Matn muharirlari bilan ishlash

Matn muharirlari bilan ishlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Matn muharirlari bilan ishlash - rasmi

Material tavsifi

Reja: Matn muharrirlari WD matn muharriri. Leksikon matn muharriri WORD matn muharirida ishlash. 1.Matn muharrirlari Axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan biri yozuv hisoblanadi. Qadimgi odamlar yashagan g'orlar devorlaridagi rasm va yozuvlar buning yaqqol isbotidir. Yozuv texnologiyasi asrlar davomida deyarli o'zgarmadi. Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi. Avval toshlarga o'yib yozilgan bo'lsa, keyinchalik turli bo'yoqlar yordamida yozildi. hayvon terilariga ishlov berish natijasida toshlarga emas, teriga yozish yo'lga qo'yildi. Qog'oz ishlab chiqarilishi bilan yozish yanada qulaylashdi. Shu bilan birga yozuv quroli xam takomillashib bordi. Yozish uchun toshlar, turli mo'yqalam, qamish-perolar, g'oz patlaridan foydalanildi. Patlar o'rnini peroli ruchkalar, ularni avtoruchkalar, avtoruchkalar o'rnini esa yozuv mashinkalari egalladi. Lekin asosiy jarayon - matnga o'zgartirish kerak bo'lsa uni qaytadan yozish zarurligi o'zgarmadi. Bu juda ko'p kuch va mehnat talab qiladi. Kompyuterlar matn yozish texnologiyasini tubdan o'zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog'ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga mo'ljallangan ko'plab dasturlar yaratildi. Bu dasturlar asosan ikki turga bo'linadi: matn muharrirlari va matn protsessorlari. Ularning asosiy farqi kompyuterga kiritilgan matnning ko'rinishiga bog'liq. Matn muharriri kompyuterda eng ko'p ishlatiladigan dasturlar qatoriga kiradi. Ixtiyoriy rusumli kompyuterlar uchun matn muharrirlari yaratilgan. Xatto bir rusumli kompyuter uchun yaratilgan o'nlab matn muharrirlarini ko'rsatish mumkin. Masalan, Pravets kompyuterlarida RED, Volna, Punktir, IBM kompyuterlarida WD, Foton, Leksikon va xokazo. Deyarli barcha matn muharrirlari quyidagi asasiy vazifalarni bajaradi:  ma'lumotlarni kiritish;  xatolarni tuzatish;  belgilar, so'zlar, satrlar, abzatslar o'rnini almashtirish yoki o'chirib tashlash;  matnni biror qolipga solish, ya'ni chap va o'ng tomonlarini to'g'rilash, satrlar orasidagi masofani o'zgartirish;  matnni diskda saqlash;  matnni diskdan o'qish;  chop etish. Matn muharrirlarida asosan matnning mazmuniga etibor beriladi. Ularda matnning ekrandagi va qog'ozdagi ko'rinishi (bezagi) unchalik ahamiyatga ega bo'lmaydi. Matn muharrirlari yordamida matn fayllari hosil qilinadi. Unda faqat kiritilgan matn belgilarining kodlari saqlanadi. Shuning uchun bir matn muharririda hosil qilingan matnni boshqa matn muharririda qiyinchiliksiz qayta ishlash mumkin bo'ladi Matn protsessorlari matnning faqat mazmuni emas, balki tashqi ko'rinishi xam katta ahamiyatga ega bo'lganda qo'llaniladi. Matn protsessorlari matnning tashqi ko'rinishiga ta'sir etish imkoniyatiga ega. Masalan, matnga turli rasm va jadvallar joylashtirish, belgilarning o'lchami, rangi va ko'rinishlarini o'zgartirish va xokazo. Matn protsessorlari odatda rasmiy hujjatlar tayyorlashda ko'p qo'llaniladi. Matn protsessori yordamida tayyorlangan matn hujjat deb yuritiladi. Matn protsessori yordamida hosil qilingan hujjat faqatgina matn emas, balki uning tashqi ko'rinishi haqidagi (shrift turi, o'lchami, rangi va xokazo) axborotni xam o'zida saqlaydi. Bu-lar maxsus kodlar bo'lib, ekranda ham, qog'ozda ham ko'rinmaydi. Turli matn portsessorlarida matnni bezatish uchun turli kodlar qo'llaniladi. Bunday ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 242.8 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 242.8 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga