MathCAD tizimi, vazifalari, imkoniyatlari, interfeysi

MathCAD tizimi, vazifalari, imkoniyatlari, interfeysi

O'quvchilarga / Informatika va AT
MathCAD tizimi, vazifalari, imkoniyatlari, interfeysi - rasmi

Material tavsifi

MathCAD tizimi, vazifalari, imkoniyatlari, interfeysi Reja: 1. MathCAD tizimi va uning vazifalari 2. MathCAD tizimi va uning imkoniyatlari 3. MathCAD tizimi interfeysi tavsifi Tayanch iboralar: MAThematika ( matematika), CAD ( avtomatik loyihalash sistemasi), interfeysi. MathCAD tizimi va uning vazifalari. MathCAD bu matematikaning turli sohalaridagi masalalarini yechishga mo'ljallangan ajoyib sistemadir. Dasturning nomlanishi ikkita so'zdan iborat bo'lib - MAThmatika (matematika) va CAD ( avtomatik loyihalash sistemasi). MathCAD ni o'rganish juda oson bo'lib, uni ishlatish soddadir. Ushbu dasturni boshqarish Windows muhitida oldin ishlaganlar uchun intuitiv tushinarlidir. MathCADni juda ko'p sohalarda sodda hisoblashlarni hisoblashdan tortib to elektrik sxemalarni qurishgacha ishlatish mumkin. MathCAD formula, sonlar, matnlar va grafiklar bilan ishlaydigan universal sistemadir. MathCAD tili matematika tiliga juda ham yaqin, shu sababli unda ishlash matematiklar uchun juda oson. Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida MathCAD oddiy, etarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik hisoblashlar tizimidir. Umuman olganda MathCAD - bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini qo'llashning noyob majmuasi. U o'z ichiga ko'p yillar davomida matematikaning rivojlanishi natijasida yig'ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini jamlagan. MathCAD paketi muhandislik va matematik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo'lib, uning yordamida o'zgaruvchi va o'zgarmas parametrli algebraik va differensial tenglamalarni yechish, funksiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan yechimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin. MathCAD murakkab masalalarni yechish uchun o'z dasturlash tiliga ega. MathCAD dasturiy vositasi. Hozirgi vaqtda kompyuterlarda ilmiy-texnikaviy hisoblashlarni bajarishda odatdagi dasturlash tillaridan va elektron jadvallardan emas, balki Mathematica, MatLab, Maple, MathCAD, Gauss, Reduse, Eureka va boshqa turdagi maxsus matematik dasturiy vositalardan keng foydalanilmoqda. Matematik paketlar, ayniqsa MathCAD - yuqorida sanab o'tilgan ro'yxat ichida eng mashhur paket bo'lib, ilmiy-texnikaviy soha mutaxassislariga dasturlashning nozik elementlariga etibor berilmasdan (masalan: Fortran, C, Pascal, JAVA, BASIC va boshqalar kabi) kompyuterda matematik modellashtirishni amalga oshirishga katta yordam beradi. 2. MathCAD tizimi va uning imkoniyatlari Matematikada ifodalar, formulalar qanday yozilsa MathCAD tizimida ham xuddi shunday, o'zgarishsiz, tabiy ko'rinishda yoziladi. MathCAD yordamida formulalar faqatgina chiroyli yozilmasdan balki ixtiyoriy masalani sonli yoki belgili yechish imkoniyatiga ega. MathCAD o'zining yordamchi sistemasiga ega. Har qanday tenglama atrofida ixtiyoriy matnni joylashtirish mumkin, bu esa hisoblash jarayonini izohlash uchun juda zarur. MathCAD yordamida nafaqat matematikaga doir masalalarni yechish mumkin balki bu dastur yordamida ilmiy maqolalar, tezislar, dissertatsiya ishlarini, diplom ishlarini, kurs ishlarini loyihalash mumkin chunki bu dastur yordamida matematik formulalarni, matnlarni, grafiklarni juda chiroyli qilib ifodalash mumkin, yana bu dastur yordamida yuqori darajada ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 839.55 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 839.55 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga