi 3. Asboblar paneli kontekst menyusi bilan ishlash 2. Tipik simvolli hisoblashlar 3. Simvolli hisoblashlar 4. Sichqoncha yordamida boshqarish 5. Xatoliklarni qayta ishlash va ko'rsatish 6. Funksiya va operatorlar to'risida tushunchalar 7. Maple 7 tizimining dialog rejimida ishlash asoslari 8. Matematik simvollarni kiritishda tasvirlash vositalari 9. Maple 7 tizimining menyusi 10. Maple 7 tizimining interfeysi 11. Maple 7 tizimining yadrosi va paketlari 12. Maple 7 tizimining tillari Maple - tipik integrallashgan tizim bo'lib uning tarkibiga quyidagi vositalar kiradi: kuchli dasturlash tili (u tizim bilan interaktiv muloqot qilish vositasi hamdir); dasturlar va hujjatlarni tahrir qilish va tayyorlash uchun tahrirlagich; dialog rejimida ishlash imkoniyatini beruvchi zamonaviy ko'p oynali interfeys; minglab namunalarga ega bo'lgan kuchli maolumotlar tizimi; algoritmlar va matematik ifodalarni o'zgartirish qoidalarini o'z tarkibiga oluvchi tizimning yadrosi; sonli va simvolli protsessorlar; diagnostika tizimi; biriktirilgan va qo'shimcha funktsiylarning bibliotekasi; foydalanuvchilar funksiyalarini va boshqa ayrim dasturlash tillari va dasturlarni qo'llab quvvatlash paketlari. Yuqorida keltirilgan vositalarning barchasiga Maple dasturi orqali to'ridan-to'ri kirish mumkin. Maple 7 tizimining tillari Marle tizimi o'zining uchta xususiy: kirish, amalga oshirish va dasturlash tillariga ega. Uning kirish tili o'ta Yuqori darajadagi til bo'lib har qanday murakkablikdagi matematik masalalarni yechishga yshnaltirilgan. Bu til tizimga tizimga sovol , yaoni qayta ishlanuvchi kirish maolumotlarini berish uchun xizmat qiladi va o'zining ideologiyasi bo'yicha eski Basic tiliga o'xshab ketadi. Kirish tili katta miqdordagi oldindan aniqlangan matematik va grafik funksiyalarga, hamda zarur bo'lganda qo'shiladigan bibliotekalarga ega. Maple tizimi anoanaviy tarkibiy dasturlash vositalarini hamda kirish tilining komanda va funksiyalarini o'z ichiga oluvchi protseduraviy dasturlash tili- Maple-tiliga ham ega. Maple tizimini amalga oshirish tili bo'lib eng kuchli va universal tillardan biri bo'lgan Si dasturlash tili xizmat qilgan. Uning yordamida tizim yadrosining dasturi yozilgan. Umuman olganda Maple tizimi vositalarining taxminan 5 dan 10% gacha qismi Si dasturlash tilida, qolgan 90-95% esa Maple-tilida yozilgan. Maple-tilidagi dasturlarni biriktirilgan taxrirlagichdan tashqari tashqi taxrirlagichlarda (masalan Word da) ham tayyorlash mumkin. Maple tizimining biriktirilgan taxrirlagichi File menyusidagi New va Open komandalari yordamida ochiladi. Maple-tili tarkibiy operatorlarining (sikl operatorlari, shartli va shartsiz operatorlar va h.k.) sintaksisi Beysik va Paskal tillari sintaksislarining aralashmasiga o'xshab ketadi. Tizim bilan ishlashning dialog rejimida matematik ifodalar Beysikdagi qoidalarga o'xshash qoidalarga asosan kiritiladi. Maple 7 tizimining yadrosi va paketlari Maple tizimining yadrosi simvolli o'zgartirishlar bilan bilan ishlash uchun asos bo'lib hisoblanadi. U simvolli o'zgartirishlarning yuzlab tayanch funksiya i algoritmlariga ega. Tizimning yangi versiyalarida yadroning hajmi 6-7 Mbaytni tashkil qiladi. Bundan tashqari operatorlar, komandalar va funksiyalarning asosiy bibliotekasi ham ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 17:57:10
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
222.54 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 17:57 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
222.54 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:05 ]
Arxiv ichida: doc