Maxsus effektlarning kompyuter grafikasidagi o'rni va jamiyatni rivojlantirishda tasvirlarni qayta ishlash Reja: Kompyuter maxsus effektlarining yuzaga kelish tarixi Maxsus effektlarning turlari Zamonaviy kompyuter effektlarining yo'nalishlari Kino san'ati o'zining yuz yildan ortiq tarixiy rivojlanish yo'lida juda ko'p o'zgarishlarga, yangilanishlarga yuz tutdi va zamonaviy kino san'ati darajasiga etib keldi. Unda turli davrlarda turli avlod ijodkorlari rang-barang janrlarga qo'l urdilar, o'zgacha uslublar yaratdilar va turlicha badiiy ifoda vositalaridan foydalandilar. Har bir davrda qilingan o'zgarishlar, kiritilgan yangiliklar va uslublarning kino san'atida o'z o'rni bor albatta. Bugungi kunda esa maxsus effektlarsiz kinoni tasavvur qilib bo'lmay qoldi. Ko'pchilikda hayrat uyg'otayotgan maxsus effektlar, mutaxassislarga yaxshi ma'lumki, bugun yoki kecha paydo bo'lib qolgani yo'q. Aslida uning ildizlari juda uzoqqa, XIX asrlar oxiriga borib taqaladi. harakatdagi tasvir - kinematograf o'z rivojlanish yo'lini tomoshagohdan, yarmarka illyuzionlaridan ommaviy ko'ngilochar tomosha sifatida boshlagan ekan, unda tomoshabinni o'ziga jalb qiluvchi tomoshaviylik elementlarining, xususan, turli tryuk va effektlarning bo'lishi tabiiy holdir. Bundan maxsus effektlar kino san'ati bilan u ilk paydo bo'lgan davrlardan o'zaro bir butunlikda rivojlana boshlagan va kinoda kompyuter maxsus effektlarining paydo bo'lishi kinoning san'at sifatida shakllanishidagi tabiiy rivojlanish jarayonining evolyusion davomi degan xulosa qilish mumkin. 1902 yilda fransiyalik kino arbobi J.Meles Effektli kinolar asriga eshikni ochib berdi. U turli kinotryuklarni ixtiro kildi va uni kinorejissuraning kundalik amaliyotiga kiritdi. Yangi davr boshlanib maxsus va murakkab tasvirga olish usullaridan foydalanib kinolar yaratish avj oldi. 1920-1930 yillarda yaratilgan filmlar ichida, janr xususiyatlaridan qat'i nazar, murakkab tasvirga olish usullarining aqalli birortasidan foydalanilmagan biror-bir filmni topish mushkulligi ham fikrimizni tasdiqlaydi. Bu holat o'ziga xos epidemiya darajasiga ham ko'tarildi. Ilmiy-fantastik syujetlarga asoslangan asarlar ilk kino rejissyorlarini ham bugungidan kam qiziqtirmagan albatta. Faqatgina bu syujetlarni ekranga ko'chirishning imkoniyati yo'qligi ularga talay muammolarni tug'dirgan. Deyarli hamma rejissyorlar o'z g'oya va rejissyorlik topilmalarini ekranda to'laligicha namoyon eta olmasliklaridan norozi bo'lardilar. Shunday bo'lsada, ular grim yoki dekorasiyalar vositasida fantastik filmlar yaratishga uringanlar. XX asrning 70-yillariga kelib kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi maxsus effektlar yaratilish texnikasi va texnologiyasini yangi bosqichga olib chiqdi. Atamashunoslikda maxsus effektlar, kompyuter maxsus effektlari, kompyuter grafikasi tushunchalari paydo bo'ldi. Raqamli texnologiyalar tinib-tinchimas kinoijodkorlarga o'z fantastik tasavvurlariga istagancha erk berishlari uchun cheksiz imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Bevosita kinokameraning o'zida ish olib boriladigan davrda juda ham mushkul yoki tamomila imkonsiz bo'lgan barcha effektlar bugungi kunga kelib oddiygina ishdek bo'lib qoldi. Ko'p hollarda rejissura, aktyorlar ijrosi, dramaturgiya kabi haqiqiy san'at asari tarkibiy qismlari bo'lgan komponentlar ikkinchi darajaga tushib qolgani holda aynan maxsus effektlarning o'zi film tomosha qilinishiga sabab bo'la boshladi. Bu orada Filmda maxsus ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 17:57:10
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
368.28 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 17:57 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
368.28 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:08 ]
Arxiv ichida: doc