MathCAD tizimida sodda hisoblashlarni bajarish Reja: 1. MathCAD tizimida oddiy hisoblashlar 2. MathCAD tizimida o'zgaruvchi va funksiyalarni aniqlash. 3. MathCAD tizimida Matn, Matnda formula, Matnni tahrirlash. MathCAD tizimida oddiy hisoblashlar MathCAD foydalanuvchiga elektron jadval imkoniyatlari bilan birga WYSIWYG (nimani ko'rsangiz, o'shani olasiz) interfeys matn protsessorini havola qiladi. Tenglamalarni MathCAD da kiritish, tipografik matematik yozuv bilan ustma-ust tushadi. Xuddi elektron jadvallaridagidek MathCAD dagi hujjatga ixtiyoriy o'zgarish kiritsangiz bu o'zgarishga bog'liq bo'lgan barcha natijalar yangilanadi. MathCAD o'ta murakkab matematik formulalarni hisoblashga mo'jallangan bo'lsa ham, uni oddiy kalkulyator sifatida ishlatish mumkin. Masalan: ifodani tering. = belgisini kiritishingiz bilan MathCAD natijani hisoblab ekranga chiqaradi. Arifmetik amallar. Munosabat amallar. Mantiqiy amallar. Munosabat va mantiqiy amallarni Boolean palitrasida olish mumkin. Ushbu misol MathCAD ishlashining xususiyatlarini namoyish qiladi. Formulalar kitobda qanday yozilsa MathCAD da ham shunday yoziladi. Qaysi amalni birinchi bajarishni MathCAD o'zi aniqlaydi. = belgisi yozilgandan keyin MathCAD natijani chiqaradi. Operatorlar kiritilgandan so'ng kiritish maydonchasi deb nomlangan to'g'ri to'rtburchakni ko'rsatadi. Ekrandagi ifodalarni tahrir qilish mumkin. 1-rasm. Oddiy hisoblashlarga doir. MathCAD tizimida o'zgaruvchi va funksiyalarni aniqlash. MathCAD da o'zgaruvchi va funksiyalarni aniqlash mumkin. Masalan t o'zgaruvchini aniqlash uchun t: kiritish lozim natijada hosil bo'ladi, bo'sh maydonchaga ixtiyoriy son kiriting. Shu bilan t o'zgaruvchini aniqlash tugaydi . Ana shu tartibda har qanday o'zgaruvchini aniqlash mumkin. Bu yerda := o'zlashtirish operatori vazifasini bajaradi, yani = dan o'ng tarafdagi qiymatni = dan chap tarafdagi o'zgaruvchiga o'zlashtiradi. Biz bilamizki dasturlash tillarida lokal va global o'zgaruvchi tushunchasi mavjud, bu yerda ham bu tushuncha bor. Agar o'zgaruvchi ko'rinishda aniqlansa u lokal o'zgaruvchi bo'ladi. Global o'zgaruvchi esa quyidagicha aniqlanadi . Misol keltiramiz. 2-rasm. Lokal va Global o'zgaruvchilarni elon qilish. MathCAD ishchi hujjatni teppadan pastga va chapdan o'ngga qarab o'qiydi. Yuqorida keltirilgan misolda, agar ifodani qiymatini hisoblashda o'zgaruvchilar ifodadan pastga elon qilingan bo'lsa, ifodani qiymatini hisoblashda xatolik yuz beradi. Global o'zgaruvchilarda esa ifoda qaerda yozilishidan qatiy nazar ifodada global o'zgaruvchi qatnashgan bo'lsa unda ta'sir qiladi. MathCAD da funksiyani ham aniqlash mumkin. Masalan f(x)=x2 funksiyani qanday aniqlashni ko'rib chiqamiz. f(x): ni tering natijada f(x):=■ hosil bo'ladi. x2 ni tering natijada f(x):=x2 funksiya hosil bo'ladi. Bu yerda f funksiya nomi x esa funksiya argumenti. Funksiyaning ixtiyoriy nuqtadagi qiymatini hisoblash mumkin. Masalan f(3)=9 , f(5)=25, f(4)=16. Xuddi shu tartibda ikki argumentli, uch argumentli va n argumentli funksiyani aniqlash mumkin. Masalan ikki argumentli funksiyani qanday aniqlashni ko'rib chiqamiz. T(x,u):=x2+u2 , T(2,1)=5, T(2,2)=4. MathCAD takroriy yoki iteratsion hisoblashlarni amalga oshirishi mumkin. Bunda u diskret argumentli o'zgaruvchilardan foydalanadi. Masalan x o'zgaruvchining ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 17:57:10
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
204.49 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 17:57 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
204.49 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: doc