Matn muharrirlari - rasmi

Material tavsifi

Matn muharrirlari 6-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani asosida 1-mavzu Yozuv tarixidan Tarixdan ma'lumki, axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan biri yozuv hisoblanadi. Qadimgi odamlar yashagan g'orlar devorlaridagi rasm va yozuv buning yaqqol isbotidir. Tosh devor Toshlar Terilar Papirus Yozuv san'ati asrlar davomida deyarli o'zgarmadi. Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi. Qog'oz va pat Qog'oz va pero Qog'oz va ruchka Qog'oz va mashinka Matn muharrirlari haqida ma'lumot Kompyuterlar ishlab chiqilishi va rivojlanishi yozuv san'atini tubdan o'zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog'ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga yo'naltirilgan ko'plab dasturlar ishlab chiqildi. Bu dasturlar, asosan, ikki turga bo'linadi: Har xil rusumdagi kompyuterlar uchun turli matn muharrirlari ishlab chiqilgan. Masalan, Windows operatsion sistemasining tarkibiga kiritilgan Блокнот, WordPad va hokazo. Bir rusumli kompyuter uchun o'nlab matn muharrirlari ishlab chiqilgan. Блокнот, Word- Pad matn muharrirlari siz 5-sinfda o'rgangan Paint yoki Калькулятор dasturlari kabi ishga tushiriladi. Nomi yoki interfeysi turlicha bo'lgani bilan matn muharrirlarida ishlash jarayoni deyarli farq qilmaydi. Matn muharrirlarining asosiy elementlari bo'lgan ish sohasi, yurgich va menyu quyidagi rasmda ko'rsatilgan. Ish sohasi. Matn muharriri «ish sohasi» deb ataladigan maxsus joy ajratadi. Ish sohasi matn yozish uchun sahifa vazifasini bajaradi. Kiritilayotgan matn ish sohasida aks etib boradi. Yurgich. Klaviaturadan kiritilayotgan belgi ish sohasining qayerida aks etishini ko'rsatib turadi. Yurgich, odatda, gorizontal yoki vertical chiziqcha ko'rinishida bo'ladi. Menyu satri. Maxsus buyruqlar va amallar majmuyi menyu deb ataladi. Ular yordamida matnlarni xotiradan o'qish, xotiraga yozish, chop etish kabi ishlar amalga oshiriladi. Matn muharrirlari, asosan, menyusi bilan bir-biridan farqlanadi. Ular qancha ko'p bo'lsa, matn muharrirlarining imkoniyatlari shuncha yuqori bo'ladi. Menyudagi buyruq va amallar matn muharrirlarining imkoniyatlarini belgilaydi. Barcha matn muharrirlari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 1. Matn yozish uchun yangi fayl hosil qilish 2. Matnni xotiradan o'qish 3. Matnni xotirada saqlash (boshqa nomda, boshqa papkada) saqlash 4. Matnni bosib chiqarish 5. Matnni tahrirlash (belgilar, so'zlar, satrlar, abzaslar o'rnini almashtirish yoki o'chirish) Shriftlarni farqlantiruvchi xususiyatlariga quyidagilarni misol qilish mumkin. Shriftga oid bu xususiyatlar Format (Формат) menyusining Shrift (Шрифт) bo'limidan tanlanadi. Savol va topshiriqlar 1. Matn yozish tarixi haqida qisqa ma'lumot bering. 2. Блокнот dasturini ishga tushiring va interfeysi haqida qisqa ma'lumot yozing. 3. Matn muharrirlarining asosiy vazifalarini aytib bering. 4. Matn muharrirlarining asosiy elementlarini ayting. 5. Windows ish stoli bilan Блокнот ish sohasi nimasi bilan farqlanadi? 6. Matn muharrirlari va matn protsessorlari imkoniyatlari nimasi bilan farqlanadi? 7. Matn muharrirlarida menyu qanday vazifalarni bajaradi? 8. Блокнот matn muharririning Файл menyusi buyruqlarining vazifasini izohlang. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.53 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.53 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga