Mashinada iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash va informatsiya tashuvchilar

Mashinada iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash va informatsiya tashuvchilar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Mashinada iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash va informatsiya tashuvchilar - rasmi

Material tavsifi

Mashinada iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash va informatsiya tashuvchilar Reja: Mashinada informatsiya ishlab chiqarish haqida tushuncha. Teskari aloqa tushunchasi va uning boshqaruvdagi ahamiyati. Iqtisodiy informatsiyani suhbatli va paketli usulda qayta ishlash. Informatsion sistemalar va ularning turlari Informatsiya tashuvchilarning asosiy turlari va ishlatilish sohalari. Multimedia vositalar va ularning turlari hamda ishlatilishi. Mashinada informatsiya ishlab chiqarish haqida tushuncha. Iqtisodiy informatsiya ishlab chiqarish jarayoni bir necha xil usulda - insonning o'zi tomonidan xech qanday qo'shimcha qurilmalar jalb yetmagan holatda, kichik mexanizatsiya elementlarini jalb etgan holda yoki turli xil elektron hisoblash mashinalari yordamida amalga oshirilishi mumkin. Agarda informatsiya massivlarini hisoblash texnikasi vositalarini jalb etgan holda qayta ishlashni istasak yoki busiz ma'lumotlarni qayta ishlash mumkin bo'lmasa, u holda bu jarayon qanday amalga oshirilishi haqida yaxshilab va chuqur fikrlab olishimiz kerak bo'ladi. Endi sizga navbat, faraz qiling sizning oldingizga firma ishini kompter yordamida iloji boricha to'laroq avtomatlashtirish masalasi qo'yilgan. Bu masalani xal qilishni qanday asosiy bosqichlarga bo'lib chiqish mumkin? Nima qilsangiz ushbu ish tez, aniq, xammaga tushunarli va sodda ravishda amalga oshirilishi mumkin? Bu muammolarga to'g'ri javob olish uchun masalaga mas'uliyat filan yondoshgan holda fikr yuriting va tegishli xulosalarga kelgandan so'nggina matnning keyingi qismiga o'ting. Chunki bu sizning ijodiy va samarador fikrlash qobiliyatingizni ancha rivojlantiradi. Boshqarish inson faoliyati aniq maqsadli yo'nalishini tashkillashtirish sifatida ming yillardan beri mavjud. Biroq, hozirgi paytda boshqarish funksiyalari juda muhim mas'uliyat kasb etadi - muvaffaqiyatli qaror (yechim) ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi, o'ylanmasdan, shoshma-shosharlik bilan qabul qilingan qaror esa katta-zarar etkazishi mumkin. Shuning uchun optimal qarorlarning tanlanishi juda ko'p sonli variantlarning qarab chiqilishini va murakkab hisob-kitob ishlarining olib borilishini talab qiladi. Bunda ma'lumotlarga mashinada ishlov berish muhim ahamiyat kasb etadi. Mashinada informatsiya ishlab chiqarish o'zi avvalambor axborotlarni qayta ishlash jarayoni bo'lib, u axborotlarni yig'ish, uzatish, qayta ishlash, tahlil qilish funksiyalarini bajarishni va mos qarorlar qabul qilishni hamda bajarishni taqozo qiladi. Xalq xo'jaligining rivojlanishi natijasida boshqarishda qayta ishlanishi lozim bo'lgan axborotlar hajmi ham orta boradi. Axborotlar hajmining o'sib borishi ishlab chiqarishning, boshqariladigan sistemalarning murakkablashishi, boshqarishning yangi iqtisodiy usullarini joriy qilinishi va boshqa ko'pgina omillarga bog'liq. Ikkinchi tomondan, axborotlar hajmining o'sishi boshqarish jarayonining murakkablashiga olib keldi va bu axborotlarni avtomatlashgan qayta ishlash zaruratini keltirib chiqardi. ma'lumotlarga mashinada ishlov berish jarayonining soddalashgan variantini sxematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin: ma'lumot to'plash ma'lumotni qayta ishlash Qaror qabul qilish Qarorni ijro etish Ijroni nazorat qilish Bu jarayonni bank ma'lumotlariga kompyuter yordamida ishlov berish misolida ko'rib chiqaylik. Bunda biz kompyuter bilan to'liq ta'minlangan bank bo'limini nazarda tutamiz. Boshlang'ich ma'lumotlarni yig'ish ishlari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 269.75 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 269.75 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga