Matlab tizimida uch o'lchovli grafiklar qurish

Matlab tizimida uch o'lchovli grafiklar qurish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Matlab tizimida uch o'lchovli grafiklar qurish - rasmi

Material tavsifi

MATLAB tizimida uch o'lchovli grafiklar qurish Reja: 1.MATLAB da uch o'lchovli grafiklar. 2.MATLAB da maxsus grafiklar yaratish, funksiyalar grafiklari va sirtlarini yaratish. 1.MATLAB da uch o'lchovli grafiklar. MATLAB ning grafik imkoniyatlari haqida gapirganda (3-D) uch o'lchovli grafika haqida alohida gapirish lozim. Chunki, uch o'lchovli grafika ikki o'lchovli grafikaga nisbattan murakkabroqdir, lekin real masalalarda ko'proq qo'llaniladi. Aynan uch o'lchovli spetsifik bo'lgan buyruqlarni ko'rib chiqaylik. Plot3 - ikki o'lchovli grafikadagi plot buyrug'iga o'xshashdir. Uch o'lchovli fazoda chiziqlar va nuqtalarni chizadi. Koordinatalar x, u, z vektorlar bilan beriladi va bu vektorlar bir xil uzunlikka ega bo'lishlari zarur. Masalan, ushbu t=0:pi50:10*pi; plot3(sin(t), cos(t), t) axis square; grid on dastur cheliks figurasini chizadi. Mesh - bu buyruq uch o'lchovli «tor» ni chizadi; surf - bu buyruq ranglangan uch o'lchovli sirtni chizadi; fill3 - uch o'lchovli to'ldirilgan ko'pburchaklarni chizadi; Uch o'lchovli grafika buyruqlarini ishlatishga misol keltiramiz. Faraz qilaylik, z=f(x,y) ikki o'zgaruvchili funksiya grafigini yasash kerak bo'lsin. Bu shuni bajarishda birinchi qadam berilgan z=f(x,y) funksiyaning aniqlanish sohasida takrorlangan satrlar va ustunlardan tashkil topgan X va U matritsalarni yaratishdan iborat bo'ladi. Keyin bu matritsalarni hisoblash o'tkazish va funksiya grafigini chizishda ishlatish mumkin. Meshgrid funksiyasi ikkita x va u vektorlar bilan ko'rsatilgan sohani X va U matritsalarga aylantiradi. Keyin bu matritsalarni ikki o'zgaruvchili funksiyani hisoblashda ishlatish mumkin. X matritsa satrlari «x» vektor nusxalardir, U matritsa ustunlari esa «u» vektor nusxalardir. Meshgrid buyrug'idan foydalanishni namoyish etish maqsadida sin(r)r yoki sinc funksiyasini ko'rib chiqamiz. «x» uchun ham, «u» uchun ham bo'lgan [-8;8] sohada bu funksiya qiymatlarini hisoblash uchun Meshgrid funksiyasiga faqat bitta vektor - argumentni uzatish kerak va keyin bu vektor ikkala yo'nalishda ham ishlatiladi: (funksiyaning aniqlanish sohasi to'g'risida gap ketayapti, ) [x,y]= meshgrid (-8:.5:8); R=sqrt(x.^2+y.^2)+eps; R matritsasi koordinatalar boshi bo'lgan matritsa markazidan bo'lgan masofani saqlaydi. eps qiymatni qo'shishdan maqsad(kelgusi qadam) nolga bo'lishning oldini olishdir, Sinc funksiyaning shakllanishi va Z ning to'g'ri grafigini tuzish uch o'lchovli sirtga olib keladi: Z=sin(R).R; Mesh(Z) MATLAB da funksiyaning grafigini yuza qismini uch o'lchamda ifodalash uchun mesh va surface funksiyalaridan foydalaniladi. mesh fuksiyasi nuqtalarni rangli chiziqlar bilan bog'lab yuzani karkasini hosil qiladi. surface fuksiyasi bog'lovchi chiziqlar bilan birga yuzani o'zini ham aks ettiradi. Bu funksiyalarni qo'llanilishini misollarda ko'ramiz. Funksiyaning grafigini yuza qismini mesh funksiyasidan foydalanib uch o'lchamda ifodalash clc t=0:pi10:2*pi; [x,y,z]=cylinder(4*cos(t)); subplot(2,2,1); mesh(x); subplot(2,2,2); mesh(y); subplot(2,2,3); mesh(z); subplot(2,2,4); mesh(x,y,z); Dasturning natijasi 8-rasmda keltirilgan. 8-rasm. mesh fuksiyasidan foydalanib funksiyaning grafigini yuza qismini uch o'lchamda ifodalash Funksiyaning grafigini yuza qismini surface funksiyasidan foydalanib uch o'lchamda ifodalash clc t=0:pi10:2*pi; ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 146.86 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 146.86 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga