Matbuot nashrlarini sahifalash tarixi va dasturlari haqida umumiy ma'lumot Reja: Fanning maqsad va vazifalari. Gazeta dizaynining taraqqiy etishi. Matbuot nashrlarida sahifalashning milliy xususiyatlari va maktablari. Matbuot nashrlarini sahifalashda foydalaniladigan asosiy kompyuter dasturlari Kompyuterda sahifalash dizayni fani orqali talabalarga bugungi kun jurnalistikasida auditoriya talablaridan kelib chiqib bajarilayotgan nashr ishlari, gazeta va jurnallarni sahifalash prinsiplari, ularga qo'yiladigan talablar, internet jurnalistlari uchun muhim bo'lgan veb-sahifalarni dizaynlash ishlari haqidagi bilimlar beriladi. Bularni amalga oshirishda talabalar ma'ruza darslarida nazariy jihatdan fanni o'zlashtirib, amaliy darslarda talabalarning o'zlari tomonidan kompyuterlarda sahifalash ishlarini bajarishi ko'zda tutilgan. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi bir qator vazifalarga etibor qaratiladi: Nashrlarda jurnalist tarqatayotgan axborot va har xil ma'lumotlarning muxlislar uchun ta'sirli bo'lishida dizaynning ahamiyati; Zamonaviy sahifalash ishlarida kompyuterning roli va u orqali foydalaniladigan dasturlar haqida ma'lumotlar; Jurnalistikaning yangi yo'nalishi - onlayn jurnalistika uchun muhim hisoblangan veb-sahifa dizayni; ma'lumotlarni uzatishda matn, garfika, tablitsa va animatsion rasmlardan foydalanish usullari. Fanning maqsadi talaba o'zida quyidagi bilimlarni va amaliy ko'nikmalarni o'zlashtirishi orqali to'la amalga oshadi: -Nashrning auditoriyasi va ish yo'nalishiga qarab unga qanday dizaynning mos tushishini bilishi; -Zamonaviy nashriyotda foydalanilayotgan texnologiyalar haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lishi; -Internetda mashhur axborot uzatuvchi saytlar dizaynidagi elementlarning o'ziga xosliklari to'g'risidagi bilimga ega bo'lishi; -Gazeta va jurnal sahifalarida matn, grafik oektlar va tablitsalarni auditoriya talablariga mos tarzda joylashtira olishi; -Har xil tillardagi ma'lumotlarni virtual tizimdan xohlagan ma'lumotni topa olishi; Internetda axborot uzatadigan veb-sahifa yarata olishi; Sahifalash ishlarida foydalaniladgan kompyuter dasturlarida ishlay olishi. Malumki, gazeta kitob matbaasidan keyin paydo bo'lgan. U dastlab turli voqealardan xabar beradigan bir necha bir ustunlik sahifalardan tarkib topgan edi. Ularda bazan voqea sodir bo'lgan joy va vaqt ko'rsatilgan va bu keyinchalik zamonaviy gazetalardagi sarlavhalarning paydo bo'lishiga zamin hozirlagan. Yevropada shunday ilk kitob shaklidagi gazetalardan biri fransuzcha to'rt sahifalik Gazett (1631 y.) nashri edi. Dastlabki xabarlar yozilgan kundalik varaqlar qo'lda tayyorlanib Qadimgi Rimda bozorda sotilgan ekan. Birinchi bosma gazetalar esa Xitoyda miloddan avvalgi 618-907 yillarga, Tang dinastiyasi davriga to'g'ri keladi. U gazetalarni tayyorlashda yog'ochdan yo'nilgan bloklardan foydalangan. Hozirgi zamon ko'rinishidagi, o'z ichiga siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy yangiliklar, ularga munosabatlar va elonlar yoritiladigan gazetalar 18-asr o'rtasida Buyuk Britaniyada shakllangan. 18-asrning boshlarida ingliz yozuvchisi va jurnalisti Daniel Defo o'zining Revyu (1704-1712 y.y.) nomli gazetasiga reportaj, maqola, ocherk, polemik ruknlar kiritdi. Bu o'zgarishlar sabab gazetaning tashqi qiyofasi ham o'zgara boshladi. Ular o'z tarkibidagi materiallarning tematik janr xususiyatlariga ko'ra turli qismlarga ajrala boshladi va bu gazetalarning kitob va jurnallardan farqlaydigan asosiy jihatlardan biriga aylandi. Gazeta sahifalarini ustunlarga ajratish orqali gazetalarning tashqi ko'rinishi yanada ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 17:57:10
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.47 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 17:57 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.47 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:06 ]
Arxiv ichida: doc