Matlab dasturlash elementlari va ular bilan ishlash

Matlab dasturlash elementlari va ular bilan ishlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Matlab dasturlash elementlari va ular bilan ishlash - rasmi

Material tavsifi

MATLAB dasturlash elementlari va ular bilan ishlash Hamma matematik tizimlarda matematik ifoda markaziy tushuncha bo'lib hisoblanadi. U sonlar ko'rinishida (ayrim xollarda simvollar ko'rinishida) nima hisoblanishi kerak ekanligini belgilaydi. Matematik ifodalar sonlar, konstantalar, o'zgaruvchilar, operatorlar, funksiyalar va har xil maxsus belgilar yordamida tuziladi. Sonlar - MATLAB tilining miqdor qiymatlarini o'zida aks ettiruvchi eng sodda obyektlaridir. Agar sonning nomi qiymatiga mos kelsa, uni konstanta deb atash mumkin. Sonlar butun, kasr, belgilangan yoki suzuvchi nuqtali bo'lishi mumkin. Ularni mantissasi va tartibi orqali ham ko'rsatish mumkin. Sonning mantissasida butun qism kasr qismdan vergul orqali emas nuqta orqali ajratiladi. Sonning mantissasini tartibidan ajratish uchun e simvoli ishlatiladi. Musbat sonlarning oldiga «plyus» ishorasi quyilmaydi, manfiy sonlarning oldiga qo'yiladigan «minus» ishorasi u nar minus deb ataladi. Sondagi simvollar orasiga probel kuyish mumkin emas. Sonlar kompleks bo'lishi mumkin: z=Re(x)+Im(x)*i. Bunday sonlar haqiqiy Re(z) va mavhum Im(z) qismlardan iborat bo'ladi. Sonlarning mavhum kismi -1 dan kvadrat ildizga teng bo'lgan i yoki j ko'paytiruvchiga ega bo'ladi: 2j, 2+3i -3.14i. Sonning haqiqiy qismi Re(z) ni real(z) funksiyasi qaytaradi, imag(z) funksiyasi esa - mavhum (Im(z)) qismini qaytaradi. Kompleks sonning modulini olish uchun abs(z) funksiya va fazasini olish uchun angle(z) funksiya ishlatiladi. MATLAB tizimida sonlarni butun va kasr, uzun va qisqa va x.k. sonlarga ajratish qabul qilinmagan, lekin bunday formatlarni berish imkoniyati bor. Umuman olganda sonlar ustida amallar ikkilangan aniqlik formatida amalga oshiriladi. Bunday format sonli hisoblarga qo'yiladigan ko'pchilik talablarni qoniqtiradi, lekin erkin (absolyut) aniqlik talab qilinadigan simvolli hisoblarga umuman to'g'ri kelmaydi. MATLAB tizimida simvolli hisoblar maxsus Symbolic Math Toolbox kengaytirish paketidan foydalanib hisoblanadi. Konstanta - yagona nomga ega bo'lgan va oldindan aniqlangan sonli yoki simvolli qiymat. Sonlar (masalan 1, -2 va 1.23) nomsiz sonli konstantalar bo'lib hisoblanadi. MATLAB da boshqa turdagi konstantalar tizim o'zgaruvchilari ham mavjud. Ular tizim yuklanishi vaqtida beriladi va qayta aniqlanishi mumkin. MATLAB tizimida asosiy tizim o'zgaruvchilari quyidagilar: i va j - mavhum birlik (-1 dan kvadrat ildiz); pi - l soni - 3.1415926; eps - suzuvchi nuqtali sonlar ustida amallarning xatoligi (2-52); realmin - suzuvchi nuqtali eng kichik son (2-1022); realmax - suzuvchi nuqtali eng katta son (21023); inf - mashina cheksizligining qiymati; ans - eng so'nggi amal natijasini saqlovchi va odatda uning tasvirini ekranga chiqaruvchi o'zgaruvchi; NaN - ma'lumotlarning sonli xarakterga ega emasligini ko'rsatish. Yuqorida ta'kidlanganidek, tizim o'zgaruvchilarini qayta aniqlash (o'zgartirish) mumkin. Masalan, eps tizim o'zgaruvchisiga boshqa qiymatni berish mumkin, eps=0.001. Simvolli konstanta - apostroflar orasiga olingan simvollar, masalan: 'Hello my friend!' 'Salom' '2+3'. Agar apostroflar orasiga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 141.2 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 141.2 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga