Matnli hujjatlarni tashkil etish va taxrirlash Reja: Ishlashning umumiy texnologiyasi. Word matn protsessorining imkoniyatlari. Interfeysning tuzilishi. Ishlashning umumiy texnologiyasi. Matnli ma'lumotlarning taxrirlash, grafik va jadval ma'lumotlarining qayta ishlash eng keng tarqalgan kompyuter texnologiyalaridandir. Matnlar bilan ishlash uchun matn protsessorlaridan foydalaniladi. hozirgi kunga qadar bir nechta matn muharrirlari ishlab chiqilgan bo'lib, ularning vazifalari bir xil, lekin ularning imkoniyatlari va realizatsiya qilish vositalari turlicha. Vindovsning matn protsessorlari orasida eng keng tarqalgani Write va Word lardir. Word protsessorining imkoniyatlari keng bo'lib, uni stol nashriyot tizimi sifatida ko'rish mumkin. Word protsessori bilan ishlashning umumiy texnologiyasi 1-rasmda keltirilgan: 1-rasm. Word protsessori bilan ishlashning umumiy texnologiyasi. Word matn protsessorining asosiy imkoniyatlari quyidagilardan iborat: Maxsus shablonlar yordamida yangi hujjat yaratish imkoniyati (protsessorga standart xatlar, tabriknomalar, hisobotlar, fakslar va bir qator boshqa ofis hujjatlarining shablonlari joylashtirilgan). Bir vaqtni o'zida bir qancha hujjatlar bilan ishlash imkoniyati. hujjat kiritilayotganda uning orfografiyasi, grammatikasi va hattoki tushilish jihatlarini avtomatik tekshirish. Ko'p uchraydigan xatolarni avtomatik korreksiya qilish. hujjatni formatlashdagi keng imkoniyatlar. hujjatni tez formatlashda stillardan foydalanish. Matnning standart va ko'p qaytariladigan qismlarini avtomatlashtirish imkoniyati. Kolontitullar bilan ishlashdagi qulay usullar. Matnga MO ning boshqa dasturlarida yaratilgan, yani grafik tasvirlar, elektron hujjatlar, ovozlar, videotasvirlarni kiritish imkoniyati. Sodda elektron jadvallar va Internetning gipermatnli hujjatlarini tayyorlash ikoniyati. Matematik formulalar bilan ishlash imkoniyati. hujjatning mundarijasini avtomatik yaratish imkoniyati. Tayyor bo'lgan hujjatni Word dasturidan faks va elektron pochta orqali jo'natish imkoniyati. Katta xajmdagi yordam ko'rsatuvchi tizim. Interfeysning tuzilishi. Word oynasi. Interfeys tuzilishi quyidagi elementlardan tashkil topgan: Sarlavha satri. Menyu satri. Standart uskunalar paneli Formatlash uskunalari paneli Vertikal va gorizontal chizg'ichlar O'tkazgichlar Ishchi maydon Holat satri Menyu satri quyidagi bo'limlardan iborat: Fayl Pravka Vid Vstavka Format Servis Tablitsa Okno Spravka «Fayl» Menyusi «Fayl» menyusida tayyor hujjatlar bilan ishlash uchun asosiy buyruqlar joylashgan: Yangi hujjat yaratish, bor bo'lgan hujjatni ochish yoki yopish, chop etishdan avval hujjatni ko'rish. Ushbu menyuda sahifa parametrlarini o'rnatish mumkin. Menyu bo'limlarining pastki qismida oxirigi vaqtda ishlangan hujjatlar ro'yxati keltiriladi. «Pravka» Menyusi Bu menyu punktlari yordamida hujjat yaratilayotgan vaqtdagi so'nggi bajarilgan jarayonlarni bekor qilish mumkin. Word barcha bajarilgan jarayonlarni eslab qolish, qaytarish va bekor qilish imkoniga ega. Ushbu menyuda matn qimlari bilan jarayon bajarish buyruqlari ham bor. Matnda so'zlarni yoki so'z birikmalarini qidirish va so'zlar, so'z birikmalarini va matn parametlarini o'zgartirish instrumenti mavjud. «Vid» Menyusi Bu menyu yordamida hujjat ko'rinishining istalgan parametrini va umuman Word oynasining ko'rinishini o'zgartirish mumkin. Word interfeysining istalgan elementini qo'shishi yoki olib tashlash mumkin. Bu yerda kolontitullarni tanlash, yani har bir sahifaning yuqori yoki ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 17:57:10
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.43 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 17:57 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.43 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:08 ]
Arxiv ichida: doc