Matlab va uning asosiy elementlari

Matlab va uning asosiy elementlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Matlab va uning asosiy elementlari - rasmi

Material tavsifi

Matlab va uning asosiy elementlari Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun Eureka, Gauss, TK Solver!, Derive, Mathcad, Mathematica, Maple V va boshqa dasturiy tizimlar va dasturlarning to'plamlarini taklif qiladi. Ular orasida MATLAB imkoniyatlari va ma?suldorligi yu?oriligi bilan ajralib turadi. MATLAB vaqt sinovidan o'tgan matematik hisoblarni avtomatlashtirish tizimlaridan biridir. U matritsaviy amallarni qo'llashga asoslangan. Bu narsa tizimning nomi - MATrix LABoratory-matritsaviy laboratoriyada o'z aksini topgan. Matritsalar murakkab matematik hisoblarda, jumladan, chiziqli algebra masalalarini yechishda va dinamik tizimlar hamda obyektlarni modellashda keng qo'llaniladi. Ular dinamik tizimlar va obyektlarning holat tenglamalarini avtomatik ravishda tuzish va yechishning asosi bo'lib hisoblanadi. Bunga MATLABning kengaytmasi Simulink misol bo'lishi mumkin. Lekin hozirgi vaqtda MATLAB ixtisoslashtirilgan matritsaviy tizim chegaralaridan chi?ib universal integrallashgan kompyuterda modellash tizimiga aylandi. «Integrallashgan» so'zi bu tizimda qulay ifodalar va izohlar tahrirchisi, hisoblagich, grafik dasturiy protsessor va boshqalar o'zaro birlashtirilganligini bildiradi. Umuman olganda MATLAB matematikaning rivojlanishi davomida to'plangan matematik hisoblashlar bo'yicha tajribani o'zida mujassamlashtirgan va uni grafik vizuallash va animatsiya vositalari bilan uyg'unlashtirilgan. MATLAB tizimi ilova qilinadigan katta hajmdagi hujjatlar bilan birgalikda EHMni matematik ta'minlash bo'yicha ko'p tomli ma'lumotnoma (bildirgich, spravochnik) vazifasini bajarishi mumkin. Lekin ushbu hujjatlar hozirgi vaqtda faqat ingliz tilida va qisman yapon tilida mavjud. MATLAB tizimini Moler (S. V. Moler) ishlab chiqqan va 70-yillarda undan katta EHMlarda keng foydalanilgan. MathWorks Inc firmasining mutaxassisi Djon Litl (John Little) 80-yillarning boshlarida IBM PC, VAX va Macintosh klassidagi kompyuterlar uchun PC MATLAB tizimini tayyorlagan. Keyinchalik MATLAB tizimini kengaytirish uchun matematika, dasturlash va tabiiy fanlar bo'yicha jahondagi eng yirik ilmiy markazlar jalb qilingan. Hozirgi vaqtda tizimning eng yangi versiyasiyalari MATLAB-6 va MATLAB-7 mavjud. MATLAB tizimining vazifasi har xil turdagi masalalarni yechishda foydalanuvchilarni an'anaviy dasturlash tillariga nisbatan afzalliklarga ega bo'lgan va imkoniyatlari keng modellash vositalari bilan ta'minlashdir. MATLABning imkoniyatlari juda keng. Undan hisoblashlarni bajarish va modellash uchun fan va texnikaning har qanday sohasida foydalanish mumkin. MATLAB asosan quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi: matematik hisoblashlar; algoritmlarni yaratish; modellash; ma'lumotlarni tahlil qilish, tadqiq qilish va vizuallashtirish; ilmiy va injenerlik grafikasi; ilovalarni ishlab chiqish va boshqalar. Kuchli dasturlash vositalari Ko'plab matematik tizimlar foydalanuvchi dasturlash bilan amalda shug'ullanmasdan o'z masalalarini yechishi uchun mo'ljallab yaratilgan. Lekin bunday yo'nalish boshlanishidanoq o'z kamchiliklariga ega ekanligi, umuman olganda, xato ekanligi ravshan edi. Haqiqatdan ham, ko'plab masalalar algoritmlarni yozishni soddalashtiruvchi va algoritmlarni yaratishning yangi usullarini beruvchi rivojlangan dasturlash vositalarini talab qiladi. Bir tomondan, MATLAB ko'plab amaliy masalalarni yechish imkoniyatini beruvchi operatorlar va funksiyalarga ega. Ular yordamida ko'plab amaliy masalalarni yechish mumkin. Bunday masalalarni yechish uchun ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.14 MB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.14 MB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga