Matnli tahrirlagichlar Reja: Matnli tahrirlagichlar va ularning turlari haqida ma'lumot. 2. Leksikon tahrirlagichi imkoniyatlari . 3. Leksikon da matn bilan ishlash. 4. Microsoft Word redaktori,uning ekrani, hujjatlari va boshqa elementlari. 5. Microsoft Word da fayllar, simvollar va jadvallar bilan ishlash. Matnli tahrirlagichlar va ularning turlari haqida ma'lumot. Shaxsiy kompyuterning har bir foydalanuvchisida turli hujjat va matnlarni tayyorlash zaruriyati tug'iladi. Shaxsiy kompyuterlarning bu ishga jalb qilinishi foydalanuvchi uchun ko'pgina qulayliklar yaratadi va hujjatlarning sifatini oshiradi. Foydalanuvchi hujjatni kiritib, xohlagancha uni ekranda o'zgartirib, maketini hosil hiladi. Printer bu maketning chiroyli, sifatli nusxasini qog'ozga ko'chirib beradi. Bu qulayliklarni matn tahrirlagichlari deb ataluvchi maxsus programmalar beradi. Bu programmalar imkoniyatlariga qarab, quyidagi turlarga bo'linadi: - Matn tahrirlagichlari - Hujjat tahrirlagichlari - Matbuot sistemalari Matn tahrirlagichlari programma matnlarini kiritish, o'zgartirish, ko'chirish, nusxasini qog'ozga ko'chirish kabi imkoniyatlarga ega. Ular programmalash sistemalari tarkibida bo'ladi. Bunga Turbo C, Turbo Pascal kabilar misol bo'la oladi. hujjat taxrirlagichlari hujjatlarni tahrirlash,turli shriftlardan foydalanish, satrlar orasidagi intervalni o'rnatish, sahifalash, formulalarni yozish, jadval, diagrammalarni tashkil qilish va hokazo imkoniyatlarga ega. Bu tahrirlagichlarga Leksikon Chiwriter, WD, Microsoft Word va hoka'zolar misol bo'la oladi. Matbuot sistemalari asosida jurnallar, kitoblar, turli prospektlarning yuqori sifatli maketlarini tayyorlash mumkin. Ayniqsa, matbuot sistemalari nashriyotchilar mehnatini mashaqqatli, zararli jarayonlaridan xolos qilish bilan birga nashriyot mahsulotlari sifatini oshiradi. Kichik hajmdagi nashr materiallari uchun Aldus Page Maker sistimasidan, katta materiallar (kitob va jurnallar) uchun Corol Ventura sistemalaridan foydalanish qulayroq. Biz Respublikamizda keng tarqalgan ruscha va lotincha matnlar bilan ishlaydigan, o'rganishi murakkab bo'lmagan Leksikon 1.3 tahrirlagichi bilan yaqqolrok tanishamiz. Hozirgi kunda Leksikon - O'zbekiston tahrirlagichi-o'zbekcha matnlar bilan ham ishlash imkoniga ega bo'lgan programma ham keng tarqalgan. Leksikon tahrirlagichi imkoniyatlari. Leksikon tahrirlagichi turli matn va hujjatlarni tayyorlashda keng foydalaniladi. Leksikon tahrirlagichi quyidagi imkoniyatlarga ega: 1) Matnni kiritish va tahrirlash 2) Matnni sahifalash, printerlarda chop etish 3) Abzats va matnni formatlash 4) Matn qismlarini ko'chirish, belgilangan qismni formatlash, o'chirish yoki shriftini o'zgartirish 5) Bir paytnng o'zida bir nechta matnlar bilan ishlash 6) So'zlarni qidirish va almashtirish 7) Matn mundarijasini tuzish 8) Jadvallarni shakllantirish 9) Matn imlosini tekshirish 10) Chop etish natijasini ekranda ko'rish 11) Matnni xotiraga yozib qo'yish Leksikon tahrirlagichi doirasiga kirish uchun lexicon.exe programmasini ishga tushirish kerak yoki DOS ning komandalar satrida lexicon teriladi. Natijada ekranda tahrirlagich doirasi tasviri hosil b2ladi. Bunda, birinchi 2 satr asosiy menyu satri va 3-satr holat satri hisoblanadi. Ekranning asosiy qismini shu maydoni egallaydi.Unda tahrirlanayotgan matn joylashadi. Holat satri quyidagilarni ifodalovchi qismlardan iborat: DOK eki TYeKST - hujjat yoki matn ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 17:57:10
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
96.74 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 17:57 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
96.74 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:08 ]
Arxiv ichida: doc