Matn muharrirlari va ular bilan ishlash Reja: Matn muharrirlari haqida umumiy tushunchalar va ularning asosiy turlari. Matn muharrirlarida ishlash va matnlarga o'zgartirishlar kiritish Nashriyot sistemalari, ularning turlari va ishlatilishi. Matn muharrirlari haqida umumiy tushunchalar va ularning asosiy turlari. Matn muharrirlari nima va ular qanday ishlarni bajarishga imkon beradilar? Nega ularning bir qancha turlari mavjud va ular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? Zamonaviy matn muharrirlaridan qanday ishlarni bajarish talab qilinishi mumkin? Bu muammolarni bilish va to'g'ri xal qilish matn muharrirlarini to'g'ri tanlash hamda ishlatish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Chunki sizning nima ish bilan mashg'ulligingiz tegishli matn muharriri tanlashni taqozo qiladi. Matnlarni taxrir qilish bo'yicha umumiy ma'lumotlar. Xar bir kompyuterdan foydalanuvchida u yoki bu hujjatlarni xat, maqola, xizmat hujjatlari, hisobotlar, reklama materiallarini tayyorlash ehtiyoji tug'ilishi mumkin. Albatta bu hujjatlarni kompyuter yordamisiz ham tayyorlash mumkin. Lekin xususiy kompyuterlar paydo bo'lishi bilan ular yordamida hujjatlarni tayyorlash soddalashdi. hujjatlarni tayyorlash uchun kompyuterni ishlatganda kiritish yoki tuzatish kerak bo'lgan hujjat matni ekranda hosil bo'ladi va foydalanuvchi dialog rejimida unga o'zgartishlar kiritishi mumkin. Hamma o'zgartishlar kompyuter ekranida darhol ko'rinadi va keyin matnni qog'ozga bosib chiqarganda foydalanuvchi kiritgan o'zgartishlar hisobga olingan holda chiroyli ko'rinishli matn hosil bo'ladi. Foydalanuvchiga bir qancha qulayliklar tug'iladi. Masalan, hujjatning tayyor bir qismini boshqa joyga ko'chirib o'tkazish, matnning malum bir qismini ajratib ko'rsatish uchun turli shriftlardan foydalanish, tayyor hujjatni keraklicha nusxada bosib chiqarish va xokazo. Matnlarni kompyuterda tayyorlashning qulayligi va samaradorligi hujjatlarni qayta ishlashga mo'ljallangan bir qancha programmalarning yaratilishiga sabab bo'ladi. Bunday programmalar matn muharriri deb ataladi (Word Processors). Bu programmalarning imkoniyati turlicha, yani sodda tuzilishli kichik hujjatlarni tayyorlashga mo'ljallangan programmalardan tortib, kitob va jurnallarni to'liq nashrga tayyorlashga mo'ljallangan programmalargacha mavjud. Matn muharrirlarida ishlash va matnlarga o'zgartirishlar kiritish Matn muharrirlarida qanday ishlarni amalga oshirish mumkin, qanday qilib tayyor matnlarga kerakli o'zgartirishlarni kiritish va uni taxrirlash mumkin? Matnda xatolarga yo'l qo'yilsa, matn muharriri uni tuzatishga imkon beradimi? Grammatik, orfografik va stilistik xatolar qanday qilib matn muharriri orqali tuzatilishi mumkin? Matn muharrirlari bir tildan boshqasiga tarjima qilishga imkon beradimi? Rasm chizish, matnga qo'shimcha elementlar qo'shish va jadval hamda rasmlar qo'yish matn muharriri orqali amalga oshirila olinadimi? Ushbu muammo va savollar haqida yaxshilab fikrlang va topganlaringizni boshqalar bilan bo'lishing. So'ngra materialning qolgan qismiga h tishingiz mumkin. Hozirgi paytda keng tarqalgan matn muxdrrirlaridan WINWORDni ishlatishni ko'rib chiqamiz. WINWORD muharririni ishga tushirish tartibi va uning asosiy elementlari bilan tanishib chiqamiz. Buning uchun WINDOWSni ishga tushirish uchun win deb yozib va ENTER tugmasini bosamiz. Program manager piktogramasida sichqonchani ikki ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 17:57:10
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.09 KB
Ko'rishlar soni
163 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 17:57 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.09 KB
Ko'rishlar soni
163 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: doc