MATLAB dasturiy paketi. MATLAB dasturiy paketida arifmetik ifodalarni kiritish Reja: MATLAB dasturiy paketining avtomatlashtirishdagi ro'li MATLAB dasturiy paketini hisoblash mashinalariga o'rnatish 3. Dasturni ishga tushirish va oynalarni sozlash. MATLAB - bu vaqt sinovidan o'tgan matematik hisoblarni avtomatlashtirish tizimlaridan biridir. U matritsaviy amallarni qo'llashga asoslangan. Bu narsa tizimning nomi - MATrix LABoratory - matritsaviy laboratoriyada o'z aksini topgan. Matritsalar murakkab matematik hisoblarda jumladan chiziqli algebra masalalarini yechishda va dinamik tizimlar hamda obyektlarni modellashda keng qo'llaniladi. Ular dinamik tizimlar va obyektlarning holat tenglamalarini avtomatik ravishda tuzish va yechishning asosi bo'lib hisoblanadi. MATLAB dasturi aerodinamika, gidrodinamika, akustika, radiotexnika, elektrotexnika va boshqa ilmiy sohalarda matematik masalalarni hal etishda keng qo'llaniladi. MATLAB tizimini Moler (S. V. Mou ler) ishlab chiqqan va 70-yillarda undan katta EHMlarda keng foydalanilgan. MathWorks Inc firmasining mutaxassisi Djon Litl (John Little) 80yillarning boshlarida IBM PC, VAX va Macintosh klassidagi kompyuterlar uchun PC MATLAB tizimini tayyorlagan. Keyinchalik MATLAB tizimini kengaytirish uchun matematika, dasturlash va tabiiy fanlar bo'yicha jahondagi eng yirik ilmiy markazlar jalb qilingan. MATLAB dasturining versiyalarini ishlab chiqilgan sanalari: MATLAB 5.0 - 1996 yil dekabr MATLAB 5.1 - 1997 yil may MATLAB 5.3 - 199 yil yanvar MATLAB 6.0 - 200 yil noyabr MATLAB 6.1 - 2001 yil iyun MATLAB 6.5 - 2002 yil iyun MATLAB 6.51 - 2003 yil avgust MATLAB 7.0 - 2004 yil iyun MATLAB 7.9 - 2009 yil avgust MATLAB tizimining vazifasi har xil turdagi masalalarni yechishda foydalanuvchilarni an'anaviy dasturlash tillariga nisbatan afzalliklarga ega bo'lgan va imkoniyatlari keng dasturlash tili bilan ta'minlashdir. MATLAB ning imkoniyatlari juda keng. Undan hisoblashlarni bajarish va modellash uchun fan va texnikaning har qanday sohasida foydalanish mumkin. MATLAB asosan quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi: matematik hisoblashlar; algoritmlarni yaratish; modellash; ma'lumotlarni tahlil qilish, tadqiq qilish va vizuallashtirish; ilmiy va injenerlik grafikasi; ilovalarni ishlab chiqish; grafik ishlanmalarni yaratish va boshqalar. MATLAB ochiq arxitekturaga ega, ya'ni mavjud funksiyalarni o'zgartirish va yaratilgan xususiy funksiyalarni qo'shish mumkin. Katta xajmdagi buyruqlar va funksiyalarni realizatsiya qilish uchun matnli m- fayl yoki C dasturlash tilida yozilgan fayllardan foydalaniladi. MATLAB - kengayuvchi tizim, uni har xil turdagi masalalarni yechishga oson moslashtirish mumkin. Uning eng katta afzalligi tabiiy yo'l bilan kengayishi va bu kengayish m-fayllar ko'rinishida amalga oshishidir. Boshqacha aytganda, tizimning kengayishlari kompyuterning qattiq diskida saqlanadi va MATLABning biriktirilgan (ichki) funksiyalari va protseduralari kabi kerakli vaqtda foydalanish uchun chaqiriladi. Foydalanuvchi m-fayl matnli formatga ega bo'lganligi sababli unga har qanday yangi buyruqni, operatorni yoki funksiyani kiritishi va keyin undan biriktirilgan funksiya yoki operator kabi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 17:57:10
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
74.33 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 17:57 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
74.33 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: docx