MathCAD tizimida uch o'lchovli grafiklarni qurish Reja: 1. MathCAD tizimida uch o'lchovli grafiklarni qurish usullari 2. MathCAD tizimida funksiya qiymatlari massivini yaratish 3. MathCAD tizimida grafiklarga ishlov berish 4. MathCAD tizimida aylanma jism sirtini hosil qilish. MathCAD tizimida uch o'lchovli grafiklarni qurish usullari Uch o'lchovli grafiklarni qurishni bir necha usulari mavjud: Matematik panelning Graph, punkti yordamida; MathCADning bosh menyusidan chaqiriladigan, grafik qurish ustasi(master) yordamida. Uch o'lchovli grafiklarni- ikki o'zgaruvchili funksiyalarning qiymatlar matritsasini tuzish orqali qurish mumkin, shuningdek funksiya qiymatlari matritsasini tuzmasdan 3D - grafikalarini qurishni tezkor usullaridan foydalanish orqali, yoki funksiya qiymatlari massivni tuzish va grafigini qurishga mo'ljallangan Create Mech va Create Space maxsus funksiyalar yordamida qurish mumkin. 1-rasm. Funksiyaning berilgan qiymatlar massivi asosida uch o'lchovli grafigi. -Funksiya qiymatlari massivi bo'yicha grafik qurish 1- rasmda ikki o'zgaruvchili funksiyaning qiymatlar massivi berilganda grafikni qurish ko'rsatilgan. Bunda ikkita argument erkin o'zgaruvchi, funksiyaga ega bog'liq o'zgaruvchi hisoblanadi. 3D grafik qurishni quyidagi tartiba bajarish mumkin: - Oldin funksiya argumentlari qiymatlari vektorini tuzib so'ngra funksiya qiymatlari vektorini tuzib oling. Grafik qurilishi mo'ljallangan joyda kursorni o'rnatib, Graph Toolbar(grafiklar paneli) panelini oching, (matematik panel orqali), so'ngra Surface plot (sirt grafigi) tugmasini bosing. Ekranda grafik shabloni paydo bo'ladi. ma'lumot kiritish uchun mo'ljallangan yagona joy mavjud, o'sha joyga funksiya nomini kiriting (argumentsiz). Natijada 3D grafik hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan grafik ko'proq alohida chiziqlardan tuzilgan skletga o'xshaydi. Ushbu chizmadan deyarli san'at asari yaratish uchun, grafik maydoniga sichqoncha tugmasini ikki marta bosish kerak. Grafikni formatlash oynasi ochiladi. Uni imkoniyatlaridan foydalanib grafikka ishlov beriladi. - Grafiklarni tezkor qurish 2- rasmda grafik qurishning eng oddiy va qulay usuli ko'rsatilgan: Ikki o'zgaruvchi funksiyani yozing. Grafik qurilishi mo'ljallangan joyda kursorni o'rnatib, Graph Toolbar panelini oching, so'ngra Surface plot tugmasini bosing. ekranda grafik shabloni hosil bo'ladi. Funksiyani nomini kiritish uchun mo'ljallangan joyda funksiya nomini(argumentsiz) kiriting. Natijada grafik hosil bo'ladi. MathCADda bitta shablonda bir nechta grafiklarni qurish imkoniyati mavjud. Buning uchun funksiya nomi kiritilishi lozim bo'lgan joyda funksiyalarni nomini o'zaro vergul bilan ajratib kiritamiz. (2-rasm.) 2- rasm. Grafikni tezkor qurishga oid misol. Grafiklarni tezkor qurishda MathCAD tizimi sukut bo'yicha ikkala argument uchun qiymatlarni -5 dan +5 gacha oladi va kontur chiziqlaridan 20 tasini oladi. Ushbu qiymatlarni o'zgartirish uchun grafik ustiga sichqon tugmasini ikki marta bosing va ochilgan formatlash oynasidan Quick Plot Data (Tezkor grafik qurish uchun ma'lumotlar) ilovani tanlaymiz. O'zgaruvchilar qiymatlari chegaralarini o'zgartirib OK tugmasini bosamiz. 3- rasmda, 2- rasmdagi argumentlar o'zgarish chegaralariga yangi qiymatlar qo'yilgandan keyingi grafik tasvirlangan. Bunda birinchi argument uchun Range 1 - oyna ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 17:57:10
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.27 MB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 17:57 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.27 MB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: doc