MathCAD tizimida murakkab figuralarni grafiklarini qurish

MathCAD tizimida murakkab figuralarni grafiklarini qurish

O'quvchilarga / Informatika va AT
MathCAD tizimida murakkab figuralarni grafiklarini qurish - rasmi

Material tavsifi

MathCAD tizimida murakkab figuralarni grafiklarini qurish Reja: 1. MathCAD tizimida murakkab figuralarni qurish 2. MathCAD tizimida ko'pqirralilarni qurish 3. MathCAD tizimida grafik turlarini tezkor o'zgartirish 4. MathCAD tizimida vektor maydoni grafigi MathCAD tizimida murakkab figuralarni qurish. Fazoviy egri chiziqni CreateSpace funksiyasi yordamida chizish CreateSpace ichki o'rnatilgan (vstroennaya) funksiya bir o'zgaruvchili uch elementli vektor funksiyani qabul qiladi va fazoviy egri chiziqni dekart koordinatalarini qaytaradi. Funksiyaga murojaat quyidagi shaklda amalga oshiriladi: CreateSpace(F, t0, t1, tgrid, fmap), Bu yerda F - bir o'zgaruvchining uch elementli vektor funksiyasi; t0, va t1 - o'zgaruvchilarni o'zgarish chegarasi.Sukut bo'yicha -5 dan +5 gacha; tgrid - egri chiziqdagi nuqtalar soni, sukut bo'yicha 20; fmap- koordinatalarni o'zgartirish funksiyasi. fmap parametr qatnashishi shart emas. U berilmagan holda kirish funksiya sukut bo'yicha dekart koordinatalarda berilgan hisoblanadi. CreateSpace funksiyasi tatbiqi 1a- rasmda ko'rsatilgan. 1a- rasm. Fazoviy egri chiziqni chizish. 1b- rasm. Fazoviy egri chiziqni chizish. Kesishuvchi figuralar 2 va 3- rasmlarda MathCAD da murakkab kesishuvchi figuralarni yaratish ko'rsatilgan. Har ikkala figura ham formulalar bo'yicha koordinatalar nuqtalari massivini shakllantirish orqali hosil qilingan. 2- rasm. Uchta silindrni kesishishi 3- rasm. Uchta bog'langan halqa 2. MathCAD tizimida ko'pqirralilarni qurish MathCAD tizimida ko'pqirra sirtlarni tezkor qurish imkoniyati mavjud. Hammasi bo'lib 80 ta ko'pqirralilarni qurish mumkin. MathCAD tizimini ekranga chiqarish mumkin bo'lgan ko'pqirralilar tavsifini MathCAD ning markaziy hujjatidan topish mumkin: Resource Center Quick Sheets and Reference Tables Reference Tables Geometry Formulas Polyhedra(sentrresursov Shpargalki I tablisa spravok Geometricheskie formuli Ko'pqirraliklar). 4a- rasm. Poliedrlar sirtini qurish. 4b- rasm. Poliedrlar sirtini qurish. Poliedrni qurish uchun ekranga 3D - grafika shablonini chiqaring va kiritish maydoniga Polyhedron (# nomer ot 1 do 80) 4 va 5- rasmlarda ko'pqirraliklarni qurishga oid misollar keltirilgan. 5a- rasm. Ko'pqirrali sirtlarni qurishga oid misollar 5b- rasm. Ko'pqirrali sirtlarni qurishga oid misollar 3. MathCAD tizimida grafik turlarini tezkor o'zgartirish Quyida grafiklarni ayrim tiplari bilan tanishamiz MathCAD tarkibiga kiritilgan bo'lsada, bunday grafiklar amalda kam qo'llaniladi. 6-. rasm. Nuqtali grafiklarni qurishga oid misollar. 3D - grafikalarni formatlash oynasidagi General muqovaning past qismida(7- rasm) grafikalarni qayta tuzishga mo'ljallangan 6 ta tygma mavjud. Ular: Surface Plot - sirtning uch o'lchovli grafigi; Contour Plot - silliq konturga grafik (satx chizig'i grafigi); Data Points - hisobdagi nuqtalarni fazoda joylashishini ko'rsatuvchi nuqtali grafik(6- rasm); Vector Field Plot - yalpoq vektorli grafik (8- rasm); Bar Plot - ustun ko'rinishidagi funksiyani uch o'lchovli gistogrammasi(6- rasm). Patch Plot - Quroqli sirt grafigi (7- rasm). 7- rasm. Quroqli sirt grafigi. Grafiklardan birini qurib olib, uni boshqasiga tezgina o'zgartirish mumkin, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 867.56 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 867.56 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga