Masofadan zondlash va yo'ldoshli pozitsionirlash tizimlari Reja: Masofadan zondlash tushunchasi Masofadan zondlashning optik uslublari MZning radiotexnik uslublari Yo'ldoshlardan axborot qabul qilish Masofadan zondlash uchun mo'ljallangan yo'ldoshlar Yo'ldoshli tasvirlarni tahlil qilish MZ axborotining real dunyo bilan bog'lanishi Global pozitsionirlash tizimi Masofadan zondlash tushunchasi Zamonaviy GATlarning samarali ishlashini sayyoramiz hududlarini tadqiq qilishning yo'ldoshli uslublarisiz tasavvur qilish qiyin. Kosmik texnikaning tez rivojlanishi va takomillashuvi barobarida, monitoringning aviastion va Yer usti uslularining qisqarishi munosabati bilan geoaxborot texnologtyalarida masofadan yo'ldoshli zondlash keng qo'llanila boshladi. Masofadan zondlash (MZ) - Yerning yuzasi to'g risidagi axborotni u bilan amaliy kontaktsiz to'plashga asoslangan ilmiy yo'nalishdir. Yuza to'g risidagi ma'lumotlarni olish jarayoni obyektlar tomonidan aks etgadigan yoki tarqaladigan energiya to'g risidagi axborotni keyinchalik ishlov berish, tahlil qilish va amalda foydalanish maqsadida zondlashni va yozib olishni o'z ichiga oladi. MZ jarayoni 1-rasmda keltiriladi va quyidagi elementlardan tashkil topgan: 1. Energiya yoki yoritish manbaining mavjudligi (A) - bu masofadan zondlashning birinchi talabidir, ya'ni tadqiqot uchun qiziqish uyg'otadigan obyektlarni yoritadigan yoki elektromagnit maydoni energiyasi bilan singdiradigan energiya manbai mavjud bo'lishi kerak. Nurlanish va atmosfera (V) - manbadan obyektgacha tarqaladigan nurlanish, yo'lining bir qismi Yer atmosferasi oralab o'tadi. Bu o'zaro munosabatni inobatga olish zarur, zero atmosfera tavsiflari energetik nurlanish parametrlariga ta'sir ko'rsatadi. Tadqiqot obyekti bilan o'zaro munosabat (S) - obyektga kelib tushadigan nurlanish o'zaro ta'sir kuchining tavsifi ham obyektning, ham nurlanishning parametrlariga juda bog liqdir. Energiyani sensor bilan ro'yxatga olish (D) - taqiqot obyekti tomonidan tarqatiladigan nurlanish, uzoqlikdagi yuqori sezgir sensorga eti keladi, va so'ngra olingan axborot tashish vositasiga yozib olinadi. Axborotni uzatish, qabul qilish va unga ishlov berish (E) - sezgir sensor tomonidan to'plangan axborot raqamli ko'rinishda qabul qilish stanstiyasiga uzatiladi, u Yerda axborot tasvirga transformastiyalanadi. Interpretastiya va tahlil (F) - ishlov berilgan tasvir vizual ravishda yoki EHM yordamida interpretastiya qilinadi, so'ngra undan tadqiq qilinayotgan obyektga tegishli axborot chiqarib olinadi. Olingan axborotni qollash (G) - masofadan zondlash jarayoni kuzatuv obyektiga tegishli bo'lgan kerakli axborotni uning tavsiflari va fe'lini yaxshiroq tushunish uchun olganimizda, ya'ni qandaydir amaliy masala yechimini topganda yakuniga etadi. Yo'ldoshli masofadan zondlashni (YMZ) qo'llashning quyidagi sohalari ajratiladi: atrof-muhit va Yerdan foydalanishning holati to'g risida axborot olish; qishloq xo'jaligi Yerlarining hosildorligini baholash; flora va faunani o'rganish; tabiiy ofatlarning (zilzilalar, suv toshqinlari, yong inlar, epidemiyalar, vulqon otilishlarining) oqibatlarini baholash; quruqlik va suv havzalarining ifloslanishida etgan ziyonni baholash; okeanologiya. YMZ vositalari atmosferaning holati to'g risida nafaqat lokal, balki globa miqyosda ham ma'lumotlar olish imkoniyatini beradi. Zondlash ma'lumotlari tasvirlar ko'rinishida, odatda, raqamli shaklda kelib tushadi. Keyingi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 17:57:10
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.25 MB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 17:57 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.25 MB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:06 ]
Arxiv ichida: doc