Massivlar. Bir va ko'p o'lchovli massivlar, sonli ketma-ketliklar

Massivlar. Bir va ko'p o'lchovli massivlar, sonli ketma-ketliklar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Massivlar. Bir va ko'p o'lchovli massivlar, sonli ketma-ketliklar - rasmi

Material tavsifi

MASSIVLAR. Bir va ko'p o'lchovli massivlar, sonli ketma-ketliklar C++ dasturlash tilida kompyuter xotirasiga bir o'zgaruvchi yordamida bir nechta qiymatlardan foydalanishga to'g'ri keladi. Bir o'zgaruvchi bilan bir nechta qiymat ustida amallar bajarish uchun berilgan ma'lumotlar bir turga mansub bo'lishi kerak. C++ dasturlash tilida bir o'zgaruvchi yordamida bir nechta qiymatlardan foydalanish uchun massiv degan turdan foydalaniladi. Dasturlash tillarida ro'yxat yoki jadval ko'rinishidagi ma'lumotlarni massiv deb atashadi. Massiv so'zining ma'nosi o'lcham, o'lchov demakdir. Jumaldagi o'quvchilar ro'yxati, safda to'g'ri to'rtburchak hosil qilib turgan soldatlar, bog'da tartib bilan ekilgan daraxtlar, talabalarning reytingini aniqlovchi qaydnoma, determinantlar, matritsalar, Pifagorning ko'paytirish jadvali massivga misol bo'la Massiv o'z ichiga qamrab olgan har bir obyekt, ya'ni har bir o'quvchi, soldat, daraxt yoki determinant, matritsani hosil qiluvchi har bir son o'sha massivning elementi yoki massiv komponentasi deyiladi. Keltirilgan misollardan ko'rinib turibdiki, massivning barcha elementlari bitta turga mansub bo'lib, ular bitta nom bilan nomlanadi va bir-birlaridan nomerlari (indekslari) bilan farq qiladi. Ta'rif. Bir turga mansub bo'lgan yagona nom bilan saqlanuvchi tartiblangan ma'lumotlar majmuasi massiv deyiladi. Massivlar yagona o'zgaruvchi bilan kompyuter xotirasiga saqlanadi, uning elementlari ma'lum bir indekslar bilan tartiblab joylashtiriladi. C++ dasturlash tilida massivlardan foydalanishga do'kondagi mahsulotlaming narxini misol qilib olish mumkin. Mahsulot narxlarini massiv sifatida qaralganda narxl, narx2, narx3, , narxn ko'rinishda bir nechta mahsulot narxlarini kompyuter xotirasiga saqlab undan foydalanish mumkin. Massivlar yagona nom bilan bir nechta qiymatni o'zida mujassamlashtiradi, bularga matematikadagi vektorlami misol keltirish mumkin. Vektor ham yagona nom bilan saqlanib uning tarkibida bir nechta qiymatni o'zida mujassamlashadi. Vektorning ham elementlari bir turga mansub va tartiblangan bo'ladi. Massivlar holatiga ko'ra ikki turga bo'linadi. - Bir o'lchovli massivlar; - Ikki o'lchovli massivlar; Bir o'lchovli massivlar ma'lumotlarni bir satrli ko'rinishda saqlasa, ikki o'lchovli massivlar esa ma'lumotlarni matritsa ko'rinishida saqlaydi. Massivlar holatiga ko'ra ikki turga bo'linadi. - Bir o'lchovli massivlar; - Ikki o'lchovli massivlar; Bir o'lchovli massivlar ma'lumotlarni bir satrli ko'rinishda saqlasa, ikki o'lchovli massivlar esa ma'lumotlarni matritsa ko'rinishida saqlaydi. Bir o'lchovli massivlarni C++ dasturlash tilida bir nechta usullarda e'lon qilish mumkin. Bir o'lchovli massivlarni boshlang'ich qiymatlari berilmasdan C++ dasturlash tilida quyidagicha e'lon qilinadi. []; Massivni C++ dasturlash tilida e'lon qilish uchun, albatta, elementlar soni yoki massiv elementlarining boshlang'ich qiymatlari berilishi kerak. Masalan, float a [20];. Bunda float - massiv turi, a - massiv nomi. Massiv nomi faqat bitta harfdan iborat bo'lmasdan ixtiyoriy identifikator ham bo'lishi mumkin, [20]-massiv o'lchami, ya'ni massiv elementlari soni. Ushbu massivi quyidagicha o'qiladi. «Elementlari haqiqiy sonlardan iborat bo'lgan a nomli massiv e'lon qilingan bo'lib, elementlari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 557.55 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 557.55 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga