Matematik va kompyuterli modellashtirishtirish Reja: Matematik model; Hisobli i kompyuterli tajriba (eksperiment); Kompyuterli va matematik modellashtirishtirish Matematik model matematik tasniflar, matematik apparat (sonlar, harflar, geometrik obrazlar, munosabatlar, algebraik tasniflar va boshqalar) bilan bayon etiladi. Matematik modellarda didaktik aspektlar - fikrlashning, modellanadigan tizimning tasnifiga va ichki mantiqiga kirishga imkon beruvchi, modelli va matematik stilning rivojlanishi ham bor. Matematik modellashtirishning asosiy amallari (protseduralar): 1. Chiziqlashtirish; 2. Identifikatsiyalash (o'xshatish); 3. Model adekvatligi (aniqligini) baholash; 4. Model sezuvchanligini baholash; 5. Model bo'yicha hisobiy tajriba. Tizimni modellashtirishda kompyuterning asosiy vazifalari: masalalarni yechish uchun odatdagi hisoblash vositalari, algoritmlar, texnologiyalar ham foydalanishi mumkin bo'lgan yordamchi vosita rolini bajarish; an'anaviy vositalar, algoritmlar, texnologiyalar bilan echilmaydigan yangi masalarning qo'yish va yechish vositasi rolini bajarish; o'rganuvchi - kompyuter - o'rgatuvchi, o'rganuvchi - kompyuter - o'rgatuvchi, o'rgatuvchi - kompyuter - o'rganuvchilar guruhi , o'rganuvchilar guruhi - kompyuter - o'rganuvchi , kompyuter - o'rganuvchi - kompyuter turidagi kompyuterli o'rgatuvchi va modelirlovchi vositalarni konstruktirlovchi vosita rolini bajarish; yangi bilimlar olish uchun modellashtirishtirish vositasi rolini bajarish; yangi modellarni o'rgatish (modelning o'z-o'zini o'rgatish) rolini bajarish. Kompyuterli modellashtirish - EHM da bilimlarni ifodalash (bilimlarning har xil bazalarini qurish) asosi. Modellashtirishtirish taraqqiyoti, modelning butun hayot siklini quvvatlaydigan kompyuterli modellashtirish tizimlarini ishlab chiqish bilan, informatsion texnologiyada esa taraqqiyot, bank modelidan yangi modellarni yig'ishga imkon beruvchi modellar, metodlar va dasturiy vositalarning banklarini yaratish bilan kompyuterda modellashtirishtirish tajribasini faollashtirishga bog'liq. Avtonom ichki modellar yagona informatsion shina - modellar banki, kompbyuter modellari bo'yicha bilimlar bazasi orqali bir-birlari bilan axborot almashishadi. Modellashtirish kompyuter tizimlarining xususiyatlari - ularning yuqori integratsiyasi va interfaolligidadir. Ko'pincha bu kompyuter vositalari real vaqt rejimida ish olib boradi. Hisobiy tajriba ( eksperiment) - kompyuterli modellashtirish turlaridan biri. Kompyuterli modellashtirish, masalaning qo'yilishidan yechimning olinishigacha bo'lgan qo'yidagi kompyuter bosqichlarni o'tadi: Masalaning qo'yilishi; Model oldi tahlili;. Masala (model) tahlili; Modelni o'rganish; Dasturlash (dasturni loyihalash); Testlash va yaxshilash; Modellashtirishni baholash; Hujjatlashtirish; Hamkorlik; Modeldan foydalanish. Matematik modellashtirish faqat oxirgi vaqtlarda texnologik asosga o'tmoqda, shunga bog'liq holda, tizimlarda, ularning modellarida sodir bo'ladigan real holatlarni o'ynashga imkon beradigan, texnologik imitatsion modellashtirishning alohida rolini ko'rsatish zarur. Kompyuterli modellashtirish (EHM yordamida bilimlarni olish, jamlash, qayta ishlash, saqlash, foydalanish, faollashtirish), matematik modellashtirishdan farq qilib (bu modellashtirish texnologiyalari bir-biri bilan zich bog'liq bo'lsa ham), yaqindan boshlab ishlatila boshlandi. Odatda kompyuterli modellashtirish, matematik tahliliy modelni qurish mumkin bo'lmaganida yoki bunday model tadqiqot uchun qiyinlik qilganida, qo'llaniladi. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 17:57:10
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.72 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 17:57 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.72 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:06 ]
Arxiv ichida: doc