Matlabning grafik imkoniyatlari

Matlabning grafik imkoniyatlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Matlabning grafik imkoniyatlari - rasmi

Material tavsifi

MATLAB ning grafik imkoniyatlari Reja: 1.MATLAB ning grafik imkoniyatlari. Ikki o'lchovli grafikaning eng sodda buyruqlari 2.Grafiklarni rasmiylashtirish va xususiyatlarini boshqarish. 3.MATLAB da uch o'lchovli grafiklar yaratish 4.MATLAB da maxsus grafiklar yaratish, funksiyalar grafiklari va sirtlarini yaratish. MATLAB ning grafik imkoniyatlari. Ikki o'lchovli grafikaning eng sodda buyruqlari. MATLAB turli koordinatalar tizimlarida grafiklar yasash imkoniyatiga ega: to'g'ri burchakli, sferik, silindrik koordinatalar tizimlarida koordinatalarni bir ko'rinishidan ikkinchi ko'rinishga o'zgartirish imkoniyati ham bor. Shuningdek, grafiklarni ikki o'lchovli, uch o'lchovli koordinatalar tizimlari yasash mumkin. U yoki bu koordinatalar tizimida grafiklar yasashning xususiyatlarini qurishdan oldin istalgan tizimda qo'llaniladigan bazi - bir umumiy grafik buyruqlarni keltiramiz: Plot(x,y) - dekart tekisligida x va u vektorlar grafiklarini yaratadi; Plot(y) - y - vektor elementlari nomerlari qarshisida u ning grafigini yaratadi; Esemilog x(x,y) - u qarshisida x logorifmining grafigini chizadi; Semilog y(x,y) - y logorifmi qarshisida x grafigini chizadi; Loglog(x,y) - u logorifmi qarshisida x logorifmi grafigini chizadi; Grid - grafikda turni chizadi; Title ('matn') - grafik yuqorisida sarlavha joylashtiradi; Xlabel ('matn') - grafikning x o'qi ostida matn yozadi; Ulabel ('matn') - grafikning u o'qidan chap tomonda matn yozadi; Text (x,y,'matn') - (x,u) nuqtasida matn yozadi; Text(x,y,'matn', 'sc') - chap pastki burchak (0,0) koordinatalarga, o'ng yuqori burchak (1,1) koordinatalarga ega degan farazda (x,u) nuqtada matn yozadi. Polar(theta, r) - r va theta vektorlarning qutb grafigini yaratadi, bu yerda theta radianlarda berilgan. Bar (x) - x vektorning gistogrammasini yaratadi. Bar (x,y) - sohalarni x vektori elementlariga muvofiq joylashtirib u vektor elementlari gistogrammasini yaratadi. MATLAB tizimida funksiyani grafigini qurish ancha qulay. Buning uchun MATLAB ning dasturlash tili sintaksisidan foydalanib yechimi aniqlanayotgan funksiyaning dasturi tuziladi va MATLAB ning birorta funksiyasidan foydalanib, masalan plot yordamida tanlangan funksiyaning grafigi quriladi. Funksiyaning grafigini o'zgarish jarayonini kuzatish ham mumkin. Buning uchun plot funksiyasining o'rniga comet funksiyasidan foydalaniladi. Grafikni traektoriyasini o'zgarish tezligini kamaytirish uchun argument qiymatini o'zgarish qadamini juda kichik olish kerak. MATLAB ning plot funksiyasi kirish parametrlariga bog'liq holda har xil formalarda bo'lishi mumkin. Masalan plot (y) funksiya y ning elementiga nisbatan grafik hosil qilsa, plot (x,y) funksiya y ning x ga bog'liqlik grafigini hosil qiladi. Masalan, funksiyaning oraliqdagi grafigini qurish uchun tenglama MATLAB ning dasturlash tilida yozib olinadi va dastur MATLAB dasturi ekranining Command Window qismiga kiritiladi. Bu quyidagi ketma - ketlikda bajariladi. Argument qiymatining quyi chegarasi, o'zgarish qadami va yuqori chegarasi beriladi: t = [0:pi100:2*pi]; 2. Funksiyaning qiymatini hisoblash formulasi kiritiladi: y = sin(t); Grafikni qurish uchun plot funksiyasidan foydalaniladi, yani plot ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 111.7 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 111.7 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga