Masalani komputerda yechishga tayyorlash va yechish bosqichlari

Masalani komputerda yechishga tayyorlash va yechish bosqichlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Masalani komputerda yechishga tayyorlash va yechish bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Masalani qo'yilishi, matematik ifodalash va echish usullarini tanlash Algoritmni tuzish, dasgurini yozish va uni translyasiya qilish Dasturni sozlash, rasmiylashtirish va masalani kompyuterda echish Dasturlashni avtomatlashtirish va standart dasturlar 1. Кompyuterda masalani echishni hamma jarayoni ikki qismga bo'linadi: masalani tayyorlash (bu jarayon mashinadan tashqarida bajariladi) va masalani kompyuterda echish. Masalani tayyorlash jarayoni dasturni tuzish va shu dastur orqali masalani echish uchun boshlangich ma'lumotlarni yozish bilan tamomlanadi. Masalani matematik ifodalash bosqichida masalani echishda ishla-tiladigan analitik ifodalar va formulalar, boglanishlar va tenglamalar hamda tengsizliklar uzil-kesil aniqlanadi. Bu bosqich muammoni to'liq tushunib olish va matematikaning tegishli sohalarini bilishni taqozo qiladi. Masalaning matematik ifodalanishini kompyuter tiliga o'tkazib bo'lmaslik mumkin, chunki mashina tili eng sodda arifmetik va mantiqiy amallarni o'z ichiga oladi. Shu sababli eng avval matematik masalani mashina uchun tushunarli bo'lgan arifmetik va mantiqiy qoidalar ketma-ketligi ko'rinishida ifodalab olish lozim. Matematik masalani sonli echish usuli bu funksiyalarni, integrallarni va hakozolarni kompyuter amalga oshirishi uchun moslashgan arifmetik yoki mantiqiy amallar bilan almashtirish usulidir. 2. Bu bosqich masalani tanlangan sonli usul bo'yicha algoritmini tuzishdan iboratdir. Algoritm-bu masalani echish natijalarini olish uchun kompyuter bajarishi kerak bo'lgan harakatlar ketma-ketligidir. Algoritm quyidagi xossalarga ega bo'lishi kerak: - bir qiymatlilik, ya'ni hamma narsa oldindan aniqlangan va hech qanday ixtiyoriylikka joy yo'q; - ommaviylikligi, ya'ni keng masalalar sinfining boshlangich ma'lumotlarini turli variantlarda va ixtiyoriy mashinada ishlatilishi; - natijaviyligi, ya'ni oxirgi natijani olishga majburligidadir. Dastur biror masalani echishda kompyuterlar bajarishi lozim bo'lgan izchil tartibidan iborat. Кompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash deyiladi. Har qanday kompyuter tuzilishi, komanda kodlari jihatidan bir-biridan farqlanib, faqat ma'lum elementar amallar (arifmetik va mantiqiy) to'plamlarinigina bajara oladi. Ammo bu amallar yordamida istalgan murakkab operasiyalarni bajarish mumkin. Dasturlash echilishi kerak bo'lgan masala algoritmini kompyuter tiliga, ya'ni mashina tiliga o'tkazishdir. Кompyuter uchun dastur tuzish - masalani echish usulini mashina komandalarining shunday majmui (dasturi) ga keltirish demakki, bu komandalar xotiraga joylashib, tartib bilan amalga oshadi va tegishli hisoblarni bajaradi. Dasturlash ikki asosiy qismga: bevosita va avtomatik dasturlashlarga bo'linadi. Bevosita dasturlashda dasturning umumiy sxemasini ishlab chiqishda kodlash va mashinaga kiritishgacha bo'lgan barcha ishni programmachi bajaradi. Avtomatik dasturlashda esa dastur tuzuvchi faqat programma sxemasini tuzib, uni qisqartirilgan belgilar (simvollar) ko'rinishida yozadi. Dastur tuzish va kodlash kabi texnik ishlar esa kompyuter yordamida bajariladi. Dasturlash tillaridan amalda foydalanish kompyuter xotirasida dastlabki dasturni konkret kompyuter tiliga (mashina tiliga) o'tkazilishini ta'minlaydigan dastur bo'lishini talab qiladi. Bunday dasturlar translyatorlar, dasturni mashina taliga o'tkazish jarayoni esa translyasiya deb ataladi. Translyasiyalash jarayonida translyator translyasyalanayotgan dasturni bosish bilan bir qatorda, dasturdagi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.19 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.19 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga