Masalani kompyuterda yechishning asosiy bosqichlari. Algoritmlash asoslari Reja: Masalani EHMda yechish bosqichlari Matematik model tushunchasi Algoritm tushunchasi va uning vazifasi Algoritmni ifodalash usullari, uning xossalari. Masalalarni EHMda yechish bosqichlari Kompyuterdan foydalanib masalani yechish yaratilgan allgoritmga asoslangan holda dastlabki ma'lumotlar ustida avtomatik tarzda amallar bajarilib izlangan natijalar ko'rinishiga keltirish demakdir. Har qanday masalalarni shaxsiy kompyuterda yechish bosqichlari quyidagilar: Masalaning qo'yilishi va maqsadning aniqlanishi. Bu bosqich muayyan soha bo'yicha ishlayotgan malakali mutaxassis tomonidan bajariladigan ish. Masalani matematik ifodalash. Bu bosqichda masalani yechish uchun kerakli va yetarli bo'lgan dastlabki ma'lumotlarni tarkibi, tavsifi, turi, tuzilishi hisobga olingan holda matematik terminlarda ifodalanadi, hamda masalani yechishning matematik modeli yaratiladi. Masalaning yechish usulini ishlab chiqish, sonli usulni tanlash. Agar dastlabki ma'lumotlar bilan izlanayotgan natijalar o'rtasida aniq bog'liqlik o'rnatilgan bo'lib, masalani yechish uslubi ishlab chiqilgan bo'lsa, masalaning yechish uslubi ishlab chiqilgan deyiladi. Masalani yechish algoritmini yartiladi. Bu bosqichda asosan masalani yechish algoritmi yaratiladi. Dasturlash. Bu masalani yechish algoritmini tanlangan algoritmik til vositasida ifodalashdir. Algoritmning har bir mayda bo'lagi algoritmik tilning operatorlari yordamida, tilning sintaksis va semantika qoidalari asosida yozi chiqiladi. Dastur matnini axborot tashuvchiga o'tkazish va dastur xatosini tuzatish. Olingan natijalarini izohlash, tahlil qilish. Matematik model har xil vositalar yordamida berilishi mumkin. Bu vositalar fizik qonuniyatlar hamda funktsional analiz elementlarini ishlatib differensial va integral tenglamalar tuzishdan to hisoblash algoritmi va EHM dasturlarini yozishgacha bo'lgan bosqichlarni o'z ichiga oladi. Har xil bosqich yakuniy natijasiga ko'ra o'ziga xos ta'sir ko'rsatadi va ulardagi yo'l qo'yiladigan xatoliklar oldingi bosqichlardagi xatoliklar bilan ham belgilanadi. obyektning matematik modelini tuzish, uni EHMda bajariladigan hisoblashlar asosida tahlil qilish - hisoblash tajribasi deyiladi. Hisoblash tajribasining umumiy sxemasi 1-rasmda ko'rsatilgan. Birinchi bosqichda masalaning aniq qo'yilishi, berilgan va izlanuvchi miqdorlar, obyektning matematik modelini tuzish uchun ishlatish lozim bo'lgan boshqa xususiyatlari tasvirlanadi. 1-rasm Ikkinchi bosqichda fizik, mexanik kimyoviy va boshqa qonuniyatlar asosida matematik model tuziladi. U asosan algebraik, differensial, integral, integro-differensial va boshqa turdagi tenglamalardan iborat bo'ladi. Ularni tuzishda o'rganilayotgan jarayonga ta'sir ko'rsatuvchi omillarning barchasini bir vaqtning o'zida hisobga olib bo'lmaydi, chunki, matematik model juda murakkablashib ketadi. Shuning uchun, model tuzishda qaraliyotgan jarayonga eng kuchli ta'sir etuvchi asosiy omillargina hisobga olinadi. Masalaning matematik modeli yaratilgandan so'ng, uni yechish usuli izlana boshlanadi, ya'ni, mos tenglamalar yechilishi va kerakli ko'rsatkichlar aniqlanishi lozim. Ayrim hollarda masalaning qo'yilishidan keyin to'g'ridan-to'g'ri, masalani yechish usuliga ham o'tish kerak bo'ladi. Bunday masalalar oshkor ko'rinishdagi matematik model bilan ifodalanmasligi mumkin. Bu bosqich masalalarni EHMda yechishning uchinchi bosqichini tashkil qiladi. Navbatdagi bosqichda, ya'ni, to'rtinchi bosqichda, masalani EHMdan foydalanib yechish ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 17:57:10
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.03 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 17:57 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.03 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:06 ]
Arxiv ichida: doc