Matnli axborotlar ustida ishlash dasturlari Reja: Microsoft Word dasturi va uni ishga tushirish Uskunalar panellari Matnni kiritish Matnni xotiraga yozish va faylni ochish Makros yaratish va ulardan foydalanish. Microsoft Word dasturi va uni ishga tushirish Matnlar bilan ishlash uchun matn protsessorlaridan (yoki muharrirlaridan) foydalaniladi. Hozirgi paytda ko'plab matn protsessorlari ishlab chiqilgan. Umuman ularning vazifasi bitta, ammo beradigan imkoniyatlari va ularni amalga oshirish vositalari turlicha. Windows tizimi bilan ishlaydigan matn muharrirlari orasidan eng ko'p tarqalgan vosita sifatida Word muharririni ko'rsatish mumkin. Ulardan foydalanish texnologiyasi WIMP - interfeysga asoslangan bo'lib, Word tipidagi muharrirlarning imkoniyatlari katta va uni qandaydir ma'noda kichik nashriyot tizimi sifatida qarash mumkin. Microsoft Word - MS Office paketi tarkibiga kiruvchi universal matn muharriri bo'lib, unda matnlarni kiritish, ular bilan ishlash uchun qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Bu matn muharririda o'zidan oldingi matn muharrirlarida yaratilgan matnlarni import qilish imkoni berilishi bilan bir qatorda o'zida yaratilgan mantlarni MS Office dasturiy mahsulotining boshqa muharrirlariga, Web sahifa ko'rinishida va boshqa ko'rinishlarda eksport qilish imkoni mavjud. Matnlarni tayyorlashda qulayliklari juda katta bo'lgan zamonaviy dasturlardan biri - Microsoft Word da tayyorlanadigan matnda rasm, formula, grafiklar, ovoz yozilgan fayllar, video-klipplarni joylashtirish imkoni mavjud. Odatda Microsoft Word dasturini ishga tushirish uchun Windowsning «Pusk» tugmasi bosiladi, menyuning «Programmi » bandidan Microsoft Word nomli qismi yuklatiladi. Bundan tashqari quyidagi usullar bilan ham Microsoft Word dasturini yuklash mumkin: MS Office paneli orqali (agar ushbu panel ekranda mavjud bo'lsa, Microsoft Wordga - ga sichqonchaning chap tugmasini bosish yordamida); Windows ishchi oynasida joylashgan Microsoft Word dasturining buyrug'i orqali (sichqoncha ko'rsatkichini piktogramma ustiga keltirilib, uning chap tugmasi ikki marta bosiladi); ―Zapusk programmi‖ oynasi yordamida (bosh menyuda ―Vipolnit'…‖ buyrug'i tanlanadi va ochilgan oynada fayl nomi- Winword.exe kiritiladi, OK tugmasi bosiladi.) 1-rasm. ―Zapusk programmi‖ oynasini ochish jarayoni. Microsoft Word protsessori ishga tushganda ekranda hujjatning bo'sh varag'iga ega bo'lgan ishchi oynasi namoyon bo'ladi. YAngi ilk hujjat «Dokument 1» deb nomlanadi va foydalanuvchiga havola etadi. 2-rasm. Microsoft Word dasturi ishchi oynasi. MS Office paketiga kiruvchi barcha amaliy dasturlardagi kabi Microsoft Word dasturida ham tizimli menyular to'plami mavjud bo'lib, u oltita buyruqni bajaradi: 3-rasm. Tizimli menyular to'plami Asosiy menyu qatoriga quyidagilar kiradi: Fayl, Pravka, Vid, Vstavka, Format, Servis, Tablitsa, Okno, Spravka. Fayl menyusida hujjat bilan ishlash buyruqlari mujassamlashgan bo'lib ular orqali hujjat yaratish (Sozdat'), saqlangan hujjatni ochish (Otkrit'), joriy hujjatni yopish(Zakrit'), hujjatni saqlash(Soxranit'), boshqa nom bilan saqlash(Soxranit' kak…), internet sahifasi shaklida saqlash(Soxranit' kak web-stranitsu), hujjatlarni mazmuni bo'yicha qidirish(Nayti), bir faylning o'zida bir necha hujjatni (o'zgartirish kiritilish vaqtiga ko'ra) saqlash ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 17:57:10
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.6 MB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 17:57 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.6 MB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: docx