Reja: 1. Masofadan o'qitishning afzalligi 2. Masofadan o'qitish nima? Bugungi kunda taraqqiyot tez o'zgarmoqda va juda tez rivojlanmoqda. Deyarli Har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o'zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan voqea-hodisalar sodir bo'lmoqda. Har bir kunimiz kuchli informatsiya oqimi ostida kechmoqda. Informatsiya oqimi bizni uyda, ishxona va tatilda taqib etadi. Inson informatsiya ta'siridan holi normal faoliyat yurita olmaydi. hayotni yangilash, uni o'rganish informatsiyalarni yig'ish va o'zlashtirish orqali kechadi. Insonning bilimlilik darajasi ham malum davr ichida shaxs tomonidan o'zlashtirilgan informatsiyalarning ko'p yoki ozligi bilan belgilanadi. Shuning uchun zamonaviy bilimlar sari keng yo'l ochish, ta'limotni takomillashtirishda yangi informatsiya texnologiyalardan unumli foydalanish- bugungi kunning talabiga aylandi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda O'zbekiston Respublikasining «ta'lim to'g'risida»gi qonuni ham zimmamizga shu mas'uliyatni yuklaydi. Vaholanki ta'lim tizimida sezilarli o'zgarishlar ro'y bermoqda. ta'lim tizimida Masofadan o'qitish uslubi shakllari qo'llanilmoqda. Masofadan o'qitish uslubi shakllari o'qitishning yangi shaklidir. Masofadan o'qitish uslubi- bu mustaqil o'qishdir. Mustaqil o'qish insonning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Masofadan o'qitishning afzalligi Masofadan o'qitishning yana bir afzalligi shundaki, unda o'quvchi o'ziga qo'lay vaqtda va xattoki ishdan ajralmagan holda o'qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda hozirgi kunda keng tarqalgan. Ko'pgina yirik korxonalar mutaxassislari malakasini oshirish yoki o'zgartirish uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarni tejamoqdalar. Masofdan o'qitishning yana bir afzallik tomoni unda o'qish muddatini o'quvchi o'zi belgilaydi, yani talaba ixtiyoriy paytda o'qishni boshlaydi, materiallarni o'qituvchi nazoratida o'zlashtiradi. O'zlashtirish topshiriqlarni, testlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. O'quvchi berilgan programmani qanchalik tez o'zlashtirsa, shunchalik tez o'qishni tugatadi va guvoxnoma oladi. Programmani o'zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o'qishni davom ettirishga ruxsat beriladi. Masofadan o'qitishda odatda ishlayotganlar, onalar, o'qiyotganlar biror mutaxassislikni egallash yoki malakasini oshirish maqsadida o'qiydi. Bu uslub nogironlar uchun juda qo'lay. Masofadan o'qitishda xattoki maxbuslar ham o'qish imkoniyatga ega. Bu haqida bir necha bor Avstraliyada eshitdik. Masofadan o'qitish ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiy tarafdan qo'laydir. Masofadan o'qitish tashkiliy iqtisodiy afzalliklarga ham ega. Masofadan o'qitish uchun talabalar uchun auditoriyalar, yotoqxonalar zarur emas. Masofadan o'qitishda moliyaviy xarajatlar asosan o'quv uslubiy materiallar tayyorlash uchun sarflanadi. Keyinchalik moliyaviy xarajatlar kamayadi. Shuning uchun talabalar sonining oshishi bilan o'qish narxi pasayadi. Masofadan asosiy etiborni o'quv uslubiy materiallarni tayyorlashga qaratish darkor. Chunki o'quv uslubiy materiallarning sifati Masofadan o'qitish sifatining eng asosiy omillaridan biridir. O'quv uslubiy material qanchalik tushunarli va batafsil bo'lsa, shunchalik u o'quvchiga foydali bo'ladi. Yani material uslubiy jihatdan puxta bo'lmog'i lozim. Masofadan o'qitish nima? Masofadan o'qitish bu Internet tarmog'i orqali sizga qo'lay bo'lgan vaqtda o'qitishdir. Masofadan o'qitishning tarkibiy belgilari: o'qituvchi, ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 17:57:10
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.5 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 17:57 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.5 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:06 ]
Arxiv ichida: doc