MATLAB tizimi va muhiti haqida asosiy tushunchalar Reja: MATLAB tizimining yaratilishi, qo'llanish sohalari va maqsadi. MATLAB dasturiy kompleksining asosiy tashkil etuvchilari. MATLAB tizimining interfeysi tavsifi. MATLAB tizimining yaratilishi, qo'llanish sohalari va maqsadi. MATLAB MATrix LABoratory - matritsali laboratoriya) dasturiy kompleksi Math Works Inc. firmasi mutaxasislari tomonidan yuqori darajali texnik hisoblarni dasturlash tili sifatida ishlab chiqilgan. MATLAB dasturiy kompleksi bu texnikaviy va iqtisodiy hisoblar uchun mo'ljallangan samaradorligi yuqori bo'lgan dasturlash tili. MATLAB orqali echilayotgan masalani dasturlashtirish, qiymatlarni hisoblash va natijalarni grafik (tasvir)da kuzatish mumkin. Bu yerda masala va uning yechimi matematik formaga yaqin bo'lgan ko'rinishda ifodalanadi va bu foydalanuvchini qo'shimcha dasturlashtirish ishlarini bajarishdan ozod qiladi. MATLAB tizimi orqali quyidagi masalalarni yechish mumkin: matritsali tahlil, signal va tasvirlarni qayta ishlash, matematika va fizika masalalari, optimallash masalasi, ma'lumotlarni qayta ishlash va kuzatish, blok-sxema ko'rinishida muhandislik dasturlash, moliyaviy va iqtisodiy masalalar, kartografik tasvirlar bilan ishlash va shu kabi boshqalar. Shundan kelib chiqib MATLAB dasturiy kompleksidan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: matematik hisob ishlarini bajarish; algoritmlar ishlab chiqish; modellashtirish; ma'lumotlarni tahlil qilish, tajriba o'tkazish va jarayonlarni vizuallashtirish; ilmiy va muhandislik masalalarni yechimini grafiklarini hosil qilish; qo'shimcha ilovalar yaratish va shu kabi boshqalar. MATLAB ning asosiy qulayliklaridan biri modifikatsiyalash imkoniyati mavjudligida. Bu esa fan texnika taraqqiyoti natijasida vujudga keluvchi yangidan-yangi masalalarni kengaytiruvchi paketlar yordamida kompyuterda yechish imkonini beradi. MATLAB dasturiy kompleksi o'nlab kengaytirma paketlardan iborat. Bu paketlar to'plami, yani ToolBox yordamida qurilma va tizimlarni oson modellashtirish mumkin. ToolBox bu MATLAB dasturiy kompleksining funksiyalar to'plami bo'lib, undan signallarni qayda ishlashda, nazorat tizimlari, neyron tarmoqlari, qatiy bo'lmagan mantiq(ne chyotkaya logika), modellashtirish va boshqa masalalarni yechishdan foydalaniladi. 2. MATLAB dasturiy kompleksining asosiy tashkil etuvchilari. MATLAB dasturiy kompleksi quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: MATLAB dasturiy kompleksi tili. Axborotlar oqimi, funksiyalar, ma'lumotlar strukturasi, kirish-chiqish signallarini boshqaradigan va obyektga mo'ljallangan dasturlashtirish tili xususiyatiga ega bo'lgan yuqori darajali matritsa va massivlar tili. MATLAB dasturiy kompleksi muhiti. Bu foydalanuvchi va dasturlovchi ishlashiga mo'ljallangan instrumentlar va moslamalar to'plami. Bu to'plam orqali MATLAB da o'zgaruvchilarni, kirish va chiqish ma'lumotlarini boshqarish va shuningdek M-fayllar (MATLAB muhitida tuzilgan dasturlar) va MATLAB ilovalarini yaratish, ularni kuzatish va moslashtirish amalga oshiriladi. Boshqariladigan grafika. MATLAB dasturiy kompleksining grafik tizimi ikki va uch o'lchamli ma'lumotlar orqali hosil qilingan grafiklarni namoyish etishga hamda tasvir, animatsiya va grafiklarni qayta ishlashga mo'ljallangan yuqori darajali buyruqlardan tashkil topgan. Shuningdek grafik tizim orqali hosil bo'lgan grafiklarning tashqi ko'rinishini qayta ishlash mumkin. Matematik funksiyalar kutubxonasi. Bu kutubxona summa, sinus, kosinus, kompleks arifmetika kabi elementar funksiyalardan tortib, matritsalar ustida amallar, funksiyani ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 17:57:10
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
112.07 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 17:57 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
112.07 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: doc