MathCAD tizimida grafiklar bilan ishlash Reja: 1. MathCAD tizimida ikki o'lchovli grafiklarni qurish 2. MathCAD tizimida Polyar grafiklarni qurish MathCAD tizimida ikki o'lchovli grafiklarni qurish Funksiya grafigini qurishni ko'rib chiqamiz: xoch shaklidagi kursorni grafik quriladigan joyga o'rnating. Matematik panelda Graph Toolbar (panel grafikov) tugmasini bosing, ochilgan paneldan ikki o'lchovdagi grafik shaklidagi tugmani bosing. Kursor o'rniga paydo bo'lgan z o'lchovli grafik shablonga, abtsissa o'qiga argument raqamini, ordinate o'qiga funksiya nomini kiriting. Sichqoncha ko'rsatgichini shablondan tashqarida bosing. Natijada argumentni o'zgarish diapazoniga grafik quriladi. Agar argument qiymatini o'zgarish diapazoni ko'rsatilmagan bo'lsa, grafik -10 dan +10 diapazonda quriladi. Bitta shablonda bir necha grafiklarni joylashtirish uchun, ordinate o'qida birinchi funksiyani nomini kiritib, vergul tugmasini bosamiz (kursor burchagi funksiya nomidan keyin turishi shart). Hosil bo'lgan kiritish joyiga (qora kvadratga) ikkinchi funksiyani nomi kiritiladi va h.k. Funksiya analitik yoki funksiyalarni va argumentlarni qiymatlar massivi kabi berish mumkin. Ikki o'lchovli grafiklarni qurish uchun massivlar albatta bir xil o'lchovli vektorlardan iborat bo'lishi kerak. Funksiyalarni massiv ko'rinishida berilganda grafik ularni kiritish o'rniga indekslarini ko'rsatgan yoki ko'rsatmagan holda massiv nomi kiritiladi. 1- rasmdagi sonlar massivi tasodifiy sonlar funksiyasi tomonidan tuzilgan (Xi va Yi-ixtiyoriy tartibda, X va Y - lar massiv o'sish tartibida saralangan). Ushbu rasmda turli hisoblangan qiymatlar uchun qurilgan turli tasvirlar ko'rsatilgan. Eslatib o'tamiz, sichqoncha ko'rsatgichini grafik maydoniga ikki marta bosilganda grafikni formatlash oynasi ochiladi. rasm. Nuqtalarni grafikda tasvirlashning har xil turlari 2- rasm. Nuqtalarni grafikda tasvirlashning har xil turlari Traces (o's) (2-3.rasmlar) tanlaganda quyidagi parametrlarni tanlash imkoniyati yaratiladi: Line (chiziq ko'rinishi) - - solid (uzluksiz), dot (punktir), dadot(shtrix punktir), dash (shtrixli); Color (chiziq rangi); Weight (chiziq qalinligi); Type (chiziq tipi), Line (chiziq), point(nuqta ), bar(ustunli, gistogramma , solidbar (bo'yalgan ustun ), step (pog'onali, zinali ), draw (chiziq chizish ), error(xato ) va h.k.z.; Symbol (simvol ) - grafikada hisoblangan qiymatlar uchun(aylana, to'g'ri burchak, romb, krestik), none (belgisiz), xos (krestik), +(plyus), box(to'g'rito'rtburchak), dmnd(romb), o's(aylana). 3- rasm. Chiziq turlarini tanlash oynasi 4-rasmda ikki o'chovli grafiklarni qurishga misollar keltirilgan yani argumentga bog'liq oddiy funksiyani grafigi va parametrik grafik. Chap tomondagi grafikda markerlar mavjudligiga etibor qiling. 4- rasm. Ikki o'chovli grafiklarni qurishga oid misol. Grafikda markerlar qo'yish quyidagicha amalga oshiriladi (grafikdagi gorizontal punktirli chiziqlar) : grafikda ikki marta sichqoncha ko'rsatgichini bosib grafiklarni formatlash uchun ochilgan oynaga show Markers ni X o'qi va Y o'qi bo'yicha belgi qo'yish kerak. Grafikdan tashqarida sichqon tugmasini bosish. Oyna yo'qoladi. Tanlangan o'q yonida ikkita qora kvadrat paydo bo'ladi, u kvadratiga son yoki konstanta nomini kiritish mumkin. Nomini yozish ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 17:57:10
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
235.14 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 17:57 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
235.14 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: doc