Matnlarni bezash (HTML)

Matnlarni bezash (HTML)

O'quvchilarga / Informatika va AT
Matnlarni bezash (HTML) - rasmi

Material tavsifi

Matnlarni bezash ( HTML ) Reja: 1. Ranglar va o'lchov birliklari 2. Matnlarni bezash 3. Font tegi 1. Ranglar va o'lchov birliklari. HTML hujjatining kodida biz hamisha biror bir bezak obyektlarining o'lchamlarini yoki ularning ranglari xususiyatlarini ko'rsatishimizga to'g'ri keladi. HTML tilida rang va o'lchov birliklarini qo'llashning standart qoidasi mavjud. Rang berishning ikkita usuli mavjud. Ko'p qo'llaniladigan usul kerak rangning RGB kodini ko'rsatishdir. Malumki har qanday rangni uchta asosiy: qizil, yashil va ko'k ranglarning qorishmasidan hosil qilish mumkin. Brauzerlar bizga un olti milliondan ortiq rangni tasvirlash imkonyatini beradi, chunki asosiy 3 ta rangdan har birining qiymati 0 dan 255 gacha qiymat qabul qiladi. Ixtiyoriy rang har biri asosiy ranglarning ulushini ifodalovchi 3 ta son majmuasidan iborat bo'ladi. HTML tilida rang qulaylik uchun 16 lik sistemadagi 6 ta raqamlardan tashkil topadi. Masalan: Color = #FF00 16 lik raqamlar oldida # belgisi qo'yiladi. Rang ulushlarini ko'rsatib turuvchi raqamlar tartibiga etibor berish kerak. Chunki birinchi qizil, ikkinchi yashil va uchinchi ko'k rang ulushlari joylashadi. Biz yuqoridagi misolda qizil rangni tasvirldik. Rang o'rnatishning muqobil varianti ham mavjud. Quyidagi jadvalda eng ko'p ishlatiladigan 16 ta rang uchun o'rnatilgan qiymatlar ko'rsatilgan: Jadval 1.2. Bu jadval qiymatlariga asosan qizil rangni quyidagicha tasvirlashimiz ham mumkin: Color = red Endi uzunlik o'lchov birliklarini qo'llashni ko'ramiz. Biz Web sahifadagi obek o'lchamlarini ikki xil usulda berishimiz mumkin. Birinchi usul o'lchamlar piksellarda beriladi, ikkinchi usul o'zak obyektga nisbatan protsentlarda beriladi. Agar biz Web sahifaga jadval joylashtirib uning enini 50% deb ko'rsatsak u holda bu 50% brauzer oynasi enining 50% ini tashkil etadi. Jadval yacheykasining o'lchami esa shu yacheyka joylashgan butun jadval o'lchamiga nisbatan % da hisobida olinadi. Foydalanuvchi tomonidan brauzer oyna o'lchamlari o'zgartirilsa o'nga mos ravishda Web sahifa parametrlari ham o'zgaradi. Web sahifa yaratayotganda brauzer oynasi o'lchami o'zgarganda Web sahifa parametrlari o'zgarmaydigan usulda yaratish kerak. Agar biz biror bir obyektning enini 30 piksel o'lchamida o'rnatmokchi bo'lsak, uning yozilishi quyidagicha bo'ladi: Width = 30 Agar obyekt eni o'zak obyektning 30% ini tashkil qilishi kerak bo'lsa yozuv quyidagicha bo'ladi: Width = 30% Parametr qiymatlari qo'shtirnoq ichiga olinishini etiborga olish zarur. Yuqorida ko'rilgan ikki xil usuldan tashqari obyekt o'lchamini berishning uchunchi bir usuli ham mavjud. Bu usulni yuqoridagi ikki usulning o'rtachasi deb hisoblasak ham bo'ladi. Bunda biz o'lchamlarni bir necha piksel soniga karrali qilib ko'rsatishimiz mumkin. Masalan bizga 3 ta satrdan iborat jadval berilgan bo'lsin. Agar har bir satr balandligi 30 pikselga karrali bo'lishini hoxlasak har bir satrni hosil qiluvchi tegga quyidagi yozuvni yozishimiz lozim: height=3* ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 209.1 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 209.1 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga