Matnli va grafik chop qilish

Matnli va grafik chop qilish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Matnli va grafik chop qilish - rasmi

Material tavsifi

Matnli va grafik chop qilish Reja: Matnli rejimda chop qilish Formanng ko'rinishini chop qilish Grafik chop qilish (Tprinter obyekti) Matnli rejimda chop qilish Agar siz matnli rejimda hujjatni chop qilmoqchi bo'lsangiz bu ish quyidagicha amalag oshiriladi. Printerga siz ddiy matnli fayl bilan ishlaganday murojaat qilasiz, yagona farq AssignFile protsedurasi o'rniga AssignPrn protsedurasini yozish kerak. Misolda printerga matnning birta satri chiqariladi: procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject); var ToPrn : TextFile; begin AssignPrn(ToPrn); Rewrite(ToPrn); Writeln(ToPrn, 'Printer in Text Mode'); CloseFile(ToPrn); end; Delphi dasturlash muhitida ham fayllar bilan ishlashda Pascal dagiga o'xshash protseduralar ishlatiladi. Quyida biz System modulidagi ba'zi amallarni ko'rsatib o'tamiz: Assign o'rniga AssignFile Close o'rniga CloseFile Text o'rniga TextFile Formanng ko'rinishini chop qilish Ba'zida dasturchilar uchun ekrandagi tasvirning nusxasi kerak bo'lib qoladi. Delphi bu ish juda oddiy bajariladi - TForm obyektida Print uslubi bor bo'lib, uni kerakli vaqtda chaqirish yetarli. Grafik chop qilish (TPrinter obyekti) Qanday qilib, Delphida yaratilgan dasturdan grafik ma'lumotlarni printerga uzatish mumkin? Buning uchun maxsus (TPrinter sinfidagi) Printer obyekti mavjud. U dasturga Printers modulini kiritgandan so'ng faollashadi. Bu obyekt yordamida grafik ma'lumotlarni printerga uzatish xuddi ularni ekranga chiqarishday oddiylashib qoladi. Printer obyektining xususiyatlari va uslublarini ko'rib o'tamiz. Printer xususiyatlari Aborted - Bulev (mantiqiy) tip; foydalanuvchi printer ishini Abort.uslubi yordamida to'xtatganligini bildiradi. Canvas - Kanva, grafik ma'lumotlarni chiqarish uchun joy. Fonts - O'rnatish mumkin bo'lgan shriftlar ro'yxati. Handle - Windows API to'g'ridan to'g'ri chaqirilganda ishlatiladi. Orientation - Sahifaning mo'ljali, vertikal yoki gorizontal. PageWidth, PageHeight, PageNumber - mos holda sahifaning kengligi, balandligi va tartib raqami. Printers Tizimda o'rnatilgan barcha printerlarning nomlari ro'yxati PrinterIndex Joriy printerning raqami. JQB chop qilish uchun bu yerda -1 turishi kerak. Printing - Chop qilish (BeginDoc uslubida) boshlanganligini bildiruvchi mantiqiy tip. Title - Print uchun sarlavha. Printer uslublari: Abort - BeginDoc rejimida boshlangan chop qilishni to'xtatish BeginDoc - Kanvada chizish boshlangandan oldin chaqiriladi. EndDoc - Kanvada hamma narsa tayyor bo'lgach printer chop qilishni boshalaydi. NewPage - Yangi sahifaga o'tish. Qolgan uslublar bilan oddiy hollarda foydalanish kerak emas. Shunday qilib, grafik ma'lumotlarni chop qilish tartibi quyidagicha: BeginDoc uslubini bajaramiz kanvada (Canvas) kerakli narsalarni chizamiz ma'lumotni bir nechta sahifaga joylash kerak bo'lsa, NewPage uslubini qo'llash chizilganlarni printerga yo'llab, EndDoc uslubini bajarimiz. Adabiyotlar ro'yxati: Kompyuterdagi yordam fayllari. Bobrovskiy «Delphi 5», «Piter» Moskva 1997g. Shumakov «Delphi 4 razrabotka baz dannix», «Piter» Moskva 1996g. Pacheko, Teyksera «Delphi 5 posobiye programmista», «Piter» Moskva ww.uzedu.o'z Matnli va grafik chop qilish Reja: Matnli rejimda chop qilish Formanng ko'rinishini chop qilish Grafik chop qilish (Tprinter obyekti) Matnli ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.02 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.02 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga