Matlabning tarkibiy komponentlari. Simulink

Matlabning tarkibiy komponentlari. Simulink

O'quvchilarga / Informatika va AT
Matlabning tarkibiy komponentlari. Simulink - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Matlab'ning tarkibiy komponentlari. Simulink Simulink - dinamik sistemalarni modellashtirish, imitatsiya va tahlil qilish uchun interaktiv vositadir. U grafik blok-diagrammalarni qurish dinamik tizimlarni imitatsiya qilish, tizimlarning ishlashini tekshirish va loyihalarni mukammallashtirish imkoniyatlarini beradi. Simulink MATLAB bilan to'la integrallashgan. Hozirgi vaqtda MATLABning yangi versiyasi MATLAB 6.5 (Release 13) va Simulink 5 keng ishlatilmoqda. MATLAB 6.5 dasturlarni tez bajarishni taminlovchi LT kompilyatorga ega. Shu sababli MATLAB 6.5 texnik hisoblashlar sohasida S dasturlash tilida kodlash bilan raqobatlashishi mumkin. Yangi versiyaning diqqatga sazovor tomonlaridan biri m-fayllar mahsuldorligining (effektivligining) avvalgi versiyalardagiga nisbatan yuqoriligidir. Simulink ni ishga tushirish MATLAB dasturining asosiy oynasi ochilgandan keyin (11.1-rasm) Simulink dasturini quyidagi uchta usulning biri yordamida ishga tushurish mumkin: Simulink tugmasini bosish; MATLABning bosh oynasidagi buyruq satrida Simulink so'zini terib klaviaturadagi klavishasini bosish; File menyusida Open buyrug'ini bajarish va modelning faylini (mdl-fayl) ochish. Simulink bo'limlari Simulink bibliotekasida quyidagi asosiy bo'limlar mavjud: Continuous - chiziqli bloklar; Discrete - diskret bloklar: Functions Tables - funksiyalar va jadvallar; Math - matematik amallar bloklari; Nonlinear - chiziqli bo'lmagan bloklar; Signals Systems - signallar va tizimlar; Sinks - registratsiya qiluvchi qurilmalar; Sources -signallar va ta'sirlar manbalari; Subsystems - ost tizimlar bloklari; Model oynasi Model oynasi Microsoft Offise uchun odatiy shaklga ega bo'lib quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi (rasm): Sarlavha (oynaning nomi bilan). Yangi yaratilgan oynaga mos tartib raqamga ega bo'lgan Untitled nomi beriladi; File, Edit, View va boshqa buyruqlarga ega bo'lgan menyu; Asboblar paneli; Model sxemasini yig'ish uchun oyna; Modelning joriy holatini aks ettiruvchi holat satri. Oynaning menyusi modelni tahrirlash, sozlash, hisoblash jarayonini boshqarish, fayllar bilan ishlash va boshqalar uchun buyruqlarga ega: File (Fayl) - modelning fayllari bilan ishlash; Edit (Tahrirlash) - modelni o'zgartirish va bloklarni izlash; View (Ko'rinish) - interfeys elementlarini ko'rsatishni boshqarish; Simulation (Modellash) -- modellash va hisoblash jarayonini boshqarish sozlanmalari(parametrlari)ni berish. Format (Formatlash) - bloklar va modelning tashqi ko'rinishini o'zgartirish; Tools (Asboblar vositalari) - model bilan ishlash uchun maxsus vositalarni qo'llash (sozlagich, chiziqli tahlil va boshqalar); Helr (Yordam) - Yordam tizimining oynasini chaqirish; Asboblar paneli tugmalarining vazifalari: New Model - Modelning yangi (bo'sh) oynasini ; Oren Model - Mavjud mdl-faylni ochish; Save Model - Diskda mdl-faylni saqlash; Rrint Model - Modelning blok-diagrammalarini bosmaga chiqarish; Cut - Modelning belgilangan qismini qirqib oraliq saqlash buferiga olish; Soru - Modelning belgilangan qismining nusxasini oraliq saqlash buferiga olish; Raste -- oraliq saqlash buferida saqlangan informatsiyani model oynasiga qo'yish. Undo - Oldingi tahrirlash amalini bekor qilish. Redo - Bekor qilingan tahrirlash amalining natijasini tiklash. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.34 MB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.34 MB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga