MATLAB dasturida funksiyalar grafiklarini qurish. M-fayllar bilan ishlash Reja: MATLAB dasturiy paketidagi boshqaruvchi funksiyalarning ahamiyati. Dastur tuzish oynasida boshqaruvchi funksiyalarni ishlatish. Funksiyalar Funksiyalar -bu o'z argumentlarini ma'lum tarzda o'zgartirishni amalga oshiruvchi va bu o'zgartirishlar natijasini qaytaruvchi yagona nomga ega bo'lgan obyektlardir. Natijani qaytarish - funksiyaning o'ziga xos xususiyatidir. Bunda bitta chiqish parametriga ega bo'lgan hisoblash natijasi funksiya chaqirilgan joyga qo'yiladi. Funksiya umumiy holda qavs ichiga olingan argumentlar ro'yxatiga (parametrlarga ) ega bo'ladi. Elementar funksiyalarning ro'yhati bilan help elfun buyrug'ini bajarib, maxsus funksiyalarning ruyhati bilan esa help specfun buyrug'ini bajarib tanishish mumkin. Funksiyalar biriktirilgan (ichki) va tashqi yoki m-funksiyalar ko'rinishida bo'lishi mumkin. Biriktirilgan funksiyalarga keng tarqalgan elementar funksiyalar, masalan, sin(x) va yexr(u) misol bo'lishi mumkin, funksiya sinh(x) funksiya esa tashqi funksiyadir. Tashqi funksiyalar m-faylarda o'zining aniqlanishi (tavsifi)ga ega. Biriktirilgan funksiyalar MATLAB kompilyasiya qilingan yadrosida joylashganligi sababli juda tez bajariladi. Ayrim hollarda tartibga solingan sonlar ketma-ketliklarini formatlash talab qilinadi. Bunday ketma- ketliklar vektorlarni yoki grafiklarni qurish vaqtida abssissalarning qiymatlarini hosil qilish uchun zarur bo'ladi. Sonlar ketma-ketliklarini formatlash uchun MATLAB tizimida : (ikki nuqta) operatori ishlatiladi: boshlang'ich qiymat : qadam : So'nggi qiymat. Bunday konstruksiya boshlang'ich qiymat bilan boshlanuvchi, berilgan qadam bilan davom etuvchi va so'nggi qiymat bilan tugallanuvchi sonlarning ortib boruvchi ketma-ketligini hosil qiladi. Agar kadam berilmagan bo'lsa, uning qiymati 1 deb qabul qilinadi. Agar boshlang'ich qiymat so'nggi qiymatdan kichik qilib olingan bo'lsa xatolik to'g'risida xabar beriladi. MATLAB matritsaviy tizimlarga mansub bo'ganligi sababli, operatorlardan aniq foydalanilmasa kutilmagan chalkashliklarga olib kelishi mumkin. Qiymatlar to'plamini olish uchun funksiyaning argumenti sifatida ham ikki nuqta(:) operatoridan foydalanish mumkin. Shunday qilib «:» operator sonlarning muntazam (tartibli) ketma-ketligini olish uchun qulay vosita bo'lib hisoblanadi. U grafiklarni qurish vositalari bilan ishlashda keng qo'llaniladi. Xatoliklar MATLAB tizimida xatoliklar diagnostikasi katta ahamiyatga ega. Kiritilayotgan buyruq va ifodalarni MATLAB tekshiradi va xatolar to'g'risida axborot yoki ogohlantirishlar beradi. Quyidagi misollarni ko'raylik. Xato ifoda » sqr(2) kiritilib ENTER klavishasi bosilsa tizim xatolik to'g'risida axborot beradi: qq Undefined function or variable 'sqr'. Bu xabar sqr funksiya yoki o'zgaruvchi ekanligi aniqlanmaganligini bildiradi. Bu holda to'g'ri ifodani terish yo'li bilan xatolikni to'g'rilash mumkin. MATLAB tizimida tashqi tavsiflar (aniqlashlar) xuddi biriktirilgan funksiyalar va operatorlar singari qo'llaniladi. Ularni qo'llash bo'yicha hech qanday qo'shimcha ko'rsatmalar zarur emas. Faqatgina ishlatilayotgan aniqlanishlar .m kengaytmali fayl qorinishida mavjud bo'lishi kerak. Agar mavjud bo'lmagan aniqlanishga murojaat qilinsa tizim ovoz signalini beradi va xatolik haqidagi quyidagi axborotni chiqaradi: » hsin(l) qq Undefined function or variable 'hsin'. » sinh(l) ans= 1.1752. Ayrim xollarda natijalarni chiqarish ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 17:57:10
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
132.02 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 17:57 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
132.02 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: docx