MATLAB MUHITIDA FUNKSIYALAR GRAFIKLARINI QURISH Reja: Ikki o'lchovli grafika. Uch o'lchovli grafika. Ishdan maqsad: MATLAB muhiti grafikasi elamentlati bilan ishlash, 2 va 3 o'lchovli funfsiyalar grafiklarini chizish ustida amallar bajarib amaliy ko'nikmalarni mustahkamlash. Jihоzlаnish: Pentium tipidаgi shахsiy EHM, MATLAB dаsturi. 1. Ikki o'lchovli grafika. MATLAB da ikki o'lchovli grafiklarni chizishda asosan quyidagi buyruqlardan foydalaniladi: loglog, polar, stairs, area, pcolor, line, pie, plot, semilogx, comet, bar, fill, colormap, ribbon, pie3, strips, semilogy, stem, barh, patch, rectangle, scatter, errorbar, imagesc va h.k.; Chizilgan grafiklar va grafik oynalarni loyihalash va boshqarishda grafik oyna menyu va uskunalar paneli elementlari hamda quyidagi buyruqlar orqali amalgam oshiriladi: grid, axis, hold, figure, shg, clf, subplot va h.k.; plot buyrug'i Odatda bir o'zgaruvchili funksiya grafiklarini chizishda plot buyrug'i va uning turli xil ko'rinishlaridan foydalaniladi. x=[a:h:b]; y=f(x); plot(x,y) Bajarilishi: Bunda dastlab berilgan h qadam bilan bo'laklarga bo'lingan oraliq kiritiladi, keyin funksiya kiritiladi, undan keyin plot buyrug'i kiritiladi. 1-mashq. y= e-xsin(4x) funksiya grafigini [-2; 3] oraliqda chizamiz: x=[-2:0.05:3]; y=exp(-x).*sin(4*x); plot(x,y) Chizmani tahrirlash Chiziq rangi, tipi va stilini quyidagi jadvalda ko'rsatilgan belgilardan yoki grafik maydon imkoniyatlaridan foydalanib o'zgartirish mumkin: 2-mashq. Bitta grafik oynada bir necha grafik 3-mashq. x1=[-4*pi:pi10:-pi]; y1=sin(x1); x2=[-pi:pi30:0]; y2=3*(x2pi+1).^2; x3=[0:0.02:5]; y3=3*exp(-x3); plot(x1,y1,x2,y2,x3,y3) 2. Uch o'lchovli grafika. MATLAB da uch o'lchovli grafiklarni chizishda asosan quyidagi buyruqlardan foydalaniladi: bar3, plot3, mesh, surf, sphere, cylinder, bar3h, contour, meshgrid, fill3, ellipsoid, logo va h.k.; mesh buyrug'i Odatda ko'p o'zgaruvchili funksiya grafiklarini chizishda mesh buyrug'i va uning turli xil ko'rinishlaridan foydalaniladi. Misol: Fazoda geometrik jismlarni tasvirlashda sphere, cylinder, bar3h, ellipsoid kabi bir qator buyruqlardan foydalaniladi sphere cylinder NAZORAT TOPSHIRIQLARI: Dekart koordinatalar sistemasida quyidagi funksiyalar grafikliarini yasang: NAZORAT TOPSHIRIQLARI: Dekart koordinatalar sistemasida quyidagi funksiyalar grafikliarini yasang: NAZORAT SAVOLLARI: Qanday buyruqlar bilan tеkislikda va fazoda grafiklarni yasash mumkin? Bu buyruqlarning paramеtrlari haqida gapiring. Oshkormas ko'rinishda bеrilgan funksiyalarning grafiklari qaysi buyruqlar yordamida yasaladi? Ularning paramеtrlarini yozing plot va mesh buyrug'i nima maqsadda ishlatiladi? Bеrilgan tеngsizliklar sistеmasi orqali aniqlanadigan ikki o'lchovli soha qanday buyruq bilan yasaladi? Fazoviy sirtlar va egri chiziqlarning grafiklari qanday buyruq bilan yasaladi? bar3 va plot3 buyruqlarining imkoniyatlari haqida so'zlab bеring. FОYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR: Дьяконов В., Круглов В. MatLab. Анализ, идентификация и моделирование систем. Специальный справочник. -СПб.: Питер, 2002. Потёмкин В.Г. Введение в MatLab.- М.: «Диалог-МИФИ», 200, -350 с. Кетков Ю. Л. и др. MATLAB 7: программирование, численные методы. СПб.:БХВ-Петербург, 2005. ww.exponenta.ru, ww.matlab.ru ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 17:57:10
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
973.99 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 17:57 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
973.99 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: ppt