Matematik modellashtirishning asosiy tushunchalari. Masalalarni EHMda yechish bosqichlari

Matematik modellashtirishning asosiy tushunchalari. Masalalarni EHMda yechish bosqichlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Matematik modellashtirishning asosiy tushunchalari. Masalalarni EHMda yechish bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Matematik model tushunchasi Statsionar va nostatsionar modellar Parametrlari to'plangan modellar va parametrlari tarqoq modellar Masalalarni ehmda yechish bosqichlari Qadim zamonlardan beri inson o'z imkoniyatlarini kengaytirishga harakat qilib, turli mehnat qurollarini yaratib kelgan. Masalan, uzoqni ko'rolmaslikni mikroskop, teleskop, radiolokator kabi buyumlarni yaratish bilan qoplagan bo'lsa, bir-biriga ma'lumotlar uzatishdagi cheklangan imkoniyatlarini telefon, radio va televideniya hisobiga kengaytirmoqda. Elektron hisoblash mashinalarining yaratilishi va ularning keskin rivojlanib borishi inson ongining imkoniyatlarini to'ldiribgina qolmay, uning turli-tuman ma'lumotlarni tahlil qilish va o'zining ish faoliyatida uchraydigan masalalar yechimini topish tezligini ham jadal sur'atda o'stiradi. Shunday qilib, fan va texnikaning rivojlanishi va o'ta murakkab jarayonlarning hisob ishlarini sifatli va tez bajarilishini talab etayotgan bir paytda,- yuqori texnologiyali elektron hisoblash mashinalarining ishlab chiqilishi tabiiy bir holdir. XXI asr - kompyuterlashtirish asrida insoniyat faoliyatining barcha jabhalariga kompyuterlar jadal sur'atda kirib bormoqda. Zamonaviy kompyuterlarning ko'payib borishi esa tabiiy ravishda undan foydalanuvchilarning safini ortib borishiga turtki bo'ladi. Odatda kompyuterdan foydalanuvchilar sinfi juda ham xilma-xildir. Lekin, umumiy qilib ularni kompyuterlardan o'z ishlarini bajarishda tayyor vosita sifatida foydalanuvchi-operatorlar sinfi va ular uchun zarur bo'lgan dasturiy ta'minotlarni yaratuvchi dasturchilar sinfiga ajratish mumkin. Dasturchilar sinfini esa o'z navbatida shartli ravishda sistemali va amaliy dasturchilar guruhlariga ajratamiz. Mazkur «Programmalash asoslari» fanidan yozilgan ma'ruzalar matni amaliy dasturchilar guruhiga tegishli mutaxassislarni, institutning «Informatika va axborotlar texnologiyasi» kafedrasida «Informatika va AT» yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari, dastur tuzishni mustaqil o'rganmoqchi bo'lgan o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan. MATEMATIK MODEL TUSHUNCHASI Elektron hisoblash mashinalari uchun dastur yozishni o'rganishdan avval nimalarni bilish kerakligini ko'rib chiqaylik. Istalgan hayotiy, matematik yoki fizik va xokazo masala shartlarini ifoda qilish dastlabki ma'lumotlar va fikrlarni tasvirlashdan boshlanadi va ular qat'iy ta'riflangan matematik yoki fizik va xokazo tushunchalar tilida bayon qilinadi. So'ngra masalani yechishning maqsadi, ya'ni masalani yechish natijasida ayni nimani yoki nimalarni aniqlash zarurligi ko'rsatiladi. Masalani o'rganish uning matematik modelini tuzishdan boshlanadi, ya'ni uning o'ziga xos asosiy xususiyatlari ajratiladi va ular o'rtasidagi matematik munosabat o'rnatiladi. Boshqacha qilib aytganda, dastlab o'rganilayotgan fizik odisaning mohiyati, belgilari, ishlatiladigan ko'rsatkichlar so'zlar yordamida atafsil ifoda etiladi, so'ngra ehtiyojga qarab kerakli matematik tenglamalar keltirilib chiqariladi. Bu tenglamalar o'rganilayotgan fizik jarayon yoki hodisalarning matematik modeli deb ataladi. Matematik modelni haqiqiy obyektga moslik darajasi amaliyotda tajriba orqali tekshiriladi. Odatda, matematik model qaralayotgan obyektning xususiyatlarini aynan, to'la o'zida mujassam qilmaydi. U har xil faraz va cheklanishlar asosida tuzilgani uchun taqribiylik xarakteriga ega, tabiiyki uning asosida olinayotgan natijalar xam taqribiy bo'ladi. SHuning uchun, tajriba qilib ko'rish orqali yaratilgan modelni baholash va lozim bo'lgan holda uni aniqlashtirish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.09 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.09 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga