Matlabda dasturlash asoslari

Matlabda dasturlash asoslari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Matlabda dasturlash asoslari - rasmi

Material tavsifi

1 Mavzu: Matlabda dasturlash asoslari 2 MATLAB tizimida dasturlar matn formatidagi m-fayllardir. MATLAB tizimida dasturlash tili quyidagi vositalarga ega: har xil turdagi ma'lumotlar; konstantalar va o'zgaruvchilar; operatorlar (matematik ifodalarning operatorlarini ham o'z ichiga oladi); biriktirilgan komandalar va funksiyalar; foydalanuvchining funktsilari; boshqaruvchi strukturalar; sistema operatorlari va funksiyalari; dasturlash tilini kengaytirish vositalari. MATLAB tizimida dastur kodlari yuqori darajali tilda yoziladi va ushbu til tipik interpretator bo'lib hisoblanadi, yani dasturning har bir instruksiyasi darhol taniladi va bajariladi. Hamma instruksiyalarni, yani to'liq dasturni kompilyatsiya qilish etapi mavjud emas. MATLAB bajariluvchi dasturlarni yaratmaydi. Dasturlar faqat m-fayllar ko'rinishida mavjud bo'ladi. Dasturlarning ishlashi uchun MATLAB muhiti zurur. Lekin MATLABda yozilgan dasturlarni S va S++ dasturlash tillariga translyatsiya qiluvchi kompilyatorlar yaratilgan. Ular MATLAB muhitida tayyorlangan dasturlarni bajariluvchi dasturlarga aylantirish masalasini hal qilish imkoniyatini beradi. MATLAB tizimi uchun kompilyatorlar mustaqil dasturiy vositalardir. Shuni esda tutish kerakki, MATLABning hamma instruksiyalari ham kompilyatsiya bo'lavermaydi, yani kompilyatsiyadan oldin bunday dasturni qayta ishlash talab qilinadi. Kompilyatsiya qilingan dasturlarning bajarilish tezligi 10-15 martagacha ortishi mumkin. 4 ma'lumotlarning asosiy turlari Array va numeric turdagi ma'lumotlar virtual (go'yoki, bo'lib ko'rinadigan, zohiriy) bo'lib hisoblanadi, chunki ularga biror bir o'zgaruvchi mansub emas. Ular ma'lumotlarning ayrim turlarini aniqlash va jamlash uchun xizmat qiladi. Shunday qilib, MATLAB tizimida umumiy holda ko'p o'lchamli massiv bo'lgan ma'lumotlarning quyidagi turlari aniqlangan: single - oddiy aniqlikdagi sonli massivlar; double - ikkilangan aniqlikdagi sonli massivlar; char - simvol elementlarga ega bo'lgan satrli massivlar; sparse - sonli elementlari ikkilangan aniqlikka ega bo'lgan siyraklashgan matritsalar; sell - yacheykalarning massivlari; o'z navbatida yacheykalar ham massiv bo'lishi mumkin; struct - maydonli tarkiblar massivlari, ular ham o'z ichiga massivlarni olishlari mumkin; functionhandle - funksiyalarning deskriptorlari : int32, uint32 - 32-razryadli sonlarning massivlari; intl6,uint16 - 16-razryadli butun sonlarning massivlari; int8. uint8 - 8-razryadli butun sonlarning massivlari (sonlarning qiymatlari 0 dan 255 gacha bo'lishi mumkin). Bundan tashqari yana bir foydalanuvchi tomonidan aniqlanadigan ma'lumot turi (obyekt) - UserObject ko'zda tutilgan. MATLABda ma'lumotlarning hamma turlari massivlar bo'lib hisoblanadi. 5 Dasturlash turlari Dasturiy ta'minot bozorida MATLAB tizimi ilmiy-texnikaviy hisoblar uchun mo'ljallangan yuqori darajadagi dasturlash tili bo'lib hisoblanadi. Shunday qilib, dasturlash imkoniyatining mavjudligi ushbu tilning muhim afzalliklaridan biridir. Haqiqatan ham, murakkab masalalarni dasturlash va tizimning cheksiz kengayish imkoniyatlarining mavjudligi MATLAB tizimining universitetlar va ilmiy muassasalarda keng qo'lanilishiga sabab bo'ldi. 6 MATLAB tizimida dasturlashning quyidagi turlari mavjud: protseduraviy; operatorli; funksional; mantiqiy; tarkibiy (modulli); obyektga-yo'naltirilgan; vizual-yo'naltirilgan. MATLAB tarkibiy dasturlash mahsuldorligining yorqin namunasi bo'lib hisoblanadi. Uning ko'plab funksiya va komandalari tugallangan modullar bo'lib, ular orasida axborot almashish kirish parametrlari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.26 MB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.26 MB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga